Yan (erkak xohish-irodasining asosi) butun osmonni boshqargan bo'lsa,
In (ayollikning asosi) yerni boshqargan ekan.
O'sha ikki qudrat orasidagi o'zaro aloqadorlik butun olam binosining asosini barpo etibdi. Erkaklik va ayollik, shuningdek, «besh stixiya»: suv, olov, metall, yog'och, urug' orasidagi o'zaro aloqadorlik shaxs ruhiy-ma’naviy qiyofasining asosini tashkil etarkan. Qadimgi Xitoyda shaxs to'g'risidagi fikrlar doirasi uzluksiz kengaya boshladi.
Qadimgi daosizm ta’limotida odamning shaxs darajasiga ko'tarilish jarayoni, shaxsning insoniyligini ifodalovchi prinsiplar, ularning farovon turmushi, baxt-saodati haqida bir qator yangi fikr-mulohazalar bayon etilgan. Daosizm ta’limotiga eramizdan avvalgi VI—V asrlarda yashagan Laotszi asos solgan. Daosizm ta’limotiga ko'ra, Dao — olamda mavjud bo'lgan barcha mavjudotlarning ibtidosi. Uning mavjudligini ta’minlovchi asosiy prinsipdir. Dao olamdagi barcha hodisa va voqealarni, narsalarni narsa qiladigan qudratdir Dao kosmik jon bo'lib, hamma tomondan oqib turadi, u o'ngda ham, so'lda ham bo'lishi mumkin. Uning sharofati bilan butun mavjudot tug'iladi va doimiy o'sishdan to'xtamaydi. Hamma mavjudot ertami-kechmi unga qaytadi. Daosizm ta’limotiga muvofiq, shaxsning shaxsiyligi ishonch, umid prinsipiga rioya qilishiga qarab belgilanadi Umidga esa istakni, orzuni cheklash vositasi yordamida erishiladi.
Istak, orzuni cheklay olmaslik shaxsda xudbinlik, ichiqoralik kabi illat- larning paydo bo'lishiga turtki beradi. Kishilarning xudbinligi nafaqat odamni, hatto olamni ham deformatsiyaga giriftor qiladi.
Qadimgi Xitoy falsafasida shaxs to'g'risidagi fikr-mulohazalar Konfutsiy ta’limotida yanada yangi bosqichga ko'tarildi. Konfutsiy o'zidan meros qilib hech qanday asar qoldirgani yo'q. U o'zining falsafiy qarashlarini og'zaki bayon qilgan. Konfutsiy eramizdan avvalgi 551—479-yillarda yashagan. Xitoyliklar uni «Kunsizm», ya’ni «Faylasuf ustoz Кип» deb atashgan Konfutsiy vafotidan so‘ng uning shogirdlari ustoz suhbatlarini to‘plab, «Lunyun» nomi bilan alohida traktat etib rasmiylash- tirganlar. Konfutsiy xitoyliklarni ajdodlaridan qolgan buyuk madaniy- ma’naviy meros uch buyuk kitobda: «Ashulalar kitobi», «O'zgarish kitobi», «Tarix kitobi»da bayon qilingan qoidalarga amal qilishga chorlagan. O'sha kitoblarda bayon qilingan qoi- dalarni o'tmish bilan bugunni, ajdodlar bilan avlodlami, in son bilan osmonni bog'lovchi yirik ruhiy-ma’naviy qudrat, deb hisoblagan. Shuning uchun ham xitoylik mutafakkir: «Men faqat uzataman, lekin bunyod etmayman; men o'tmishga ishonaman va uni sevaman»; deb aytgan edi. Konfutsiy ham o'z o‘tmishdoshlarining olam va odam to'g'risidagi fikr-mulohazalarini davom ettirib, osmon — bu tabiat, xudo va shaxsdir, deb tushuntirdi. Osmon ularga kuch va aql ato etgan.
Shuning uchun ham shaxs o‘z ixtiyori bilan harakat qilolmaydi, o‘zini-o‘zi yarata olmaydi. Chinakam shaxs o‘z faoliyatining osmon bilan bog'liqligi uchun o‘z taqdiridan hamisha minnatdor bo‘lmog‘i kerak. Konfutsiyning fikriga ko‘ra, osmon va yerda tug'ilganlar ichida eng qudratlisi shaxsdir. Shaxs o‘z mohiyatiga ko'ra yaxlit, bir butundir. Shuning uchun ham odamlar o‘z tabiatiga ko'ra bir- birlariga yaqindirlar. Lekin o'zlarining xulq-atvorlari, urf-odatlariga ko‘ra bir-birlaridan yiroqdirlar. Shaxs o'zining ichki mohiyatiga ko'ra boshqalarga yaxshilik qilishga, ezgulikka moyilligi bor. Boshqalarga xayrixohlik (jen), adolatparvarlik (i), samimiyat (sin), urug'-aymoq, qavm-qarindoshlarga hurmat (syao), hukmdorga sadoqat (chjun) shular jumlasidandir. Lekin bunday olijanobliklar shaxsning amaliy faoliyatida birdan namoyon bo'ladi, deb bo'lmaydi. Hamma ham bunday olijanobliklardan huzur-halovat oladi, deb ham bo'lmaydi. Yaxshi odam o'zining olijanob ishlarida yuksak axloqiy prinsiplarga asoslanadi. O'sha axloqiy prinsiplar asta-sekin shaxsning tashqi qiyofasida, amaliy faoliyatida namoyon bo'la boshlaydi. Turli urf-odatlar, rasm-rusumlar va udumlar axloqiy prinsiplarning ro'yobga chiqishi uchun ichki impuls beradi.
Kim o'zining qalbi va aqli imkoniyatlaridan to‘la foydalansa, o'zligini namoyon qiladi. O'zligini namoyon qila turib, butun borlig‘ini namoyon qiladi. Shunday qilib, mashhur xitoylik mutafakkir insonparvarlik bilan yaxshilik orasida uyg‘unlik — ko‘prik o'taydi Bunday uyg'unlik qadimgi zamon Xitoy falsafasida yaratilgan axloqiylikning «oltin qoidasi» edi. Xuddi shu qoida asta-sekin «so'z bilan ish» orasidagi mutanosiblikning vujudga kelishi uchun zamin yaratdi. Konfutsiy falsafasidagi insonparvarlik bilan yaxshilik orasidagi uyg‘unlik shaxsning shaxsiyligini ifodalovchi olijanoblik ko‘rinishlarini yagona bir butunga birlashtiradi va qudratli ijtimoiy tartib-intizom tizimining vujudga kelishi uchun asos yaratdi. O'z navbatida, bunday tartib-intizom shaxsning ezgulikka qaratilgan xayrli ishlarida namoyon bo'ladi. Agar o'sha xayrli ishlar davlat tomonidan boshqarilsa kishilar tarbiyasida tub burilish sodir bo'ladi. Konfutsiy Xitoy falsafasi tarixida birinchilardan bo'lib, odamning shaxs darajasiga ko'tarilishida jamiyat, davlat, ijtimoiy muhitning ta’siri bo'ladi, degan g'oyani ilgari suradi. O'zi faoliyat ko'rsatayotgan jamiyatda, fuqarolaming to'q- farovon yashashlari uchun zarur bo'lgan siyosiy, ma’naviy- axloqiy prinsiplarni ishlab chiqishga harakat qiladi
Konfutsiyning fikriga ko'ra, jamiyatning asosiy yacheykasi — oiladir. Jamiyatni, davlatni u katta oila, deb tushunadi. Oilada azal-azaldan o'rnatilgan tartib-qoidaga ko'ra — kichiklar kattalarga bo'ysunishi lozim bo'lganidek, davlatda ham kichiklar kattalarga bo'ysunishlari darkor. Oiladagi tartib-intizom qavm- qarindoshlik, urug'-aymoqchilik belgilariga asoslansa, davlatda o'rnatilgan tartib-intizom ko'pincha shaxsning ijtimoiy mavqeiga, jamiyatda egallagan o'rniga qarab belgilanadi. Qadimgi Xitoy faylasufi Konfutsiyning jamiyatni boshqarish haqidagi fikr-mulohazalarining markazida «Hikmatli zot» turadi. «Hikmatli zot» hukmron tabaqaning ideal namoyandasidir. Bun day davlat arbobi o'zida fuqarolar farovonligini ta’minlay oladigan barcha olijanob fazilatlarni mujassamlashtirmog'i lozim.
Konfutsiy o'zining suhbatlarida jamiyat boshqaruv iplarini qo'lida ushlab turgan «Hikmatli zot»ning beshta shaxsiy xislatlar: burch adolat, mardlik, urf-odatlarga rioya qilish, bilimdonlik bezab turmog'i lozim, deydi. «Hikmatli zot» fuqarolarga nisbatan muruwatli, xizmat vazifasini sidqidildan bajaruvchi, egallab turgan lavozimidan o'ziga shon-shuhrat orttirish uchun emas, balki jamiyat a’zolari farovonligini ta’minlashga qaratmog‘i darkor. Uning xatti-harakatlari ohista va xotirjam, tabiatiga dag‘allik va fahmsizlik begona, kiyinishlari ozoda va o'ziga munosib, jami yatda o'matilgan ma’naviy-axloqiy qoidalaming mohiyatini chu qur anglab yetuvchi, boylik va martabani «taqdir in’omi» deb, ularga atayin intilmaydigan, хауг-u saxovatli, lekin isrofgar- chilikka yo'l bermaydigan, halollik bobida sobitqadam va duch kelgan guruhga qo'shilib ketavermaydigan kishidir. Konfutsiy bunday xislatlar sohibi bo'lgan kishini «Go'zal inson», deb biladi. Jamiyatni, davlatni shunday «Go'zal inson»lar boshqar- sa, shubhasiz, unday yurtda farovonlik ta’minlanadi. Konfutsiy «Himmatli zot» shaxsining antipodini — «Nobakor kimsa», deb ataydi. «Nobakor kimsa»ning xatti-harakati, «Himmatli zot»nikiga teskari. U o'z nafsining quli, burch, insof nimaligini umuman bilmaydi. Jamiyatda o'matilgan tartib-inti- zomni makkorlik bilan buzadi. Jamiyatning hukmdori bo'lgan «Osmon o‘g‘li» xohish-irodasini sezmaydi. Uning bisotida jami yatning martabali kishilariga, donishmandlariga, olim-u fozillariga hurmat-izzat bo'lmaydi. Eng muhimi o'z qadr-qimmatini bilmaydi, hatto talonchilik qilishdan ham uyalmaydi. Shunday qilib, Konfutsiy ta’limotida shaxsning shaxsiy, axloqiy xislatlari chuqur ijtimoiy mazmunga ega bo'lgan me’yorga aylanadi. Konfutsiyning e’tirof etishicha, «Himmatli zot» hasad bilan shug'ullanmasligi, hasadgo'ylar davrasida bo'lmasligi, birovlarga hasad bilan qaramasligi, o'zidan yuqori martabali kishilarga izzat- ikromli, qo'l ostida ishlovchi fuqarolarga muruvvatli, xalqni boshqarishda adolatli, o'z hayotini garovga qo'yib bo'lsa-da, to'g'rilikni himoya qilishi zarur.Jamiyatni, davlatni boshqaruvchi oliy «Himmatli zot» biyron so'zli notiq yoki oliy himmatli kishi bo'lmasligi mumkinf Chinakam «Himmatli zot» so'zi ishiga mos tushmasa qattiq aziyat chekadi. Bunday kishilar hamisha obro'li, dovruqli bo'laman, deb emas, balki o'zida bor im- koniyatlami, qobiliyatlami to'la ro'yobga chiqara olmadim, deb aziyat chekadilar. Konfutsiyning fikriga ko'ra, «Himmatli zot» quyidagi to'qqiz holatni o'zining amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega, deb qaramog‘i darkor:
shubhalanganda, boshqalardan so'rashni; tutaqqan paytda oqibatni o‘ylashni;
bir narsani boshqalardan olayotganda uning qarz ekanligini tushunib yetishni unutmasligi darkor.
Qadimgi Xitoy falsafasida shaxs to'g'risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan ta’limotlardan yana biri moizmdir. Moizm ta’limotining asoschisi Mo Di (Mo-Szi) dir. (Mo Di eramizdan avvalgi 480—400-yillarda yashagan.) U yaratgan shaxs to'g'risidagi falsafiy fikrlar asosida «umumiy, o‘zaro muhabbat va manfaat» uyg'unligi haqidagi g‘oya yotadi. Moizm, 'Konfutsiy ta’limotidan farqli o‘laroq, adolat bilan manfaatni yagona bir tugunga birlashtirishga harakat qildi. «Adolat — bu foyda demakdir», deb tushuntirdi. Foyda, manfaat, moizmda faqat kishi uchun emas, balki butun jamiyat, butun xalq uchun xarakterli xususiyat ekanligini isbotlashga urinadi. Shuning uchun ham, Moizm muxlislari «faoliyat» (vey) va axloqiy xulq-atvor, xatti-harakat» (sin) tushunchalarini birini ikkinchisidan ajratdi- lar. Ularning fikriga ko'ra axloq-odobning yagona mezoni — ezgulikka qaratilgan xatti-harakatdir. Bunday xatti-harakat faqat shaxsiy o‘mak ko‘rsatish orqali ro'yobga chiqadi. Ezgulikka qara tilgan xatti-harakat uning maqsadi, sabab va oqibatlariga qarab aniqlanadi, «xizmati», «mukofoti», «shon-sharafi», «jinoyatlari», «jazosi»da o'z ifodasini topadi. «Umumiy, o'zaro muhabbat va manfaat» prinsipi namoyon bo'lishining ideal holati osmon xohish-irodasi bilan bog'liq, deyiladi, Moizm ta’limotida. osmon olamdagi butun mavjudot uchun andoza (etalon)dir. Yerdagi uning o'g'li (imperator) xuddi shu andozani turmushga tatbiq etish uchun mas’uldir.
Yerda uning amaldorlari shunday tartib-intizom o'rnatishlari zarurki, u tufayli barcha kishilar bir-birlarini sevishlari, bir-birlariga yordam qo'llarini cho'zishlari, «boylar o'z boyliklarini kambag'allar bilan baham ko'rishlari», «o'qimishli kishilar savodsiz odamlarni savodli qilishlari», «zo'rlar zaiflami himoya qilishlari» darkor. Xalq eng oliy qadriyat hisoblanadi, shuning uchun ham uning ehtiyoj va istaklarini ro'yobga chiqarish, hukmdor uchun osmon xohish-irodasini namoyon qilishdir. Modi yozganidek, chinakam jasorat egasi bo'lgan hukmdor o'zining xatti-harakatini osmon ostining manfaati bilan taqqoslaydi, ulaming charchab-xorishlarini yanada chigallashtirmaydi. Chinakam shaxsparvar hukmdor xalqning mol- mulkiga ziyon-zahmat yetkazadigan, ulaming kiyim-boshi, oziq- ovqatlarini tortib oladigan biron ish qilmaydi maqsadda, hukmdor hammaga bir xil talab qo‘ygan qonun va adolat imkoniyatlaridan foydalanishi darkor. Mansabdorlarning o'zboshimchaliklariga chek qo'yilishi kerak. Ana shunday yo‘l bilan osmon o'g'li bilan xalq va davlat orasida majburiyat (shartnoma), aloqa o'rnatiladi. Bunday shartnomaning bajarilishida, shubhasiz, hukmdor hal qiluvchi rol o'ynaydi. Moizm ta’limotiga ko'ra, osmonning xohish-irodasi shaxs taqdirini, kelajagini belgilovchi omil emas. U faqat kishilarni bir-birlariga adovat, nafrat bilan emas, balki ularni do‘st-u birodar, hamkor-u hamdard, xayrixoh bo'lishga, hurmat qi lishga chorlaydi. Odamlarning o'zaro munosabatlarida ana shun day munosabatlar shakllangandagina jamiyatda uyg'unlashuv, barqarorlik sodir bo'ladi. Moistlar shaxsning bilish borasidagi faoliyatini takomillashtirishga harakat qildilar. Olamdagi hodisa va voqealarni o'rganishda, bilishning hissiy va aqliy shakllaridan oqilona foydalanish yo'llarini izladilar. Shunday qilib, qadimgi Xitoy shaxsning ruhiy- ma’naviy qiyofasining shakllanish jarayonini, osmon va yer munosabatlarining uyg'unlashuvi chig'irig'idan o'tkazib tahlil qildilar.
Qadimgi Hind faylasuflari — shaxs ikki yirik qudrat: tana bilan jonning uyushmasidan iboratligi, jon tanani tark etib ruhga aylanib turishi, ruh esa o'lmasligi, u ma’lum vaqt o'tgach yana boshqa tanaga qaytib kirishi mumkinligini, tana bilan jon biri ikkinchisi bilan bog'liq bo'lib, biri ikkinchisiga hamisha ta’sir o'tkazib borishi, odamzot tanasining shakli (jismi) uzoq davom etgan evolyutsion o'zgarishlarning natijasi ekanligini isbotlashga uringan bo'lsa, qadimgi Qadimgi Hind va Xitoy faylasuflari, odamni shaxs darajasiga ko'tarish jarayonini, asosan, aql imkoniyatlaridan foydalanib tahlil qildilar. «Fikrlovchi mavjudot» — shaxs o'zining kundalik amaliy faoliyatidan aqlan qoniqmas ekan, turgan gapki, qolgan ishlaridan ham hech qachon qoniqish hosil qilmaydi. Aql imkoniyatlariga asoslangan qadimgi Hind va Xitoy faylasuflari shaxs hayotining ma’no va mazmunini boyitish uchun fuqarolar tashvishlarini kamaytirish yo‘llarini izladilar. Eng muhimi, farovon turmush qurishni orzu qildilar. Ana shunday hayotni barpo etishda, asosan, shaxsning o‘zi mutasaddi ekanligini isbotlashga urindilar. Shuning uchun ham shaxsni buyuk qadriyat, deb e’lon qildilar. Eng muhimi shaxsning o‘zini o‘zgartirish, uning ruhiy-ma’naviy olamini takomillashtirishga e’tiborni qaratdilar.