Z nishanova, G. Alimova


I.A.Bayevaning fikricha, talabalaiga ilmiy atamalar va tushunchalami tushuntirishning qiyinligiga sabab psixologiya o‘qituvchisining



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə73/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

I.A.Bayevaning fikricha, talabalaiga ilmiy atamalar va tushunchalami tushuntirishning qiyinligiga sabab psixologiya o‘qituvchisining 2 xil til —o‘zining ilmiy tili va boshqa odamning kundaUk muloqot tili o‘zaro ta’siiga kiritadigan vaziyatga tushib qolishidir. Tadqiqotchi ilmiy tushunchalami o‘rganishning ma’lum ketma-ketligini taklif etadi. Uning taklif qilishicha, dastlab tushunchaga mavhum, mantiqiy tafakkurga mo‘ljallangan ilmiy tilda batafsil ta’rif beriladi. Keyin tushunchaning qisqacha mazmuni, asosiy mohiyati, ma’nosi keltiriladi. Shundan so‘ng tushunchaga oid “obrazlar” taqdim etiladi. I.A.Bayevaning fikricha, aynan “obraz”, ya’ni tushuncha ta’lim oluvchining ko‘z oldida uyg‘otadigan o‘quv materiali emas, balki ong va shaxs rivojlanishini ta’minlovchi vositaga aylanadi.


Psixologiya fanlarini o‘qitish sohasidagi muammolardan yana biri aqliy jarayonlar, intellektning ta’lim jarayonidagi o‘mi va roli, nazariy bilimlardan amaliyotda foydalanishdan iborat.


Aqliy jarayonlaming inson hayotidagi, shu jumladan, ta’lim jarayonidagi o‘mi beqiyosdir. Tobora murakkablashib borayotgan olamda har bir insondan o‘z oqilona hayotiy pozitsiyasini shakllantirib olish talab qilinadi. Buning uchun esa u etarlicha taraqqiy etgan intellektual salohiyatga ega bo‘lishi lozim. Odamning intellektual darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning individual mental tajribasi tarkib va mazmun jihatdan shunchalik murakkab boiadi. Shu tufayli uning olam haqidagi tasawurlari sub’ektiv boy, lekin ayni vaqtda etarlicha ob’ektiv boiadi. Chunki tafakkur taraqqiy etishi bilan boshqa psixik jarayonlami rivojlanishida ham sezilarli siljishlar ro‘y beradi.


Tafakkur jarayonlari va taiim o‘rtasidagi nisbat muammosi B.Ts.Badmayev tomonidan tahlil qilingan. Uning fikricha, ta’lim kutilgan natijalami bermasligining sababi unda tafakkur etarlicha faoliyat ko‘rsatmasligidadir. Taiim oluvchilar ko‘p narsani eslab qolishga majbur bo‘lishlari tufayli intensivlik kuzatilmoqda. Shu tufayli o‘quv materiallari ko‘p hollarda ongli va chuqur o‘zlashtirilmaydi. Materialning zlashtirilishini yaxshilash uchun tafakkur faoliyatini maxsus pedagogik-metodik vositalar bilan stimullashtirish kerak. B.Ts.Badbaevning fikricha, o‘rganilayotgan predmet mazmunini ifodalovchi va muammoli vaziyat yaratuvchi aqliy masala shunday

www.ziyouz.com kutubxonasi





vosita bo‘la oladi. Umuman, intellektual rivojlanish va ta’lim jarayoni o‘rtasidagi munosabat, ulaming o‘zaro ta’siri muammosi jahon psixologiyasi uchun yangi muammo emas. 0 ‘z davrida L.S.Vigotskiy “formal fan” degan tushunchaga e’tibor qaratgan edi. Formal fanlar jumlasiga nafaqat bilim hosil qiladigan, shu bilan birga bolalaming aqliy qobiliyatlarini rivojlantimvchi fanlar —matematika, lotin tili va grek tillari kiritilgan.



  1. asrning 60-yillarida psixologiya va pedagogikada “rivojlantimvchi ta’lim” tushunchasi paydo bo‘ldi. Rivojlantimvchi ta’limda asosiy e’tibor o‘quvchi tafakkurini rivojlantirishga, uni fikrlashga o‘rgatishga qaratiladi. Rivojlantimvchi ta’lim umumiydan xususiyga differentsial tamoyilga rioya etgan holda olib boriladigan ta’lim. Bunday ta’limda talaba o‘quv materialini o‘rganar ekan, ijtimoiy voqelikdagi qarama-qarshi hodisalami o‘zaro solishtiradi, u yoki bu ijtimoiy hodisaning tuzilishini aniqlaydi, bu esa unga materialni yaxshiroq o‘zlashtirishga, egallangan bilimlami o‘z amaliy faoliyatiga olib o‘tishga yordam beradi.



Rivojlantimvchi ta’lim sohasida ras psixologlari P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, V.V.Davidov va ulaming izdoshlari keng miqyosli tadqiqotlar o‘tkazganlar. Ayniqsa, P.Ya.Galperin tomonidan ishlab chiqilgan “aqliy xarakatlarning bosqichma-bosqich shakllanishi” nazariyasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar rivojlantiruvchi taiim muammolarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega boidi.


P.Ya.Galperin boshchiligida o‘tkazilgan qator tadqiqotlarda kattalarda ijodiy tafakkur shakllanish qonunlari o’rganildi. Tajribalarda sinaluvchilarga topqirlikka moijallangan masalalar berilib, ulardan masalani echish qoidasi-printsipini mustaqil topish talab qilingan. Shu turdagi masalalami echishda sinaluvchilarda ayrim hollarda noadekvat reaktsiyalar kuzatiladi. Ular tartibsiz ravishda xilma xil taxminlami ilgari suradilar va har birini etarlicha tekshirmay inkor etilgan variantlarga qaytib keladilar. Sinaluvchilar muammoli vaziyatni tahlil qilishga o‘rgatilgach, vaziyat o‘zgaradi. Tajribalarda sinaluvchilar masala haqida aniq tasawurga ega boiganda va masalani o‘rgatilgan tartibda tadqiq etganlarida ularning faoliyatida tartibsizlikning yo‘qolishi, o‘zlarining barcha fikr va taxminlarini

www.ziyouz.com kutubxonasi




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin