ko‘rgan ish harakatlarini o‘z o‘yinida aks ettiradi. Masalan bola q o‘g ‘irchog‘ini “ovqatlantiradi”, yotqizib “uxlatadi”, uni “erkalaydi”, “aig‘imchoqda” uchiradi. Bola katta bo‘lgan sayin o‘yinda katta yoshli kishilaming harakatlariga taqlid qilish tobora ko‘p o‘rin egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o‘yinlar murakkablashib, mazmuni ham turli-tuman bo‘la boradi. Masalan, bola o ‘ziga g‘amxo‘rlik qilayotgan onasining xarakatlariga, duradgor, shofyor, sartaroshning harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Bog‘chagacha taibiya yoshidagi bolalaming harakatlarida tasviriy faoliyat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning o‘sayotganligidan dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalami qog‘ozga chizib, nimanidir tasvirlashga urinib ko‘radi. Lekin dastlab bunday chizmakashlik faoliyati almoyi-aljoyi chiziqlar chizishdangina iborat bo‘ladi. Ikki yoshga to‘lganda bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatida yangi, muhim element paydo bo‘ladi. U endi o‘zi chizayotgan rasmiga nom beradigan bo‘ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasawur xayolini o‘stirishga yordam beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina paydo bo‘la boshlaydi. Bu nihoUami diqqat-e’tibor bilan doimo parvarish qilib turish tarbiyachi va ota-onalaming vazifasidir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol bir xUda rivojlanmaydi. Agar kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida asosan tiklovchi xayol o ‘sgan bo‘lsa, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida xayolning ijodiy turi ham o‘sa boshlagan bo‘ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi