Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
4.2. Gdaklik davrining psixologik xususiyatlari Go‘dak bolalar jismoniy bilan birga psixik jihatdan ham juda tez
rivojlanadilar. Chaqaloq bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan,
analizatorlaming takomillashuvi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan,
mustaqil harakatlarining sishi bilan bog‘liqdir. Analizatorlaming tez
takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo‘lgandan so‘ng unda dastlabki
shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab
bola psixikasi tez rivojlanish yo‘liga kiradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek,
dastawal bolada harakat analizatorlari bilan bogiiq, undan so‘ng
eshitish va ko‘rish analizatorlari bilan bogiiq boigan shartli reflekslar
yuzaga keladi. Ana shu tariqa barcha analizatorlaiga nisbatan har xil
murakkablikda shartli reflekslar tobora ko‘plab yuzaga kela boradi. Shartli
reflekslaming yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun
moddiy zamin boiadi.
Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar
fao liy atin in g tak o m illash u v i n atijasid a t a ’sir qilayotgan
qo‘zg‘atuvchilami farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastawal
turli ovozlami, so‘ngra ayrim yorqin ranglami, ta’mlami, farqlay
boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofidagi juda ko‘p narsalardan
odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydirboshqacha reaksiya
qiladigan bo‘ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tiqilib, emotsional
munosabatda b o ia boshlaydi. U odamga uzoq vaqt tikilib qaraydi,
Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, gyo odamning nutqiga
taqlid qilmoqchi boiadi. Ana shu davrdan boshlab bolalar bilan imkoni
boricha mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday
munosabatlar natijasida bolada qandaydir aktivlik, kattalaiga talpinish
reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan
munosabatdan yuzaga keladigan emotsional reaktsiyalami jonlanisb
kompleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola uning bilan munosabatda
boiayotgan odamga muloyim tikilib, jilmayadi, q o i va oyoqlari bilan
talpinib qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik
hissi yuzaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar bolalar
bilan keragidan ortiq darajada munosabatda boiib, ularda jonlanish
kompleksini yuzaga keltira berilsa, ular kattalaiga o‘iganib qoladilar
va o‘yinchoqlaiga qaramay qo‘yadilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi