Asliy va nisbiy sifatlar Sifatlar ma’no xususiyatiga ko'ra ikki xil bo'ladi: a) asliy sifatlar; v) nisbiy
sifatlar.
Predmet belgisini bevosita ifodalaydigan, belgini darajalab ko‘rsata oladigan,
- roq qo‘shimchasini erkin qabul qiladigan sifatlar
asliy sifatlar deyiladi:
shirin qovun -
shirinroq qovun -
eng shirin qovun; katta baliq -
kattaroq baliq-juda katta baliq. Predmet belgisini o‘rin yoki paytga nisbatlab, boshqa predmetga o‘xshatish
orqali ifodalaydigan, -roq qo‘shimchasini qabul qilmaydigan sifatlar
nisbiy sifatlar deyiladi: Nisbiy sifatlar
-li, -iy (-viy), -simon, -
lik, -gi (-ki, qi), -dagi qo'shimchalari
yordamida hosil qilinadi:
mevali daraxt,
tibbiy ma’lumotnoma,
zamonaviy libos,
sharsimon jism,
marg‘ilonlik savdogar,
yozgi yumush,
qishki kiyim,
tashqi hovli,
uydagi gap.
Nisbiy sifatlar belgini darajalab ko‘rsatmaydi. Faqat -
li qo‘shimchasi bilan hosil
qilingan nisbiy sifatlarda darajalab ko‘rsatish xususiyati mavjud:
kuchli -
kuchliroq -
juda kuchli, aqlli -
aqlliroq-juda aqlli. Asliy sifatlarda belgining kuchaytirma va ozaytirma shakllari bor:
yashil- yam-yashil, sariq -
sap-sariq, qizil-qizg'ish, qora-qoramtir. Nisbiy sifatlarda
bunday xususiyat yo‘q. Asliy sifatlarda modal ma’no ifodalanadi:
yoshgina, ziyrakkina, do'mboqqina. Nisbiy sifatlarda bunday xususiyat yo‘q. Faqat
-li qo‘shimchasi bilan hosil qilingan nisbiy sifatlardagina modal ma’nolarni ifodalash
imkoniyati mavjud:
aqlligina, chiroyligina kabi.
Asliy sifatlar fe’lga bog‘lana oladi:
Qiyshiq о‘tirsang ham ,
to'g'ri gapir (Maqol).
Nisbiy sifatlar fe’lga birika olmaydi. Faqat
-iy bilan hosil qilingan nisbiy sifatlar juda
kam miqdordagi fe’llar bilan (masalan: zamonaviy kiyinmoq) birikishi mumkin.
22-mashq. Berilgan gaplami o‘qing. Sifatlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan
birga ko‘chiring.
l.Kelinchakning kichkina, qop-qora va o‘ynoqi ko‘zlari keng ochilib, qo‘shni
xotinning og‘ziga tikilgan edi (Cho‘lpon). 2.Jayxun bo‘ylaridagi bu bepoyon sarg‘ish
qamishzorlarga boqqan kishi uning ichida qancha yo‘lbars, jayronlar yurganini
ko‘rmaydilar. 3.Bahor chog‘lari tomlarda tizza bo‘yi bo‘lib o‘sgan barra o‘tlar
orasidagi
chuchmomalardan
tortib,
lolaqizg'aldoqlar
ichiga
kirib
qolgan
lolaqo‘ng‘izlaru, tip-tiniq osmon ostida bodroq-bodroq bo‘lib gullab yotgan
o‘riklar hammasi esimda (Shukrullo). 4.Daraxtlarning bunday fusunkor gullari,
ko‘m-ko‘k mayin yaproqlari ruhlarni ko‘taradi, zavqlarni chayqaydi (Oybek). 5.
Qodir ko‘k eshikni asta qoqdi. Qiz yana bidirladi: – Ichkarilik, qoqavering! Qodir
7
qattiqroq qoqdi. Ichkaridan ayol kishining «labbay» degan tovushi keldi (Shuhrat).
6.Jannatning shaharga kelishidan eng katta umidi nomi ketgan doktorda edi. Kimga
maslahat solsa shu doktorning nomini aytdi (Shuhrat).
23-mashq. O'zingiz o‘qigan badiiy asarlardan asliy sifatning kuchaytirma
va ozaytirma shakllari qatnashgan 10 tadan gap yozing.