Z nishanova, G. Alimova


momentlaridan biri, deydi Vigotskiy, bolaning kattalar talablariga



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/170
tarix09.07.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#136186
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170
@mustaqilishlar Bolalar psixologiyasi

momentlaridan biri, deydi Vigotskiy, bolaning kattalar talablariga
munosabatidir. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari maktabgacha
ta’lim muassasalarida beriladigan ta’limga katta e’tibor beradilar.
8 .2 . 0 ‘quv fa o liy a ti sh a k lla n is h in in g d a s tla b k i x u s u s iy a tla ri
Hayotning dastlabki uch yilida bola onasi yoki boshqa kishilar
masalan, tarbiyachi dasturi bo‘yicha emas, balki go‘yoki o ‘zining
dasturi bo‘yicha o ‘qiydi. Bu davrda bolaning u yoki bu bilim va
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi muhlatiga alohida talablar qo‘yilmaydi.
Ilk bolalik davrida tarbiya dasturi hali sub’ektiv tarzda bola uchun
mavjud emas. Sistematik o ‘qishga layoqatli bo‘lgunga qadar u
tayyorlov bosqichini bosib o ‘tadi. Bu bosqichda chetdagi boshqa
kishilarning bolaga nisbatan yangi talablari asta-sekin uning “o ‘z
dasturiga” aylanishi lozim. Bog‘cha yosh davrining oxirlariga
boribgina, bola kattalar tomonidan ishlab chiqilgan “dastur
bo‘yicha” o ‘qiy boshlaydi va maktab talablariga asta amal qila
boshlaydi. L.S.Vigotskiyning fikri bo‘yicha bog‘cha yosh davri ta’lim
dasturi:
1) bolani maktab dasturiga yaqinlashtirishi, uning bilim
doirasini kengaytirishi, predmetli ta’limga tayorlashi;
2) bolaning o ‘z dasturi bo‘lishi hamda uning qiziqishi va
ehtiyojlariga javob berishi lozim.
Shuningdek, L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida,
ta’limning yetakchi roli haqidagi qonunni ilgari surdi va aniq
ifodaladi: ta’lim rivojlanishidan oldinda boradi va o ‘zining
orqasidan uni etaklaydi.
0 ‘quv faoliyati bolalarni xursand qilishi, ularga zavq berib,
qoniqish hissini uyg‘otishi kerak. Ilk bolalik davridanoq bolalarda
bilishga qiziqishni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Chunki bilishga

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin