Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
vujudga keluvchi ichki kechinmalarida namoyon bo‘ladi. Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishining quyidagi umumiy yo‘nalishlarini ajiatib ko‘rsatish mumkin: bola hayotiy vaziyatining o‘zgarb.liiga bog‘liq ravishda emotsional holatlaming shakllanishi; emotsiyalar asosida oliy hissiyotlaming shaldlanishi; emotsiya va hissiyotlaming shaxsiy tuzilmalar orasida yangi tuzilma sifatida shakllanib borishi. Emotsiya va hissiyotlaming ontogenezdagi rivoji muayyan o‘z qonunlariga ega: 1. Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalar paydo bo‘ladi. Bu kechinmalar tabiiy ehtiyojlaming qondirilishiga bog‘liq ravishda vujudga keladi (qondirilsa - ijobiy, qondirilmasa - salbiy emotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar hayvonlarda ham mavjud. Biroq boladagi eng oddiy emotsiyalami hayvonlardagi eng oddiy emotsiyalardan farqlash kerak. Chunki www.ziyouz.com kutubxonasi
emotsiyalaming namoyon bo‘lish shakli insonda sotsial xarakterga ega. 2 yoshdan boshlab bola uchun shodlik, xursandchilik, umuman ijobiy emotsiyalami ifodalovchi reaksiyalar eng informativ (ko‘p axborot beradigan) bo‘lib hisoblanadi. Tajribalardan birida 2-9 yoshdagi bolalaiga fotosuratlardan turli mimik reaktsiyalami (hayronlik, jahl, qo‘rquv, xursandchilik va boshqalami ifodalovchi reaktsiyalami) aniqlab olib, so‘ngra ko‘rsatib berish taklif etilgan. Tajribadan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bolalar birinchi bo‘lib xursandchilikni ifodalovchi mimik reaktsiyalami ko’rsatganlar. Demak, dastlab ijobiy emotsiyalami ifodalovchi mimik reaktsiyalami aniqlash, boshqa reaktsiyalar orasida tanish va namoyon eta bilish qobiliyati shakllanadi.