ta’sir ko‘rsatadi. Aka-ukalar va opa- singilar bolaga eng yaqin bo‘lgan mikromuhit tarkibiga kirib, unda markaziy o‘rinni egallaydi. Ba’zi tadqiqotchilar, hatto, oila a’zolarining soni ko‘paygan sari bolalaiga ota-onanig ta’siri susayib, aka-ukalar, opa-singilar ta’siri kuchayib boradi, degan fikmi ham bildiiganlar. Katta akalari va opalari davrasida bola o ‘zini emotsional himoyalanganday his qiladi. Aka-opalar esa o‘zlarini mehribonlik his-tuyg‘ularini, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular o‘rtasida bola o‘zining tashvishlari, qiziqishlari bilan o‘rtoqlashishi mumkin. Akalaru opalar esa uning ehtiyojlari, jumladan, muloqot ehtiyojini qondirishlari mumkin. Demak bog‘cha yoshdagi bolalaming boshqa bolalar bilan bo‘lgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi va ana shu munosabatlar ma’lum miqdorda uning shaxs sifatida shakllanishini belgilab beradi. 0 ‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishga qiynalayotgan, muloqotda bo‘lish ehtiyoji yetarlicha shakllanmagan bolalaming tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlarini aktivlashtirmaslik lozim. Yaxshisi, dastlab umumiy qiziqishlaiga ega bo‘lgan 1- 2 ta sherikni topish, keyinchalik asta-sekin muloqot doirasini kengaytirib borish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda noto‘g‘ri shakllanib ulguigan muloqot motivlarini qaytadan qurish, awalo, boshqalarning flkri bilan hisoblashishga o‘igatish ancha foydalidir. Kattalaming bog‘cha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri bolaning boshqa faoliyat: rasm chizish, turli narsalar yasash, applikatsiyalar tayyorlash, o ‘quv vazifalarini bajarish vaqtida ham amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatlar davrida