hikoya va ertaklami qiziqib tinglaydi. 0 ‘zi asosiy qahramon bo‘lib qatnashadigan hikoyalami jonu-dili bilan eshitadigan bo‘ladi. Bunday hikoya bolaga juda tushunaili bo‘ladi, chunki bola hikoyani eshitib turib, bevosita, o ‘zining idrokiga tayanadi. Bu yerda o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok qilgan voqealaiga ulanib ketadi. Bolaning hikoya va ertaklami eshitishga juda ham qiziqishi, hikoya va ertaklami tinglayotganida bolalaming tajribasini orttiradigan va xayolini o ‘stirishga yordam beradigan xilma- xU va aniq tasawurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. f Bolalar xayolining o‘sishida nutqning ahamiyati yana shundaki, nutq bolaning yangi taassurotlar hosU qUishi va uni boyitishi bUangina cheklanib qolmay, balki u miyada hosil bo‘lgan yangi-yangi obrazlami so‘zlar bUan ifodalashga yordam beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha derazalardagi pardalar hUpirab va quyosh www.ziyouz.com kutubxonasi
nurlarining shu’lalaridan tovlanib turganini ko‘rib, o‘zini polga tashlaydi va qarang, oyi, go‘yo dengizga o ‘xshaydi. Men cho‘milayapman...” deydi. Bola nutqida shu go‘yo so‘zining paydo bo‘lishi juda ham xarakterlidir. Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z bilan ifodalaydi, real narsalar bilan xayolidagi narsalami bir-biridan ajratadigan bo‘ladi. Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining roli juda kattadir. Ulaming yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining mazmuni ham o ‘zgarib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan bolalar o ‘yinida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Manpulyatsiya o‘yinlari bilan bir qatorda tasviriy o‘yin elementlari ham paydo bo‘ladi. Bola turmushda