bilimlarining ortishi, turli xil yangi ehtiyoj va qiziqishlaming paydo bo‘lishi unda xayol jarayoni birmuncha tez sur’at bUan rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalaming xayol qUish qobiliyatlari bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar xayolidan har tomonlama ustun turadi. 1 2 .2 . A ktiv xay o ln in g b o lala rd a rivojlanishi
Bog‘cha yoshidagi bolalaming xayoli asosan ixtiyorsiz va tiklovchi xayol bo‘lib, ulaming turli-tuman faoliyatlarida o ‘sib boradi. Biroq shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobUiyati bo‘lmaganda edi, ulaming o‘yinlari ham xilma-xil bo‘lmas edi. Demak, bolalaming xayol qUish qobUiyatlari ulami turli xU o‘yinlar o‘ynashga undasa, o ‘z navbatida o‘yin ulaming xayolini o‘stiradi. Bog‘cha yoshidagi bolalaming xayoli mashg‘ulotlarda ham o ‘sib boradi. Masalan, bolalar loy o‘ynashni, ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shu jumladan, plastilindan ham), qumdan turli narsalar qurishni, rasm chizishni yaxshi ko‘radUar. Bu mashg‘ulotlar, ayniqsa, rasm chizish mashg‘uloti bolalar xayolini o‘stirishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali ijodiy xayolning yo‘qligi ulaming rasm chizishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining chizgan rasmlari hamma vaqt ro‘zg‘or mavzularidan nariga o‘tmaydi. Chunki bu yoshdagi bolalar har kuni ko‘rib turadigan narsalari haqidagina xayol qila oladUar. 0 ‘rta va, xususan, katta guruh bolalarining rasm chizishlarida ijodiy xayolning yuzaga kela boshlagani aniq ko‘rinadi. Ular rasm chizishda tor uy-ro‘zg‘or mavzulari bilan cheklanib qolmay, uzoq o‘tmish va kelajakdagi narsalarga oid rasmlar ham chizadUar. Bu