baholashda emas, balki predmetli va tashqi xususiyatlami baholashda namoyon boiadi. Bu esa harakatlaming predmetdan toiiq ajralib chiqmaganligini ko‘rsatadi. Bog‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sezilarli boigan o ‘zgarish o ‘zga kishining tashqi xususiyatlarini baholashdan shaxsiy xususiyatlarini baholashga o‘tishida ifodalanadi. Barcha yosh guruhlardagi bolalarda o ‘zIaridan ko‘ra o‘zga shaxslami ob’ektivroq baholashlari kuzatiladi. Biroq bu erda ham maium bir farqlar uchraydi. Jumladan, katta bog‘cha yoshidagi bolalar “Sizlaming orangizdagi eng yaxshi bola kim?” degan savolga odatda “Men” deb javob bermaydilar. Ammo bu bolaning o ‘ziga-o‘zi beradigan bahosi pasayganini bildirmaydi. Bolalaming bunday javobni bermasliklariga sabab shundaki, bu yoshda ular ko‘pincha maqtanchoqlik yaxshi emasligini biladilar. Agar o ‘zlarini ijobiy tomondan baholamoqchi boisalar, buni ko‘pincha bilvosita amalga oshiradilar. Masalan, “Sen yaxshi bolamisan yoki yomon bolamisan?” degan savolga bolalar (bog‘chaning katta guruh bolalari) “Yaxshi” yoki “Yomon” deb javob bermaydilar, buning o ‘miga www.ziyouz.com kutubxonasi
“Bilmadim... Men kattalarga quloq solaman”, “Men ham 100 gacha sanashni bilaman”, “Men doim navbatchilarga yordam beraman” deb aytadilar. Bog‘cha yosh davrida o‘ziga-o‘zi baho berish emotsional xarakteiga ega bo‘ladi. Bolaning boshqalarga beradigan bahosi ham shunday xususiyatga ega bo‘ladi. Bola uni o‘rab tuigan kattalardan qaysi biriga ishonch his etsa, mehri tovlansa o‘sha kishiga ijobiy baho beradi. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar ulami o ‘rab turgan kattalaming ichki