Ikkinchidan, rasmiy talabga o ‘ziga xos javob qaytarishning
usuli bo‘lib, mashhur amerikalik psixolog K.Rodjers psixologiya
fani va amaliyotiga kiritgan psixologik ish to‘g‘ri hisoblanadi.
Uning fikricha, «tarbiyasi qiyin» bola bilan ishlash uchun,
rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sabablarini tushunishga
teng, lekin bu muhim ahamiyatga ega emas. Bola shaxsini ri-
vojlantiradigan shunday sharoit yaratish kerakki, bu sharoit
uni xulq-atvoming salbiy shakllaridan voz kechishga va yangi
ijobiy shakllarini yaratishga majbur qilsin.
Rasmiy iltimosga o ‘ziga xos bo‘lmagan javob qaytarishga
teskari uslub — bu rasmiy talabga qat’iy mos tushadigan
diagnostik metodikalarni tanlashdan iborat: masalan, yomon
o ‘zlashtirish haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda
bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlil qilinadi. Bunday tashxis
o ‘zlashtirm aslik sabablarini aniqlay olmasagina, boshqa
ko‘rsatkichlar qaraladi. Tashxis natijalariga mos ravishda,
ko‘pincha trening turida amalga oshiriladigan tuzatish ishlari
olib boriladi. Masalan, xotira kuchsiz rivojlanganda, uni
maxsus mashq qildirish maqsadga muvofiq, ixtiyoriylik yetarli
darajada rivojlanmaganda, uni shakllantirishning maxsus
dasturlari kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: