Z nishanova, G. Alimova


V.N.Myasishchevning munosabatlar psixologiyasida bola



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/170
tarix06.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#152672
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

3.3. V.N.Myasishchevning munosabatlar psixologiyasida bola
psixik taraqqiyoti qonuniyatlarining yoritUishi
V .N . M yasishchev (1892-1973) 
rus psixologi, shaxs 
munosabatlari kontseptsiyasining ijodkori. Mazkur kontseptsiyaga 
ko‘ra, shaxsning asosini uning atrof olamga va o‘z-o‘ziga boigan 
munosabatlar tizimi tashkil etadi. Munosabatlar tizimi inson ongiga 
atrof voqelikning aks ettirilishi natijasida paydo boiadi, uning o ‘zi 
ham voqelikni aks ettirilishining shakllaridan biridir. V.N. Myasishchev 
insonning rivojlanishida faoliyatning rolini kamsitmagan holda odamlar 
o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordamni talab qiluvchi munosabatlar 
tarkib topmagan taqdirda faoliyatning o‘zi asosiy psixik sifatlaming 
shakllanishida neytral jarayon boiib qolishi mumkin, degan xulosaga 
keladi. Psixologlar o‘rtasidagi bahs-munozaralar natijasida shu m a' lum 
b oidiki, hatto, munosabat ko‘p jihatdan harakatga teskaridir. 
Birinchidan, munosabat maqsadga ega boimaydi va u ixtiyoriy blishi 
mumkin emas; ikkinchidan munosabat jarayon emas, u fazo va vaqtda 
chegaralanmagan; uchinchidan, munosabat maxsus tashqi madaruy
www.ziyouz.com kutubxonasi


vositalar bilan amalga oshirilmaydi, u um um lashm a shaklda 
o‘zlashtirilishi mumkin emas. Munosabat har doim individualdir. Biroq 
munosabat harakat bilan chambarchas bog‘liq. U harakatni keltirib 
chiqaradi, o‘zi ham harakat davomida shaklanishi va o‘zgarishi mumkin. 
Munosabat harakat manbai ham, natijasi ham boiishi mumkin
ammo bo‘lmasligi ham mumkin. Chunki munosabat har doim ham 
tashqi faollikda namoyon bo‘lmaydi. Qolaversa, inson ayni damda 
yoki umuman mavjud boimagan, faqat uning o ‘z ongida mavjud 
narsalar bilan ham qandaydir munosabatda b o iish i mumkin. 
V.N.Myasishchevning ta’kidlashicha, munosabat sub’ekt va ob’ekt 
mavjud b o ig a n joyda vujudga keladi. O dam ning psixologik 
munosabatlari uning ob’ektiv voqelik bilan boigan ongli aloqalami 
ifodalaydi V.N.Myasishchev mazkur voqelikning 3 kategoryasini 
ajratib ko‘rsatdi: 1) tabiat hodisalari va narsa buyumlar olami; 2) 
odamlar va ijtimoiy hodisalar; 3) sub’ektning o‘zi.Tabiatni idrok etish 
ko‘p jihatdan ijtimoiy tajriba ta’siriga tobe boiadi, odamning o‘ziga 
b o igan munosabati uning boshqalarga b o ig a n munosabati va 
boshqalaming unga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Shu sababli 
psixologik munosabatlar tizimida V.N.Myasishchev odamning boshqa 
odamlar bilan boigan munosabatlari birinchi darajali ahamiyatga 
ega, deb hisoblaydi. V.N.Myasishchevning ta’kidlashicha, odamning 
atro f voqelikka b o ig a n m unosabatining turlariga ehtiyojlar, 
emotsiyalar, qiziqish va e’tiqod kiradi.
V.N.Myasishchev o ‘z ilmiy qarashlarida munosabatning bilish 
jaiayonlari bilan bo‘lgan aloqasini yoritib berishga uringaa Idrok voqelikni 
hissiy aks ettirish shaklidir. Idrokning mustahkamligi faol ijobiy 
munosabatni talab qiladi, ob’ektga nisbatan befarq munosabat hukmron 
boigan sharoitda idrok jarayoni ham beqaror boiadi. Idrokning 
tanlovchanligi ham turli ob’ektlaiga nisbatan inson turiicha munosabatda 
bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Biron maiumotni mustahkam eslab qolish 
ham unga bo‘lgan qiziqish va emotsional munosabatga bog‘liqligi ko‘plab 
tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan. Tafakkur voqelikni bilvosita aks ettiradi, 
ammo tafakkuming mantiqiy shakli bo‘lgan hukmlarda ham shaxsiy 
munosabat ifodalanadi. Shu tufayli aynan bir hodisa haqidagi har xil 
insonlaming hukmlari bir-biridan farqlanishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Insonning rivojlanishi masalasini ham V.N.M yasishchev 
munosabatlaming shakllanishi bilan chambarchas bog‘laydi. Kuzatishlar 
va tabiiy eksperimentlaming ko‘rsatishicha, shartsiz reflektor ta’sirida 
reaktivlik paydo bo‘ladi. Ikki yoshdayoq hali unchalik barqaror bo‘ lmasa- 
da, bolada uning muayyan narsa va hodisalaiga bo‘lgan munosabatini 
ifodolovchi “xohlayman-xohlamayman”, “kerak-kerak emas”, “qiziq- 
qiziq emas” kabi so‘zlar jo‘rligida amalga oshiriladigan reaktsiyalami 
kuzatish mumkin. Eng muhimi, bola reaksiyasining mazmuni 
ishlatayotgan so‘zlaming mazmuni bilan hamohangdir. Ikki-uch 
yoshdan boshlab bolalar ancha aniq ifodalanuvchan b o ‘luvchi 
tanlovchan munosabatlami namoyon etadilar. Bu munosabatlar orasida 
ota-onasiga, bolalaiga, taibiyachilaiga, o‘yinlaiga bo‘lgan munosabat, 
ayniqsa, yorqin ko‘zga tashlanadi. Munosabatlaming ayrim xususiyatlari 
bu yoshdayoq xarakteming sifatlari - mustaqillik, tashabbuskorlik, 
muloqotchanlik va boshqalarda namoyon boiadi. Ushbu yosh davrida 
munosabatlar vaziyat bilan bog‘liqligi va tez o‘zgaruvchanligi bilan 
ajralib turadi. Munosabatlaming xarakteri va rivojlanish darajasiga qarab 
mazkur yosh davrida bolaning voqelik bilan bo‘lgan munosabatlari 
yanada murakkablashadi va turli—tuman boia boshlaydi. Munosabatlar 
tizimida yangilik — oiladan tashqari majburiyatlar va majburiy o‘quv 
faoliyatining paydo bo‘lishi yuz beradi. Bu davrda munosabatlar tizimi 
ob’ektiv zarurat talablari bilan belgilanadi. Shu tariqa V.N.Myasishchev 
insonning pixik rivojlanishi uning atrof voqelik va eng awalo boshqa 
odamlar bilan boigan munosabatlari tizimining murakkablashib
kengayib borishiga bog‘liq boiadi, degan g‘oyani ilgari suradi.
Shunday qilib, rus psixologlari - L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, 
V.N.Myasishchev ilmiy qarashlarining qisqacha tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, ushbu olimlaming izlanishlarida inson psixik taraqqiyoti 
masalasi markaziy o ‘rin egallagan. Har bir olim o‘z ilmiy yondashuviga 
ega boigan boisa-da, ulaming barchasini psixik taraqqiyotning 
manbalari va qonuniyatlari bilan bog‘liq muammolar qiziqtiigan. Rus 
psixologlarining ushbu muammolami o‘iganish sohasida qo‘lga kiritgan 
yutuqlari psixologiya fanining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining 
taraqqiyoti uchun xizmat qildi va qilib kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin