Dastlab bola o‘zini faoliyat sub’ekti sifatida anglamaydi. “Doniyor sakrayapti”, “Sevinch uxlamoqchi”, - ilk bolalik yoshidagi bolalar o‘zi haqida deb aytishadi.
Hayotning 3-yili o‘zini-o‘zi anglash rivojidagi muhim bosqicn bo‘lib hisoblanadi. Chunki bu davrda bola awallari predmctga mahkam biriktirib qo‘ygan harakatni asta-sekin undan ajrata boshlaydi. Bu hodisa birdan, o‘z-o‘zidan ro‘yobga chiqmaydi. Uning amalga osliisliiga sabab bolaning awalgi predmetli harakatini yangi sharoitlaraa bajarishi va uni boshqa predmetlarga ko'chirishidir.
“Men o‘ynayapman”, “Men kiyinayapman”, “Men ovqai eyapman” degan gaplami hamda “o‘zim” degan so‘zni 3 yoshi. bolaning nutqida tez-tez uchratishimiz mumkin. 0 ‘zini uchinchi snaxs olmoshi bilan ifodalashdan “men” olmoshini ishlatishga o‘tisbi ilk bolalik davrining eng muhim yutuqlaridan biridir. Ba’zi psixologlar, (L.I.Bojovich), hatto, ilk bolalik davrining oxiriga Kelib paydo boiuvchi “Men” tizimi va uni yuzaga keltiradigan mustaqil harakai
qilish ehtiyoji, o‘z “Men”ini ro‘yobga chiqarishi, namoyon etish ehtiyoji ushbu davrda yuzaga keluvchi eng markaziy yangi tuzulma, deb hisoblashadi. Bu tuzilma ketidan paydo boiuvchi tuzulmalar orasida o‘ziga-o‘zi baho berishning yuzaga kelishi bolaning shaxs sifatida rivojlanishida o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni ilk bolalik davrining oxiri va bog‘cha yoshining boshidagi o‘ziga-o‘zi baho berishning genezisida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan boigan muloqoti hal qiluvchi ahamiyatga ega boiadi. Bola o‘zining imkoniyatlari haqida adekvat bilimga ega boimaganligi tufayli kattalaming unga bergan bahosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda, bola o‘zini kattalar orqali, ulaming bola haqidagi fikri orqali baholaydi. Bola bu davrda o‘ziga-o‘zi baho berishda toialigicha kattalaming fikriga suyanadi. 0 ‘zi haqidagi mustaqil tasawur elementlari esa biroz keyinroq paydo boiadi.
Maxsus taqiqotlaming ko‘rsatishicha, (B.G. Nechaev va b.) ushbu elementlar dastlab shaxsiy sifatlar, ahloqiy fazilatlarni baholashda emas, balki predmetli va tashqi xususiyatlami baholashda namoyon boiadi. Bu esa harakatlaming predmetdan toiiq ajralib chiqmaganligini ko‘rsatadi.
Bog‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sezilarli boigan o‘zgarish o‘zga kishining tashqi xususiyatlarini baholashdan shaxsiy xususiyatlarini baholashga o‘tishida ifodalanadi.
Barcha yosh guruhlardagi bolalarda o‘zIaridan ko‘ra o‘zga shaxslami ob’ektivroq baholashlari kuzatiladi. Biroq bu erda ham maium bir farqlar uchraydi. Jumladan, katta bog‘cha yoshidagi bolalar “Sizlaming orangizdagi eng yaxshi bola kim?” degan savolga odatda “Men” deb javob bermaydilar. Ammo bu bolaning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi pasayganini bildirmaydi. Bolalaming bunday javobni bermasliklariga sabab shundaki, bu yoshda ular ko‘pincha maqtanchoqlik yaxshi emasligini biladilar. Agar o‘zlarini ijobiy tomondan baholamoqchi boisalar, buni ko‘pincha bilvosita amalga oshiradilar. Masalan, “Sen yaxshi bolamisan yoki yomon bolamisan?” degan savolga bolalar (bog‘chaning katta guruh bolalari) “Yaxshi” yoki “Yomon” deb javob bermaydilar, buning o‘miga
www.ziyouz.com kutubxonasi
“Bilmadim... Men kattalarga quloq solaman”, “Men ham 100 gacha sanashni bilaman”, “Men doim navbatchilarga yordam beraman” deb aytadilar.
Bog‘cha yosh davrida o‘ziga-o‘zi baho berish emotsional xarakteiga ega bo‘ladi. Bolaning boshqalarga beradigan bahosi ham shunday xususiyatga ega bo‘ladi. Bola uni o‘rab tuigan kattalardan qaysi biriga ishonch his etsa, mehri tovlansa o‘sha kishiga ijobiy baho beradi. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar ulami o‘rab turgan kattalaming ichki olamiga baho berishga harakat qiladilar. 0 ‘rta va kichik bog‘cha yoshidagi bolalaidan farqli ravishda kattalaming ichki olamiga anchagina chuqur va differensiallashgan baho beradilar.
Aniqlanishicha bolaning guruhda egallagan mavqei uning o‘ziga o‘zi beradigan bahosiga ta’sir etadi. Masalan, guruhdagi mavqei unchalik baland bo‘lmagan bolalarda o‘ziga juda yuqori baho berish, aksincha guruhdagi mavqei ancha yaxshi bo‘lgan bolalarda o‘zini past baholash tendentsiyasi kuzatiladi. Bog‘cha yoshining oxiriga kelib, bolaning atrofdagilarga beradigan bahosi ancha chuqur, to‘liq detallashgan va kengaytirilgan tus ola boshlaydi.
Bu o‘zgarishlar shu bilan tushuntiriladiki, katta bog‘cha yoshidagi bolalarda odamlaming ichki olamiga qiziqish ortib boradi, ular baho berishda muhim bo‘lgan mezonlami o‘zlashtirib boradilar, tafakkur va nutqlari rivojlanib boradi.
Dostları ilə paylaş: |