yo‘nalganlik harxil —egoistik yo‘nalganlikdan tortib, individualistik, ijtimoiy yo‘nalganlikkacha bo‘lishi mumkin (albatta, ushbu yoshning imkonyatlari doirasida)
yo‘nalganlik harxil —egoistik yo‘nalganlikdan tortib, individualistik, ijtimoiy yo‘nalganlikkacha bo‘lishi mumkin (albatta, ushbu yoshning imkonyatlari doirasida).
Bog‘cha yoshidayoq ba’zi bolalar xulq-atvorida yaratuvchanlik, ayrim bolalarda esa buzg‘unchilikka, iste’molchilikka bo‘lgan mayllar yorqin namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi va ota-onalar bunday mayllami tez payqab olishi lozim. Chunki bu salbiy xususiyatlami o‘z vaqtida korrektsiya qilish, ijtimoiy jihatdan qadrlanadigan ehtiyoj va motivlami shakllantirish, har bir bola uchun o‘z-o‘zini namoyon etishga sharoit yaratish imkoniyatini beradi.
13.2. O ntogenezda em otsiyalar va hissiyotlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
Bola faoliyati atrof olamni va o‘zini bilishi, kattalar va tengdoshlar bilan bo‘lgan munosabat jaiayonida xilma-xil emotsiya hamda hissiyotlami o‘zidan o‘tkazadi. U atrofda my berayotgan hamda o’zi qilayotgan naisalaiga muayyan munosabatda bo’ladi. Ana shu munosabat bolada ma’lum bir emotsiya va hissiyotlami tug‘diradi. Emotsiya va hissiyotlar ham voqelikni aks ettirishning o‘ziga xos shakli. U bolaning atrof olamga bo‘lgan munosabati, biror-bir ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli vujudga keluvchi ichki kechinmalarida namoyon bo‘ladi.
Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishining quyidagi umumiy yo‘nalishlarini ajiatib ko‘rsatish mumkin: bola hayotiy vaziyatining o‘zgarb.liiga bog‘liq ravishda emotsional holatlaming shakllanishi; emotsiyalar asosida oliy hissiyotlaming shaldlanishi; emotsiya va hissiyotlaming shaxsiy tuzilmalar orasida yangi tuzilma sifatida shakllanib borishi.
Emotsiya va hissiyotlaming ontogenezdagi rivoji muayyan o‘z qonunlariga ega:
Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalar paydo bo‘ladi. Bu kechinmalar tabiiy ehtiyojlaming qondirilishiga bog‘liq ravishda vujudga keladi (qondirilsa - ijobiy, qondirilmasa - salbiy emotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar hayvonlarda ham mavjud. Biroq boladagi eng oddiy emotsiyalami hayvonlardagi eng oddiy emotsiyalardan farqlash kerak. Chunki