10
Sonlar tuzilishiga ko‘ra sodda, murakkab va juft bo‘ladi.
Sodda son
birgina o‘zakdan tuzilgan bo‘ladi:
uch, besh, о‘n
kabi.
Murakkab sonlar
kamida ikki o‘zakdan tuzilib, bir umumiy miqdorni anglatadi:
bir yuz ellik, yigirma besh
,
ikki ming to‘rt
kabi.
Juft sonlar
ikki
sonning juft holda, ketma-ket holatda yoki o‘zaro teng
bog‘lanishidan hosil bo'ladi:
besh-o’n, to‘rt-besh, besh-besh, yuzta-yuzta, qirqta-
ellikta, о’n-o’n beshta
kabi.
35-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Sonlarni topib, tuzilishiga ko'ra
turini tahlil
qiling.
1. Mevasining uzunligi 30 dan 90 santimetrgacha, aylanasi esa 25-30 santimetr,
ya’ni qovunsimon, og‘irligi 10-15 kilo keladi. 2. Dunyoda hammasi bo‘lib, 5621 til
va sheva bor ekan. Hozirgacha shundan atigi 500 tasigina o‘rganilgan bo‘lib, 1400
tasining esa yo‘qolib ketish xavfi bor. Har uch tildan bittasi yozuvga ega emas.
3.Mutaxassislarning hisob-kitobicha, boshimizda 125000 ga yaqin soch tolasi bo‘lib,
umrimiz davomida 1,5 millioni tushib, qaytadan chiqadi. 4. Terimizning har 6,5
kvadrat santimetrida 25 metr asab tolalari,
mingdan ortiq asab nuqtalari, 6 metr qon
tomirlari bor («G‘aroyib olam»).
Olmosh so‘z turkumi
Predmet yoki uning biror belgisiga nom bo‘lmay,
predmet yoki belgi
tushunchasining mavjudligini ko'rsatadigan mustaqil so‘zlar turkumi
olmosh
deyiladi.
Olmoshlar nutqda
ot, sifat, son
o‘rnida keladi va
gapda ularga xos vazifani
bajaradi.
Olmoshni boshqa turkumdagi so‘zlardan ajratuvchi asosiy belgisi uning ma’no
xususiyatidagi mavhumlik va umumiylikdir. Olmoshlar boshqa turkumdagi
so‘zlardan yasalmasligi jihatidan songa o’xshaydi.
37-mashq. Gaplarni o'qing.
Olmoshlami topib, ularning qaysi so‘z turkumi
o‘rnida qo'llanganligini va gapdagi vazifasini ayting.
1. Avtobus shahardan chiqar mahalda Zelixon Yigitaliga qarab ajablandi.
Shuncha paytdan beri uning birga ekaniga ahamiyat bermagan ekan (T.Malik).
2.Shaharda bitta kutubxona bor. Bu kutubxona ham qarovsizlikdan to'kilib
qolgan
(Gazetadan). 3. Uning uchun bu eshik hovli bilan ko'chani bog'laydigan bir vosita
emas, balki umid qopqasi edi (T.Malik). 4. Dunyoda faqat bir sobit suxan bor: U o'z
farzandingga o'zing qo‘ygan nom (A.Oripov). 5. Kimdir
eski kursi keltirib gulxan
yoniga qo‘ydi (O'.Hoshimov). 6. Balki qovurma chuchvaradan umid qilib
tavanxonaga kirgandir? Mo‘ralab qarasam, u yerdayam yo'q (O'.Hoshimov). 7. O‘sha
kuni ham odatdagidek yarim kechada uyga qaytdim (O’.Hoshimov). 8.Hammamiz
duoyi-jonimizni qilib yuribmiz, siz mashq qilib bo'lguncha urush ham bitib qolarmish
degin (O'.Hoshimov).
Dostları ilə paylaş: