o‘rganishga alohida e’tibor qaratadi. Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o‘mi Bolalar psixologiyasi — yosh psixologiyasi fanining bo‘limlaridan biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik hodisalaming o‘zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishini tadqiq etadi. Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat: a) turli psixofiziologik funksiyalaming yoshga oid me’yorlarini ilmiy jihatdan asoslab berish; b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash; www.ziyouz.com kutubxonasi
c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potentsial imkoniyatlari qanday bo‘lishini aniqlash; d) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o‘ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish. Ushbu muammolami hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida — bolalik, o‘spirinlik, yetuklik va qarilikda uning psixikasida ro‘y bergan o‘zgarishlami chuqur o‘rganish talab etiladi. Ayrim o‘rinlarda bolalar psbcologiyasiga sinonim sifatida “genetik psixologiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to‘g‘ri deb baholash mumkin emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik jarayonlar taraqqioyti bilangina cheklanib qolmaydi. 1.4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot Psixologiya fani nazariyasi va amaliyoti ajralmas birlikni tashkil etadi. Albatta, ular o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. 0 ‘rtadagi farq ulaming