sabab bolaning awalgi predmetli harakatini yangi sharoitlaraa bajarishi va uni boshqa predmetlarga ko'chirishidir. “Men o ‘ynayapman”, “Men kiyinayapman”, “Men ovqai eyapman” degan gaplami hamda “o‘zim” degan so‘zni 3 yoshi. bolaning nutqida tez-tez uchratishimiz mumkin. 0 ‘zini uchinchi snaxs olmoshi bilan ifodalashdan “men” olmoshini ishlatishga o‘tisbi ilk bolalik davrining eng muhim yutuqlaridan biridir. Ba’zi psixologlar, (L.I.Bojovich), hatto, ilk bolalik davrining oxiriga Kelib paydo boiuvchi “Men” tizimi va uni yuzaga keltiradigan mustaqil harakai www.ziyouz.com kutubxonasi
qilish ehtiyoji, o ‘z “Men”ini ro‘yobga chiqarishi, namoyon etish ehtiyoji ushbu davrda yuzaga keluvchi eng markaziy yangi tuzulma, deb hisoblashadi. Bu tuzilma ketidan paydo boiuvchi tuzulmalar orasida o ‘ziga-o‘zi baho berishning yuzaga kelishi bolaning shaxs sifatida rivojlanishida o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni ilk bolalik davrining oxiri va bog‘cha yoshining boshidagi o‘ziga-o‘zi baho berishning genezisida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan boigan muloqoti hal qiluvchi ahamiyatga ega boiadi. Bola o ‘zining imkoniyatlari haqida adekvat bilimga ega boimaganligi tufayli kattalaming unga bergan bahosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda, bola o‘zini kattalar orqali, ulaming bola haqidagi fikri orqali baholaydi. Bola bu davrda o‘ziga-o‘zi baho berishda toialigicha kattalaming fikriga suyanadi. 0 ‘zi haqidagi mustaqil tasawur elementlari esa biroz keyinroq paydo boiadi. Maxsus taqiqotlaming ko‘rsatishicha, (B.G. Nechaev va b.) ushbu elementlar dastlab shaxsiy sifatlar, ahloqiy fazilatlarni