tushuntirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi mazkur fanni o‘qitish qonuniyatlarini o‘igatadi. Ba’zi o‘qituvchilar fanni o ‘qitishga ijodiy yondashmaydi, ularning darslari zerikarli va mazmunsiz o ‘tadi. Boshqa ayrim o ‘qituvchilar dars o ‘tganda vaqt o‘tgani bilinmay qoladi. Bulaming barchasiga o‘qituvchilar pedagogik mahorati va metodik bilimidagi farqlar sababdir. Bolalar psixologiyasi fanini o ‘qitish metodikasi ta’lim jarayonini qiziq va samarador qilib tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilim, ya’ni metodik bilimni beradi hamda talabalarda pedagogik mahorat elementlarini shakllantiradi. Bolalar psixologiyasi fanini o ‘qitish metodikasi quyidagi vazifalami bajaradi: 1. Bolalar psixologiyasi fanining optimal mazmunini ishlab chiqish; 2. Bolalar psixologiyasi fani bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilami ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish ko‘nikma-malakalari bilan qurollantirish uchun ulami o‘qitishning eng samarali shakl, metod va usullarini tizimlashtiradi; 3. Bolalar psixologiyasi fanini o ‘qitish bo‘yicha hozirgacha to‘plangan amaliy tajribalami tizimlashtirish va kelajakka tavsiyalar ishlab chiqish; 4. Bolalar psixologiyasi fanidan dars beradigan b o ‘lajak o‘qituvchilami o‘z faoliyatlariga ijodiy yondashuvga o‘rgatish. www.ziyouz.com kutubxonasi
16.2. Bolalar psixologiyasi faninini o‘qitish metodikasi kursining tarkibiy tuzilishi Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi kursi o‘zining muayyan tarkibiy tuzilishiga ega. Uning asosini bolalar psixologiyasi fanining asosiy bo‘limlari tashkil etadi. bolalar psixologiyasi fanini