Z nishanova, G. Alimova


gumh barcha a’zolari ishtirokidagi bahs-munozara shaklidagi seminar



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə67/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

gumh barcha a’zolari ishtirokidagi bahs-munozara shaklidagi seminar.

www.ziyouz.com kutubxonasi



2.2.2. Mavzu b yicha talabalaiga yo‘nalish beruvchi, mashg‘ulot vazifalari, ob’ektlari, tavsiya etiluvchi adabiyotlar, muhokama qatnashchilari o ‘rtasidagi rollar taqsimoti, ma’ruzalarga, referatlarga, mavzuni muhokama qilinish shakliga qo‘yiladigan talablami o‘z ichiga olgan dastur.
2.3. Mashg‘ulot rejasi va tartibi.


2.3.1. Mashg‘ulot mazmunining dasturi: mavzuning asosiy bo‘limlari, har bir boiimning asosiy vazifalari, ko‘rib chiqilayotgan muammoni hal etishdagi asosiy qiyinchiliklar.


2.3.2. Dastur bo‘limlarining qisqacha mazmuni. Ko‘rib chiqilayotgan nuqtai nazarlaming asosliligini, ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikni aniqlashga xizmat qiluvchi didaktik usullami belgilash. Gumh bo’lib muhokama etishni talab qiluvchi masalalar va savollami belgilash. Mashg‘ulotning turli bosqichlarida qo‘llanadigan gumhiy a’zolari orasidagi kommunikatsiya usullarini qayd etish.


2.3.3. Seminarda muhokama qilingan mavzu bo‘yicha xulosa.
2.3.4 Seminar o‘tkazilgandan so‘ng mashg‘ulotning borish tartibini tahlil qilish.

www.ziyouz.com kutubxonasi





19.1 Pedagogik jarayonning tarkibiy tuzilishi


Pedagogik jarayon pedagog tomonidan tashkil etiladi. Qachon, qayerda va kim tomonidan tashkil etilishidan qat’i nazar pedagogik jarayon doim bir xil tarkibiy tuzilishga ega bo‘ladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: maqsad, tamoyillar, mazmun, metodlar, vositalar, shakllar.


Maqsad o‘qituvchi va o‘quvchi intilayotgan yakuniy natijani aks ettiradi. Tamoyillar maqsadga erishish uchun qanday yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borish lozimligini belgilaydi. Mazmun tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maqsadga erishish uchun o ‘quvchilarga etkaziladigan ijtimoiy tajribaning muayyan qismini anglatadi. Ta’lim mazmuni deganda o‘quvchilaming o‘qish jarayonida egallab olishi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan, jamiyat va davlat tomonidan tanlangan va tan olingan doirasi tushuniladi. Metodlar mazmunni uzatish va qabul qilish uchun o‘qituvchi va o‘quvchi tomonidan qo‘llanadigan harakatlardir. Vositalar mazmunni uzatish va qabul qilish jarayonining samarador bo‘lishini ta’minlaydigan maxsus qurollardir. Shakllar ta’lim mazmunini uzatish va qabul qilish yuzasidan amalga oshiriladigan faoliyat qanday sharoitda ro’yobga chiqarihshini belgilab beradi.


Pedagogik jarayon dinamik tabiatga ega boiishi uch xil tuzilma — pedagogik, metodik va psixologik tuzulmalaming o‘zaro ta’sirlashuvi talab etiladi. Pedagogik tuzilma ta’lim va taibiya jarayonining maqsadi, shakllari, mazmuni va hokazolarni aniqlashtiradi, ushbu jarayonlaming tashkil etilishi masalalami hal etadi. Metodik tuzilma tarkib toptirilishi uchun maqsad bir qator vazifalaiga ajratiladi va ushbu vazifalar o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining bosqichlarini belgilab beradi. Masalan, metodik tuzilma faoliyatni qanday amalga oshirish haqida yo‘riqnoma (ko‘rsatma) berish, kuzatish amalga

www.ziyouz.com kutubxonasi



oshiriladigan joyga borish, ob’ektni kuzatish, kuzatish natijalarini qayd etish, natijalami muhokama qilish kabi qismlardan tashkil topishi bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur ikki tuzilmadan tashqari pedagogik jarayon psixologik tuzilmani o‘z ichiga oladi. Psixologik tuzilma quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1) idrok, tafakkur, axborotni eslab qolish, o‘zlashtirish jarayonlari; 2 ) o‘quvchilaming qiziqishlari, moyilliklari, o‘quv motivatsiyasi, emotsional holatining dinamikasi; 3) faollik dinamikasi, jismoniy va asosiy zo‘riqish, ishchanlik va toliqish. Demak psixologik tuzilma tarkibida 3 qismni ajratish mumkin: 1 ) bilim jarayonlari; 2 ) o‘quv motivatsiyasi; 3) zo‘riqish.


Ta’lim metodlari pedagogik jarayon tarkibida alohida o‘ringa ega. Keng ma’noda metod (grekcha nimagadir olib boradigan yo‘l) amaliy faoliyatlami anglatadi. Ta’lim metodi deganda, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilaming kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoUyatlari tushuniladi.


Ta’Um shakllari muayyan belgilangan tartibda va sharoitda amalga oshiriladigan o‘qituvchi va o‘quvchining maxsus tashkil etilgan faoliyatini anglatadi. Ayni paytda umumiy ravishda ta’limni tashkil etishning ikki xil shakU ajratiladi: 1. Sinf-dars shakUda oUb boriladigan mashg‘ulotlar; 2. AmaUy va tajriba ishlari shakUda oUb boriladigan mashg‘ulotlar. Metodning ta’lim shakUdan farqi shuki, unda o‘quvchi tomonidan biUmlaming egallanishi usullari, pedagogik jarayonda o‘quvchining ham ishtirok etishi usullari qamrab oUngan b ladi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin