etishlarida katta o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham bog‘cha yoshdagi
davrda bolaning xayoli etarli o‘sgan bo‘lishi kerak. Chunki maktabdagi
o‘qish birinchi kundan boshlab bolalardan xayol qilish qobiliyatining,
xususan tinglash qobiliyatini yaxshi o‘sgan bo‘lishini talab qiladi.
12.3. M u lo q o t sh a x s rivojlanishining
m uhim om ili sifa tid a
Muloqot deganda o‘zaro munosabatlaming shakllanishi, ro‘yobga
chiqarilishi va namoyon bo‘lishini ta’minlovchi informasion
emotsional va predmetli o ‘zaro ta’sir jarayoni tushuniladi. Bola
shaxsining shakllanishida muloqotning roli benihoya kattadir.
Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi.
Bolada qanday shaxsiy sifatlaming tarkib topishi ko‘p jihatdan uning
Dostları ilə paylaş: