Materiallaming barchasi illyustratsiya materiallari deb ataladi. Ko‘igazmalilik metodi qoilanib, o‘quvchilaiga illyustratsiya materiallari ko‘rsatilayotganda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim: ko‘rsatilayotgan narsa iloji boricha turli retseptorlar bilan sezilishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsa barcha o‘quvchilaiga ko‘rinishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsaning eng muhim joylari o‘quvchilaiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi kerak; narsalar asta-sekin darsning tegishli qismida ko‘rsatilishi kerak; zaruratsiz oldindan illyustrativ materiallami namoyish etmaslik, har eiga osib qo‘ymaslik, joylashtirmaslik lozim. Eng muhimi, illyustrativ materiallar yordamchi vosita ekanini, suhbat, hiokoya, tushuntirish, ma’ruza bilan uyg‘un qo‘llanishi lozimligini unutmaslik kerak. 0
‘qitishning amaliy metodlari doirasi juda keng. Ular yozma mashqlar, tajriba metodlarini o‘z ichiga oladi. Amaliy metodlar orasida kuzatish va eksperiment kabi ilmiy-psixologik metodlar psixologiya darslarida keng qo‘llanadi. Kuzatish metodi narsa va hodisalami ulaiga www.ziyouz.com kutubxonasi
ta’sir ko‘rsatmay bevosita idrok etish metodidir. Kuzatish metodini o‘quvchilar uyda, darsda, ko‘cha-kuyda o‘qituvchining rahbarligi ostida va berilgan topshiriqqa muvofiq mustaqil qo‘llashlari mumkin. Kuzatish qisqa muddat yoki uzoq muddat davomida amalga oshiriladi. Eksperiment metodi asosan laboratoriya mashg‘ulotlarida qo‘llanib, turli psixologik qonuniyatlaming ifodalanishini ko‘igazmali namoyish etish maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodlar o ‘quvchilami ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishga o ‘rgatib boradi, o ‘quv materialining ongli tushunilishini ta’minlaydi.