Z nishanova, G. Alimova


Taiim-tarbiya masalalarida pedagogika va psixologiya fanlarining hamkorligi uzoq tarixga ega



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə72/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Taiim-tarbiya masalalarida pedagogika va psixologiya fanlarining hamkorligi uzoq tarixga ega. 0 ‘z davridayoq mashhur rus pedagogi


K.D.Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining rejasini ishlab chiqishi uchun odam haqidagi barcha fanlarning yutuqlaridan foydalanishi kerak, bu fanlar orasida psixologiya markaziy o‘rinni egallaydi, deb ta’kidlagan edi.


Metodologiya - nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish hamda tarkib toptirish usullari, tamoyillari tizimi, shu bilan birga ushbu tizim haqidagi taiimotdir. Metodologiyaning 3 darajasi ajratiladi: 1. Umumiy metodologiya — tadqiqotchi tomonidan tanlanadigan umumiy falsafiy yondashuv. 2. Xususiy metodologiya —bilimlaming muayyan sohasida qo‘llanadigan metodologik tamoyillar yigindisi.



  1. Tadqiqotda qoilanadigan konkret metodik usullar yig‘indisi boigan metodologiya. Unga nisbatan ko‘pincha “metodika” tushunchasi ishlatiladi. Metodika tushunchasi 2 xil ma’noga ega: 1. Muayyan ishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirishga xizmat qiluvchi usul va metodlar yigindisi; 2. Pedagogika fanining muayyan fanlami o‘qitish qonuniyatlarini o‘iganuvchi sohasi.



Nazariya —ilmiy bilimlaming eng yuksak tashkiliy shaklidir. U keng miqyosda isbotlanuvchi taxminlar asosida shakllantiriladi va muayyan turdagi hodisalami tushuntirish hamda bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Amaliyot — insonning moddiy, predmetli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati. U tabiiy va ijtimoiy ob’ektlami o‘zgartirish hamda o‘zlashtirishga xizmat qiladi.


Amaliy va nazariy psixologiyaning farqini belgilash ayni paytda printsipial muhim ahamiyatga egadir. A.I.Dontsov, Yu.M.Jukov, L.A.Petrovskayalaming ta’kidlashicha, o‘rtadagi farq maqsadlarda, kontseptual apparatda, psixolog shaxsining o‘mida, metodologik masalalarga boigan munosabatda ifodalanadi.


Akademik psixologiya psixikaning shakllanishi, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi qonuniyatlari haqidagi bilimlami ko‘paytirishga

www.ziyouz.com kutubxonasi





xizmat qiladi. Amaliy psixologiyaning bosh maqsadi esa konkret ijtimoiy sub’ektlarning muammolarini hal etishdan iboratdir. Maqsaddagi farq tufayli amaliy va nazariy psixologiyaning kontseptual apparatida ham ma’lum farqlar yuzaga keladi. Akademik fanning kontseptual apparati turli psixologik fenomenlarni tasvirlash, tushuntirish va bashorat qilishga moijallangan. Amaliy psixologiyaning kontseptual apparati mijoz (buyurtmachi) muammolarini tushunish va u bilan muloqot qilish uchun kerakdir. Nazariy psixologiyadan farqli ravishda amaliy psixologiya o‘zini muayyan bir metodologik yondashuv bilan chegaralab olmaydi, mutaxassis mijoz muammolarining kompleks xarakterga egaligi tufayli turli ilmiy yo‘nalishlarning usullaridan foydalanishga majbur boiadi. Shuningdek, nazariy psixologiyada tadqiqotchi shaxsi va tadqiqot metodini bir-biridan keskin ajratishga harakat qilinsa, amaliy psixologiyada psixolog shaxsi metodning ajralmas qismiga aylanib ketadi. Nazariy va amaliy psixologiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjudligiga qaramay ular o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud. Amaliyotchi psixolog o‘z faoliyati va uning natijalarini tahlil qilib borgandagina, ya’ni uni nazariy qayta ishlagandagina haqiqiy mutaxassisga aylanadi.


Pedagogik oliy o‘quv yurtida yoki kollejda psixologiya fanidan dars bemvchi o‘qituvchi kim? U bir tomondan, tadqiqotchi, ikkinchi tomondan, psixolog-amaliyotchi. Shu tufayli unga ham ilmiy tadqiqot faoliyatiga, ham amaliy yordam faoliyatiga mutaxassis uchun psixologik bilimlar manbai va ulardan pedagogik faoliyatda foydalanish usullari manbai boiib xizmat qiladi.


Psixologiyani o‘qitishdagi asosiy muammolardan biri taiim oluvchilar tomonidan psixologik tushunchalaming o‘zlashtirilishi muammosidir. Psixologiya o‘qitish metodikasi sohasidagi yirik mutaxassis B.Ts.Badmayevning ko‘rsatishicha, psixologiya fani bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlarda eng ko‘p uchraydigan kamchilik talabalaming psbcologik kategoriya va tushunchalar bilan mantiqiy fikrlay olmasligi, o‘z bilimidan real psixologik hodisalami tahlil qilish va baholashda foydalana olmasligidan iborat. Ushbu holat I.A.Domashenko va T.A.Rotanova tomonidan ham qayd etiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin