auditoriya bilan pedagogik aloqa o‘matilishi, didaktik materiallar va texnik vositalaming qo‘llanishi
matnning asosiy materiallari, konspekti, chizmalari, grafiklari, jadvallaridan foydalanishi.
18.4. Ma’ruza turiari
Kirish ma’ruzasi. Bunday turdagi ma’ruza o‘rganiladigan fan yoki kurs haqidagi dastlabki yaxlit tasawumi hosil qiladi va talabaning mazkur sohadagi faoliyati uchun yo‘nalish beradi. Kirish ma’ruzasida ma’ruzachi talabalami kursning maqsad va vazifalari, boshqa o‘quv fanlari va mutaxassislami tayyorlash tizimidagi o‘mi bilan tanishtiradi. Qisqacha kurs mazmuni, bu sohadagi bilimlaming tarixiy taraqqiyoti, bu yo‘nalish bo‘yicha izlanishlar olib boigan va olib borayotgan olimlar, ularning yutuqlari, tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, mazkur ma’ruzada kurs doirasida amalga oshiriladigan ishning metodik va tashkiliy tomonlari bayon etiladi, o‘rganish uchun tavsiya qilinuvchi adabiyotlar ro‘yxati taqdim etiladi, kurs muddatlari va tashkiliy shakllari aniqlashtiriladi.
Axborot ma’ruzasi. Bunday turdagi ma’ruzada talabalarga tushunish va eslab qolish talab etiluvchi ilmiy axborot bayon etiladi va tushuntiriladi. Axborot ma’ruzasi oliy maktab amaliyotida eng keng tarqalgan ma’ruza turidir.