13-MAVZU. SHARQ PSIXOLOGIYASIDA SHAXS MUAMMOSI REJA: 1.Hindistonda shaxs to'g'risida
2.Qadimgi Xitoy manbalarida shaxs.
3.Qadimgi Eron va Turon falsafasida shaxs tasviri
Shaxs to'g'risidagi dastlabki falsafiy fikrlar paydo bo'lgan mamlakatlardan biri qadimgi Hindiston edi. Hindistonda shaxs to'g'risidagi falsafiy fikrlaming vujudga kelishi, hozirgi zamon fani ma’lumotlariga ko'ra, eramizdan avvalgi XII—VII asrlarga to'g'ri keladi.
Hindistonda shaxs to'g'risidagi dastlabki falsafiy fikrlaming vujudga kelganligidan dalolat beradigan ishonchli manbalardan biri eramizdan oldingi XII—VII asrlarda shakllangan qadimgi Vedalardir.
Qadimgi hind Vedalarida (to'rt asosiy muqaddas kitob: Rigveda, Atharvaveda, Samaveda va Yajurveda) ya’ni diniy bilimlar, gimnlar, qo‘shiqlar, urf-odatlar to'plamlarida shaxs ning shaxsiy xususiyatlari haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Lekin shuni alohida ta’kidlash zarurki, hind Vedalarida bayon qilingan shaxs to'g'risidagi falsafiy fikrlar mifologik-diniy qarashlar bilan qo'shilib-qorilib ketgan edi.
Jamiyat a’zolari asosan to'rtta yirik tabaqaga: braxmanlar (xudojo‘ylar), kshatriylar (hukmdorlar, harbiylar), vayshalar (yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar) va shudralarga (mehnatkashlar) bo'lindilar. Tabaqalar ichida eng farosatlisi braxmanlar edi. Shuning uchun ham braxmanlarning obro'-e’tibori uzluksiz oshib bordi.
Vedalaming yakunlovchi qismi upanishadlardir. Upanishadalarda koinot bilan odam orasidagi o‘zaro aloqadorlik haqida bir talay falsafiy fikr-mulohazalar bayon etilgan. Xususan, olamdagi barcha hodisalar, voqealar, shu jumladan, shaxs xulq- atvori, xatti-harakati ham olam bilan bog'liq, doimo o'zgarib turadi. Olamdagi, odamdagi o'zgarishlarning asosida insonsiz vujud yotadi. Insonsiz vujud esa dunyoviy jon bilan individual jonning birligidan iborat. Dunyoviy jon nafaqat olamning, balki odamning ham ruhiy asosini tashkil etadi. Shuningdek, upanishadlarda jonning aylanma harakati, uning o‘lmasligi, abadiyligi haqidagi qarashlar ham bayon qilingan. Bunday qarashlarga muvofiq, odam hayoti doimo o‘zgarishda bo'lgan zanjirdan iborat, ya’ni bir tug'ilish holatidan qayta tug'ilish holatiga o‘tib turadi. Qayta tug‘ilish o'tgan zamondagi odam hayotining natijasi, yangi formadagi shaklidir, deb ta’kidlanadi. Qayta tug'ilish natijasida odam shaxsga aylanib boradi. Unda shaxsiy xislatlar, fazilatlar vujudga keladi.
Qadimgi yodgorlikda ta’kidlanishicha, kim yaxshi xulq-atvor, xatti-harakat egasi bo’lsa, savob ishlar qilsa, keyingi safar tug'ilganida braxman, kshatriy yoki vaysha bo'lib tug'iladi. Qadimgi hind Vedalarida shaxs tushunchasi «hammabop», barchaga xos «umumiylikni ifodalamasdan, balki o'zining kelib chiqishi va rivojlanish tarixiga ega bo'lgan ayrimlik, yakkalik ramzi sifatida ta’riflangan. Vedalarda ta’kidlanishicha, ayrim kishidagi hammaga xos, barchaga taalluqli fazilatlaming vujudga kelishiga sabab braxmanlardir. Braxmanlar tufayli odamda shaxsiy xislatlar, fazilatlar shakllangan. Chunki o'sha braxmanlar jamiki mavjudotning asosi, uning vujudga kelishi uchun dastlabki absolut substansiya vazifasini bajarar ekan. Vedalarda yozilishicha, bir butun yaxlit borliqning ayrim xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan shaxs ikki yirik mohiyat:
Tana bilan jonning qorishmasidan iborat;
Tana bilan jon esa hamisha o'zaro aloqadorlikda, biri ikkinchisi bilan bog'liq.
Tana shaxs jismining umumiy asosini tashkil etadi. O'sha asosni esa braxman yaratgan. Don atman (ruh) tomonidan yaratilgan bo'lib, u doimo absolut mavjud. Tanadan keyin yaratilgan jon indivi dual xususiyatlarga ega bo'ladi. Shuning uchun ham jon shaxs o'lishi bilan yana atmanlarga (ruhga) aylanib qoladi va braxmanlar bilan birga absolut substansiyaga quyiladi. Xullas, Hind Vedalarida yozilishicha, shaxs «atman—braxmanning» yig'indisidan iborat. Boshqacha aytganimizda, qadimgi Hind falsafasida e’tirof etilishicha, shaxs borlig'ining mohiyatida «Hamma narsa braxmandan tashkil topgan, braxman esa atmandan iborat», degan qoida yotadi. Biroq «atman — braxman» birligi hamisha ham sodir bolavermaydi. Shaxsning yerdagi faoliyati turli nopokliklar bilan bog'lanmasa, atman — braxmanlaming aralashish jarayoni sodir bo'ladi. Mabodo shaxs faoliyati yerdagi nopokliklar bilan aloqador bo'lsa, uning joni jon ko'rinishda emas, balki hayvoniy tana sifatida qayta tug'iladi. Shunday qilib, qadimgi Hind Vedalarida aytilishicha, olam bir butun, tirik mavjudotlarning hammasi o'sha butunning 1 zarralaridir. Shaxs esa o‘sha tirik zotlarning o'ziga xos shakli, ko‘rinishidir. Hozirgi odamzot tanasining shakli jonning bir shaklli tanadan boshqa shaklli tanaga son-sanoqsiz marta ko‘chib o‘tishi natijasida sodir bo'lgan.
Buddizm eramizdan avvalgi VI asrda Shimoliy Hindistonda vujudga keldi. Uning asoschisi Siddxartxi Gautama taxminan eramizdan avvalgi 623—544-yillarda yashagan. U Kapilovasta viloyati Shakya urug'i hukmdorining o'g'li bo'lib, 29 yoshida tarkidunyo qiladi. O'zining hayotiy mo'ljali qilib badxini (yo'l) tanlaydi. Ushbu ta’limot asta-sekinlik bilan kishilar qalbidan joy olaboshlaydi. Buddizm qoidalari, uning axloqiy prinsiplariga avval kishilar suhbatlarida, og'zaki aytishuvlarda amal qilingan bo'lsa, keyinchalik (taxminan yuz yillardan so'ng) yozma matnlarda rasmiylashtirildi. Buddaviy e’tiqodning asosida to'rtta haqiqat yotadi.
1. Shaxsning butun hayoti turli azob-uqubatlardan iborat (tug'ilish, kasallik, o'lim bilan kurashish va hokazo) deb qarash.
2. Azob-uqubatlarning asosiy sababi hayotdan ko'proq lazzat olishga, rohat-farog'atga intilish ekanligini inobatga olish. Xuddi shu intilishlar tufayli barcha istaklar paydo bo'ladi, deb hisoblash.
3. Azob-uqubatlardan qutilish uchun barcha xohish va istaklardan voz kechish.
4. Azob-uqubatlarni bartaraf etmoq, undan qutilmoq uchun to'g'ri fikr yuritish, to'g'ri qarorga kelish, Buddizm budda so‘zidan olingan.
Budda — taxminan uyg‘onish, poklanish, dili ravshanlik degan ma’noni bildiradi. hodisa va voqealarga diqqat bilan qarash, hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlash. Ushbu prinsiplarga asoslangan e’tiqod, buddizm ta’limotiga ko'ra, mustahkam e’tiqod bo'ladi. O‘z navbatida, bunday e’tiqodga asoslangan shaxs faoliyati samarali, xayrli ishlarga qaratiladi.
Qadimgi Hind falsafasining noortodoksal oqimiga mansub diniy-falsafiy maktablardan biri lokayatada ham shaxs borlig'i, moddiylik bilan ma’naviylik orasidagi o'zaro aloqadorlik muammolari haqida ajoyib fikr-mulohazalar bayon qilingan. Lokayata maktabiga eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o'rtalarida yashagan Brixaspati asos solgan. Ushbu maktab tarafdorlarining fikriga ko'ra, olamning asosini to'rt element: suv, havo, yer va olov tashkil etadi. O'z navbatida, xuddi shu elementlar shaxs tanasida ham mavjud bo'ladi. Olam ham, odam ham o'sha elementlarning kombinatsiyasidan iborat bo'lib, ilohiy qudrat tomonidan yaratilmagan. Xudo haqidagi gap-so'zlar shunchaki bir afsonadir. Xudo, ruh, jamiyat, u dunyoda hayotning mavjudli- giga ishonish — bu yolg'onchilikdir. Har qanday organizm o'lgandan so'ng yana o'z substansiyasiga qaytadi, deyish bema’nilikdir. Shaxsning ongi nomoddiy narsa bo'lib, sezish orqali hosil bo'ladi.
Shaxs shaxs tanasidan tashqarida bo'lishi mumkin emas, degan fikrlami bayon qiladilar. Lokayata ta’limoti chorvaka maktabi muxlislari tomonidan har tomonlama rivojlantirildi. Chorvaka ta’limotining asosiy qoidalari eramizdan avvalgi IV—III asrlarda yashagan Kautilya traktatlarida bayon qilingan. Chorvaka maktabi tarafdorlarining fikriga ko'ra, shaxs u dunyoda emas, balki bu dunyoda, yer yuzida ro'y beradigan hodisa va voqealarga qarab mo'ljal olishi zarur. Shaxs tanasi huzur-halovat va azob-uqubatlar bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham shaxs kundalik amaliy faoliyatida huzur-halovat (kama) va foyda olish (artxa) prinsiplariga amal qilmog'i darkor. Huzur-halovat, shubhasiz, shaxsning kundalik amaliy faoliyati bilan bog'liq. Qilgan mehnatidan huzur-halovat olish, undan qoniqish hosil qilish — shaxsning eng oliy maqsadidir. Boylik va ezgulik esa unga erishish vositasidir. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko'rinib turibdiki, chorvaka maktabining muxlislari hayotdan qoniqish tuyg'usini shaxsning eng muhim xususiyati, deb qaraydilar. Ularning fikriga ko'ra, shaxs hayotining ma’nosini kundalik hayotdan ko'proq huzur-halovat olish, azob-uqubatlardan holi bo'lish tashkil etmog'i lozim. Lekin ayrim hollarda huzur-halovat, turli azob-uqubatlar bilan birga ro'y berishi ham mumkin. Azob-uqubatlardan esa ko'r-ko'rona, birdan voz kechib bo'lmaydi. Chunki ba’zan huzur-halovat azob- uqubat bilan chirmashib ketadi. Kishilarda o'zining kundalik amaliy faoliyatidan, turmush tarzidan rohatlanish tuyg'usini shakllantirish — chorvaka maktabi tarafdorlarining ulkan orzusi edi. Shuning uchun ham chorvakaliklar — «yegin, ichgin, xursandchilik qilgin», degan qoidaga ko'proq amal qilar edilar. ishunday qilib, qadimgi zamon Hind falsafasining o'ziga xos eng muhim xususiyati transendentalizmga moyilligi, ya’ni shaxs va uning ruhiy-ma’naviy olami, taqdiri va istiqboli koinotdan tashqarida yashayotgan transendental bilimlar bilan bog'langanligini e’tirof etishdir.
Inson to'g'risidagi dastlabki fikr-mulohazalarni qadimgi Xitoy manbalarida ham yaqqol ko'rish mumkin. Bunga qadimgi Xitoy madaniy merosining toji hisoblangan uch asosiy kitob: «Ashulalar kitobi» («Shi szin»), «O'zgarish kitobi» («I szin»), «Tarix kitobi» guvohlik beradju.Xitoy afsonalarida, rivoyatlarida dastlabki shaxs Odamato Pango qiyofasida namoyon bo'ladi .Eramizdan awalgi XII asrda mavjud bo'lgan Chjou davlatida dastlabki shaxs (Odamato) Pango yashagan ekan. U shunchalik kuch-qudratga ega bo'lganki, uning nafasidan shamol, bulut, boshidan momaqaldiroq, chap ko'zidan quyosh, o‘ng ko‘zidan oy, beli, oyoqlari va qo‘llaridan yorug' dunyoning to'rt tomoni, qonidan daryolar, terlaridan yomg'ir va shudring, ko'zining yarqirashidan yashin paydo bo'lgan ekan1.
Cheksiz bo'shliqlardan iborat bo'lgan olam uning qudratli zarbasidan yer va osmonga bo’linib ketibdi. O'zining sehrli kuch-qudrati bilan olamda tartib-intizom o'rnatgan Odam ato — Pangodan odamzot bir umrga qarzdor ekan. Dastlabki odam bolasining vujudga kelishi, uning shaxs darajasiga ko'tarilishi haqidagi fikr-mulohazalar uzluksiz o'zgarib borgan. Chunonchi, qadimgi «Ashulalar kitobi» («She’rlar to‘plami»)da aytilishicha, odamni («Туаp») osmon yaratgan ekan Osmon eng umumiy yaratuvchi, buyuk boshqaruvchi bo'lganligi uchun ham odam degan zotni yaratdi va unga hayot berdi.
Xitoy manbalaridan biri «O'zgarish kitobi»da bayon qilinishicha, odam olam bilan bevosita bog'liq. Olamni olam qilib ushlab turgan o'nta asosiy ustun bor.
Butun olam o'nta ustun: yan, in, osmon, yer, shaxs, olov, suv, metall, yog'och, urug'larga tayanib turadi. O'sha ustunlaming mustahkamligi inson va uning amaliy faoliyati bilan bog'liq. Shaxs faoliyati esa dunyoqarash bilan aloqador. Osmon, yer va shaxs dunyoqarashning asosiy elementlari ekan. Ko'rinib turibdiki, qadimgi Xitoy manbalarida shaxs, osmon, yer orasida o'zaro aloqadorlik mavjudligi e’tirof etiladi. Qadimgi Xitoy manbalarida ta’kidlanishicha, odamzot hayotida kosmos bilan oqilona munosabatda bo'lish hal qiluvchi ahamiyatga egadir. O'sha uyg'unlashuv (garmoniya) shaxsning xulq- atvorida, xatti-harakatida, rasm-rusumlari, urf-odatlari, taom- larida yaqqol namoyon bo'ladi. Shaxs xatti-harakatida yaxshilik va yomonlikning vujudga kelishi uchun turtki beradi. Yomonlik kosmos bilan shaxs orasidagi nooqilona munosabatlarning natijasi ekan. Odamning shaxs darajasiga ko'tarilishi, uning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi shaxsiy xususiyatlari haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni ham, yuqorida biz eslatib o'tgan, qadimgi Xitoy manbalarida uchratish mumkin. Shaxsiylik, eng avvalo, insonparvarlikda o'z ifodasini topadi. Insonparvarlik deganda axloqiy normalar, udumlar, etiketlarga amal qilish, xususan, to'g'ri so'zli, oqko'ngil, mard bo'lish tushuniladi.
Shuningdek, odamdagi insonparvarlik, xayrixohlik har bir kishi o'ziga topshirilgan vazifani aniq bajarishi bilan amalga oshirilmog'i, chunonchi, davlat boshlig'i davlat ish larini, ota otalik, o'g'il o'g'illik vazifasini bajarishi zarur. Shaxs to'g'risidagi mifologik-diniy qarashlar o'rnini asta-sekin falsafiy qarashlar egallay boshladi. Bunday qarashlami qadimgi Xitoy falsafa maktablaridan Yan In Szi (eramizdan awalgi VIII— VI asrlar) da ko'rish mumkin. Ushbu maktab muxlislarining fikriga ko’ra Koinotda tartibsiz uchib yurgan o'n ming narsalar zamirida ikki ilohiy qudrat: Yan va In vujudga keldi.