2
yordamida,
ishlayapmiz
so'zining grammatik ma’nosi (zamon va shaxs-son)
-yap>-
miz
morfologik ko'rsatkichlari vositasida anglashilmoqda.
So'z shakli quyidagicha hosil qilinadi:
1.
Sintetik shakl.
So‘zning o‘zak-negiziga qo‘shimchalar qo'shish orqali hosil
qilinadi:
kuldi, yig'layapti, qalamni, shahardan
kabi.
2. Analitik shakl.
Yordamchi so’zlar ishtirokida hosil qilinadi:
qalam bilan,
maktab tomon.
Nutqda sintetik va analitik shakllar aralash holda qo‘llanishi mumkin:
so‘zla+
b
bеr+dim,
ona+m uchun; ko‘r+ib turib+man.
3.
Juft va takroriy shakl.
Bu tipdagi so‘z shakllari ham ma’lum bir
grammatik ma’noni ifodalashga xizmat qiladi.
Juft shakl.
Bir turkumga mansub ikki so'zning juft holda qo‘llanishidan
yuzaga keladi. Bir turkumga mansub har qanday so‘zni juft holda qo‘llab
bo‘lmaydi. Buning uchun ularning ma’no munosabati e’tiborga olinadi. So‘zlar
juft holda qo‘llanganda
umumlashtirish, jamlik ma’nolari o‘rtaga chiqadi:
qishin-
yozin (doim), katta-kichik (barcha), mayda-chuyda (arzimas narsalar), aji-buji
(tartibsiz), ora-sira (ba'zan).
Nutqimizda juft so‘zlar qismlarining o‘rni asosan o’zgartirilmay qo‘llanadi.
Kalta-kulta, о‘lda-jo‘lda, ota-bola.
Ba’zi juft so‘zlar qismlarining o‘rnini almashtirib
qo'llash mumkin:
eson-omon – omon-eson, asta-sekin – sekin-asta.
Takroriy shakl.
Leksik va grammatik jihatdan
bir butunlikni tashkil etuvchi,
takror holda qo‘llangan so‘z shakli takroriy shakl hisoblanadi:
katta-katta (binolar),
chopa-chopa (charchamoq), joy-joyiga (o'tirmoq), tez-tez (gapirmoq).
Bir so’zni ketma-ket qo‘llash bilan takroriy shakl hosil bo'lavermaydi. Takroriy
shaklda so’zning leksik ma’nosidan tashqari ma’lum bir grammatik ma’nolar
ifodalanishi lozim.
Masalan:
Berganing bir yumurta,
O‘ldirding
turta-turta.
(Maqol).
Berganga –
qo‘sha-qo’sha,
Bermaganga
о‘sha-o'sha.
(Maqol).
Gul –
dasta-dasta,
Gul – bermagan nokasta. (Maqol).
Ilib-ilib, yoz bo‘lar,
Sovib-sovib, qish bo‘lar. (Maqol).
Keltirilgan misollardagi
qo’sha-qo‘sha, dasta-dasta
takroriy shakllari ko‘plik
ma’nosini,
turta-turta, ilib-ilib, sovib-sovib
harakatning takroriyligini ifodalaydi.
Takroriy shaklni
uslubiy takrordan
farqlash kerak. Masalan: – I
ya, iya, biz turganda
nega endi siz pol yuvarkansiz, opa?
–
Dod, dod! Omonatimdan ayrildim.
–
Obbo,
–
dedi Bozorboy uf tortib,
–
bo’pti, bo'pti, to'rtta balon berib yuboraman.
Qutuldimmi?!
(S.Ahmad).
Uslubiy takror tarkibidagi so‘zlar birgalikda boshqa bir ma’noni ifodalamaydi,
bir butunlikni hosil qilmaydi. Qaytarilayotgan so‘z asosan, ta’kidni
kuchaytirish
uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: