Bolalar psixologiyasi fanini o‘rganish ma’lum ma’noda ushbu fanning kategoriyalarini o‘zlashtirishdan iborat. Quyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz: Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug‘ilgandan o ‘smirlikkacha bo‘lgan davrni belgilash uchun) qo‘llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko‘ra bolalik — go‘daklik (tug‘ilgandan lyoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-2 yoshdan 10-11 yoshgacha) davriami o‘z ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir. Taraqqiyot — narsa yoki hodisalaming vaqt o‘tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko‘tarilishi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Psixika taraqqiyoti - tug‘ilgandan boshlab yosh davrlari o‘tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to‘plagan bilim va tajribalami o‘zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat. Yosh — individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo‘lgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson tug‘ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib, ko‘pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turii yoshdagi odamlar uchun mo‘ljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik