yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining o‘ziga xos ko‘rsatkichi — intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi. 1.2. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari Bola rivojlanishining turli tomonlarini har xil fanlar — anatomiya, fiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, etnografiya va boshqalar o‘rganadi. Tug‘ilgandan etuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o‘rganish esa psixologik bilimlaming maxsus sohasi - bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlari, rivojlanishning turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir. L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o‘zgarib boigan. Bugungi kunda bolalar pixolpgiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, yosh daviiari, bir yosh davridan boshqasiga o‘tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalaming jismoniy salomatligi bilan shug‘ullansa, bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to‘g ’ri rivojlanayotgani va faoliyat krsatayotganini, bordi-yu bu sohada kamchilik bo‘lsa, uni nimaning hisobiga kompensatsiyalash mumkinligini o‘iganadi. Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi kuzatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq o‘rganish natijasida ro‘ y bermoqda. www.ziyouz.com kutubxonasi