Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi mu-
rakkab faoliyat turlaridan biri bo‘lib,
maxsus psixologik tay-
yorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostik-
korreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab
qilishi bilan
birga kam ishlangandir. Bu jarayon birinchi bo‘lib, tarbiyasi
qiyin va normal bolalarni o ‘rganishga bag‘ishlangan pedadogik
tadqiqotlarda L.S.Vigotskiy tomonidan qoMlangan. I.Shvansara
shaxs taraqqiyotini tashxis qilishning bosqichli eksperimental-
psixologik nuqtayi nazarini taklif etadi.
Bu bosqichlar quyidagilar: 1. Psixologga rasmiy iltimos.
2. Psixologik muammoni aniqlash. 3. Tadqiqot metodini tanlash.
4. Psixologik tashxis qo‘yish. 5. Amaliy tavsiyalar.
Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi
nuqtayi nazar sifatida psixologning
yoki bu tarbiyasi qiyin
o ‘quvchiga nibatan o‘qituvchining ma’lum ijtimoiy talabiga
javobini ko‘rsatish murnkin. Bu holda o‘quvchiga «tarbiyasi
qiyin» tashxisi (diagnozi) o ‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari,
voyaga yetmaganlar ishi bo'yicha nazorat xodimlari
tomonidan
qo‘yilgan boMadi. Psixologning vazifasi — qiyinchiliklaming
sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish (korreksiya) me-
todlarini topishdan iborat.
Psixoprofilaktik ish — amaliyotchi psixologning eng kam
ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi.
Psixoprofilaktika
muammolari ko‘proq Amerika adabiyotlarida aks etgan.
Dostları ilə paylaş: