Grammatika haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot.
Ot, sifat, son va olmosh so‘z turkumlari
yuzasidan mashqlar, testlar ishlash.
Mustaqil ravishda ijodiy ishlar tayyorlash
Reja:
1.
Grammatika nimani o`rganadi?
2.
Morfologiya haqida ma’lumot,
3.
Ot, sifat, son va olmosh so‘z
turkumlari
yuzasidan ma’lumot
.
4.
Mavzu bo’yicha tahlil.
Grammatika
Grammatika tilshunoslikning bir qismi bo'lib, u tilning
grammatik qurilishini
o'rganadi.
Grammatikada
so'zlarning shakliy o'zgarishi, so'z
birikmalari hosil qilish
usullari, vositalari va gap qurilishi bilan bog'liq qonuniyatlar o‘rganiladi. Lug‘at
tarkibidagi so‘zlar yakka holda fikr ifodalamaydi. Masalan:
To'satdan yomg'ir yog'a
boshladi.
Bu gap tarkibidagi so‘zlar (to'satdan, yomg'ir, yog'moq, boshlamoq)
ma’lum grammatik qonun-qoidalar asosida shakllantirilgandan so'nggina fikr
ifodalamoqda. Demak,
grammatika
so‘zlarning shakllanishi, birikishi va ularning fikr
anglatish tarzini o'rganadi. Grammatika ikki qismni –
morfologiya
va
sintaksisni
o'z
ichiga oladi.
Morfologiya
Morfologiya (yunoncha
morphe-
«shakl»,
logos
-«ta’limot») so‘z
va uning
grammatik xususiyatlari haqidagi ta’limotdir.
Morfologiyada
so'zning
morfologik
tuzilishi, yangi shakl va ma’nolar hosil qilishi bilan bog‘liq
qonun-qoidalar
o'rganiladi. Morfologiyada so'zlar mushtarak yoki farqli
belgilari umumlashtirilgan
holda turkumlarga ajratib o'rganiladi. So‘z leksikologiyada
leksik birlik sifatida,
morfologiyada esa grammatik birlik sifatida o'rganiladi.