bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi. Bog‘cha yosh davrda bola o‘zining harakatlari, ularda ishlatayotgan buyumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi, kelajakdagi harakatlarini rejalashtiradi va natijalami analiz qiladi. (“Qo‘g‘irchoq uxlayapti”, “Mashinani tuzatishsa, u yuradi ”, “Odamcha yiqilib ketdi, hozir men uni ko‘tarib qo‘yaman”). Bunda nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni J.Piaje “egotsentrik nutq” deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq bola tafakkurining egosentrik xarakteri, individual nutqning hali etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir. Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje aytganidek ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki o ‘z tabiatiga ko‘ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo‘lishiga sabab hali bolaning o‘ziga va o‘zgalarga yo‘naltirilgan nutqni o‘zaro farqlay olmasligidadir. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi kichik bog‘cha yoshidagi bolalaming kattalar bilan hamkorlikda faoliyat qilishga moyil bo‘lishlari bilan bog‘liq. Bolaning mustaqil faoliyat ko‘rsatishi qanchalik sust bo‘lsa, ushbu moyillik yuqori bo‘ladi. Egotsentrik nutq esa kattalar bilan hamkorlik qilishning o‘mini bosuvchi o‘ziga xos nutqiy o‘rinbosor vazifasini bajaradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatni rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o ‘z faoliyatining maqsad-muddaosini ozaki ifodalaydi. So‘ngra faoliyatni bajarish davrida olingan natijalami og‘zaki qayd etadi, og‘zaki ravishda yangi harakatlami rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklami bartaraf etadi. Bog‘cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2