8
2.Rim raqami
esa ko‘proq asr, oy, hukumat anjumanlari, ilmiy tadqiqotlarda bob
va fasllarni belgilashda ishlatiladi:
XXI asr, 10. XI, 2004, XX chaqiriq, IX sessiya, I
bob, I kurs
kabi.
Sonlar otga bog'Ianganda
sifatlovchi,
fe’lga bog‘lanib
kelsa
hol
vazifasini
bajaradi:
To‘qqizinchi
qavat, Ilmsiz
bir
yashar, ilmli ming yashar.
Sonlar otlashganda,
kelishik, egalik qo‘shimchalarini oladi va gapda ot
bajargan vazifalarda keladi. Masalan, ega:
Biri
mamnun bo‘lsa,
ikkinchisi
kuyaveradi
(T.Malik); kesim: Ikki karra ikki –
to‘rt,
to'ldiruvchi: Bo‘tqa sendaqadan
о'ntasini
sixga terib qo'yadi (T.Malik); qaratqich aniqlovchi:
О‘nning yarmi –
besh.
Songa xos morfologik xususiyatlardan biri so'z yasash tizimining yo'qligi
bilan belgilanadi. Boshqa turkumdagi so'zlardan son hosil qilinmaydi. Songa -
nchi (-
inchi), -ov, -ata,
-
ta, -tacha
qo'shimchalarini qo'shish orqali
sonning turli shakllari
hosil qilinadi:
to‘rtinchi, beshov, uchala, to‘rtta, о‘ntacha.
Ko'pincha sonlar maxsus o'lchov-miqdor bildiruvchi hisob so'zlari bilan keladi:
o'n
daqiqa
, bir
tomchi
, uch
qadoq
, to'rt
kilogramm
, bir
burda.
31-mashq. Gazeta va jurnallardan sonlar ishtirok etgan gaplami ko'chiring.
Ularning qaysi so'z turkumi bilan bog'langanligini ayting.
32-mashq. Gaplarni o‘qing. Raqam bilan ifodalangan sonlami harflar bilan,
harflar bilan yozilgan sonlarni raqam bilan yozing. Sonlarning
imlosi va gapdagi
vazifasini izohlang.
1. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi umumiy mablag’ aylanishi 32889 million
so‘mni tashkil etdi. 2. Yer yuzida har yili o‘rta hisobda yigirmata kuchli va uch yuz
mingdan ortiq sezilmaydigan yer tebranishlari bo‘lib turadi. 3.
Biija bozorida
7954,3 million so‘mlik, birjadan tashqari bozorda esa 24934,6 million so‘mlik
aksiyalar sotildi. 4. Akula terisining bir kvadrat santimetri to‘rt yuz oltmish
kilogrammgacha kuchga chiday oladi. 5. Yuz kilogramm og‘irlikdagi
dengiz
toshbaqasi bir soatda o‘ttiz ikki kilometr masofani bosib о’ta oladi. 6. Yog‘ochdan
qilingan eng uzun narvon 1955 yilda Norvegiyada tayyorlangan. Uning uzunligi bir
kilometrdan ortiq bo‘lib, uch ming yetti yuz o‘n besh pog‘onaga ega. 7. Narvon 740
metr balandlikka 45 gradus burchak ostida ko‘tariladi (Gazetadan).
Dostları ilə paylaş: