momentlaridan biri, deydi Vigotskiy, bolaning kattalar talablariga munosabatidir. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari maktabgacha ta’lim muassasalarida beriladigan ta’limga katta e’tibor beradilar. 8 .2 . 0 ‘quv fa o liy a ti sh a k lla n is h in in g d a s tla b k i x u s u s iy a tla ri
Hayotning dastlabki uch yilida bola onasi yoki boshqa kishilar masalan, tarbiyachi dasturi bo‘yicha emas, balki go‘yoki o ‘zining dasturi bo‘yicha o ‘qiydi. Bu davrda bolaning u yoki bu bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi muhlatiga alohida talablar qo‘yilmaydi. Ilk bolalik davrida tarbiya dasturi hali sub’ektiv tarzda bola uchun mavjud emas. Sistematik o ‘qishga layoqatli bo‘lgunga qadar u tayyorlov bosqichini bosib o ‘tadi. Bu bosqichda chetdagi boshqa kishilarning bolaga nisbatan yangi talablari asta-sekin uning “o ‘z dasturiga” aylanishi lozim. Bog‘cha yosh davrining oxirlariga boribgina, bola kattalar tomonidan ishlab chiqilgan “dastur bo‘yicha” o ‘qiy boshlaydi va maktab talablariga asta amal qila boshlaydi. L.S.Vigotskiyning fikri bo‘yicha bog‘cha yosh davri ta’lim dasturi: 1) bolani maktab dasturiga yaqinlashtirishi, uning bilim doirasini kengaytirishi, predmetli ta’limga tayorlashi; 2) bolaning o ‘z dasturi bo‘lishi hamda uning qiziqishi va ehtiyojlariga javob berishi lozim. Shuningdek, L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida, ta’limning yetakchi roli haqidagi qonunni ilgari surdi va aniq ifodaladi: ta’lim rivojlanishidan oldinda boradi va o ‘zining orqasidan uni etaklaydi. 0 ‘quv faoliyati bolalarni xursand qilishi, ularga zavq berib, qoniqish hissini uyg‘otishi kerak. Ilk bolalik davridanoq bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Chunki bilishga