ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib eshikni taqillatgani hikoya qilinganda, Sasha bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga tap-tap etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu qadar mahliyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi. Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagina qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqotda bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini bajarish imkoriiyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalaiga qarashishni, imkoniyatlari boricha ulaming mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalaming iltimos va topshiriqlarini bajonidil ado etadilar, o ‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota- onalarining uy-xo‘jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Mana shulaming hammasi, diqqatni ma’lum darajada to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi. Bog‘cha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-xil www.ziyouz.com kutubxonasi
bla borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi. Bog‘chada jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblaiga bo‘ysunish,