haqidagi fan. Tibbiyot va psixologiyaning o‘zaro hamkorligi natijasida psixosomatika — psixologik omillaming salomatlikka kasalliklar kelib chiqishiga ta’sirini o ‘rganadi. Bolalarda uchraydigan ko‘pgina www.ziyouz.com kutubxonasi
kasalliklarning manbai psixologik xarakterga egadir. Masalan, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bronxial astma bilan og‘rigan kasallaming ko‘pchligida bolaligidan ota-onalari his-tuyg‘ulami erkin ifodalash, tashabbus ko‘rsatish imkoniyatini chegaralaganlar. Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi. Umumiy psixologiya — umumiy psixologik qonuniyatlami, psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, metodlarini rganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatinig xususiyatlari, tafakkur turlari va operatsiyalari haqida umumiy tasawumi hosil qiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafakkuming qanday xususiyatlar kasb etishi, uning qanday rivojlanishini o‘rganadi. Bunda u, umumiy psixologiyadagi qarashlarga tayanadi, uning metod va kategoriyalaridan foydalanadi. Ijtimoiy psixologiya va bolalar psixologiyasi. Ijtimoiy psixologiya — psixologiya fanining tarmog‘i bo‘lib, insonlaming ijtimoiy guruhlarga mansubligi bilan taqozolangan xulq— atvori va faoliyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlaming o‘zini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bola psixik taraqiyotini o‘rganar ekan, albatta, bolalar guruhi, bu guruhda bolalar o‘rtasida amalga oshuvchi munosabatlami e’tibordan chetda qoldirmaydi. Bolalar psixologiyasi, ayniqsa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bo‘lgan muloqoti va uning bola rivojlanishiga ta’sirini