4
(Cho’lpon). Bu gapda ko'plik shakli orqali «birgalikda», «birgalashgan holda»
ma’nolari ifodalangan. Turdosh otlar yakka predmet, shaxs yoki voqea-hodisaga nom
bo‘lganda atoqli otga ko‘chgan hisoblanadi. Masalan:
lola
-
o'simlik nomi, turdosh ot;
Lola-ism, atoqli ot; gulxan
-
olov, turdosh ot; «Gulxan»
-
jurnal nomi, atoqli ot
va
hokazo.
1-mashq. Ko'plik shaklida kelgan atoqli otdan anglashilgan ma’nolarni izohlang.
1.Arava Zebilar
masjidi oldiga yetganda, Razzoq so‘fi bir necha kishi bilan
birga, boshqa bir aravada qarshi tomonga o‘tib ketdi (Cho‘lpon). 2.Balki Qodiriylar,
Cho‘lponlar, Usmon Nosirlar dilida armon bo‘lib ketgan gaplarni aytish uchun taqdir
bu yaxshi kunlarni bizga ravo ko‘rgandir (S.Ahmad). 3.G‘afur G’ulom, Oybeklar
nazari tushgan sendek ijodkor do‘stimiz bilan faxrlanamiz (S.Ahmad). 4. – Qizim,
bugun mehmonlaringni Sultonxonlarnikiga olib chiqasan-a? – deb qolsinmi?
(Cho‘lpon).
2-mashq. Quyida berilgan atoqli otlarni ma’no xususiyatiariga ko‘ra guruhlarga
ajratib yozing.
Sirdaryo, Amudaryo, Hind okeani, Tinch okeani, Nurota tog‘i, Qo’qon,
Orol dengizi, Marg‘ilon,
Kaspiy dengizi, Toshbuloq, Norin daryosi, Jumanquduq,
Chirchiq daryosi, Qumbuloq, Sho‘rquduq, Qumariq, Jiydaariq, Oy, Gulhovuz,
Venera, Toshhovuz, Do‘nan, Gulqishloq, G‘irko‘k, Jarqishloq,
Boychibor, Osiyo,
Olapar, Afrika, T olrtko‘z, Yer, Qaytmas, Nilufar, Baroq, Gulnora, Mosh, Alisher,
Malla, Bobur, Jizzax, Qirg‘iziston, «Yoshlik», Farg‘ona, «Sinfdosh», Tojikiston,
«Xalq so‘zi», «Sharq yulduzi», «O‘zbekiston ovozi».
3-mashq. O‘zingiz o’qigan badiiy asardagi atoqli otlarni ma’noviy guruhlarga
ajratib yozing va ularning imlosi haqida ma’lumot bering.
4-mashq. «Uzoq o’mishdan qolgan bebaho meros» mavzusida joy nomlari tarixi
bilan bog‘liq uy inshosi yozing. Insho yozishda ilmiy adabiyotlardan, etnografik,
etimologik, izohli lug’atlardan, shuningdek, buvi
va bobolaringizdan eshitgan
hikoyalardan unumli foydalaning.
Turdosh ot. Bir turdagi predmet, voqea-hodisalarning umumiy nomini
bildiradigan otlar
turdosh otlar
deyiladi:
odam
,
bug‘doy, bayroq, yomg'ir, davlat
,
meva, tezlik, oqibat
kabi.
Turdosh otlar birlik va ko‘plik shakllarda qo‘llanadi. Turdosh otlar ifodalagan
tushunchaning xususiyatiga ko‘ra aniq va mavhum otlarga bo‘linadi.
Bevosita ko‘rish, sanash mumkin bo'lgan jonli va jonsiz predmetlar
aniq otlar
hisoblanadi:
kitob, daftar, eshik, tuproq, olma.
Bunday
otlar sanoq sonlar bilan
sintaktik aloqaga kirisha oladi:
о‘nta kitob, to’rtta olma.
Shuningdek, sub’ektiv baho
hamda ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qiladi:
qizaloq, kitoblar.
Mavhum tushuncha, belgi, xususiyat va holat nomlari
mavhum otlar
deyiladi.
Mavhum otlar ko‘plik shakl ida qo’llanmaydi;
ezgulik, yaxshilik, mehr,
muhabbat, baxt, quvonch.
Ko‘plik qo'shimchasini qabul qilganda grammatik
ko‘plikni
emas,
balki modal ma’nolami ifodalagan bo'ladi:
Ovozlari qulog’im
ostida jaranglab turibdi
(S.Ahmad).
Quvonchlarim yaproq misol to'kildi
(F.Azimova).
Turdosh otlar birlik shaklida predmetlaming jamini
yoki yakka predmetlami
ifodalaydi. Shunga ko'ra yakka va jamlovchi otlarga ajratiladi.