Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o‘z ichiga olgan.
1. Psixologik xizmat xalq ta’limi va oliy o‘rta maxsus ta’lim
tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni
hal qilishda har qaysi shaxsning (pedagog, o ‘quvchi, talaba,
ota-ona) manfaati va uning har tomonlama garmonik rivoj-
lanishidan kelib chiqqan holda yondashadi.
3. Psixologik xizmat mutaxassislari o‘z faoliyatlarini tibbiyot
xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari,
muayyan komissiyalar, balog‘atga yetmagan o‘smirlar inspek-
siyasi, ota-onalar qo‘mitasi,
ishlab chiqarish jamoasi, ja-
moatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.
Amaliyotchi psixologlar o ‘qituvchiga berilgan barcha
imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat
ta’tili muddati barcha o ‘qituvchilar bilan barobardir. 0 ‘quv-
chilar soni 500 gacha bo‘lgan maktablarda 1 shtat birligi
psixolog ishlashi zarur. Kasb-hunar kollejlarida o ‘quvchilar
soni 250 ta bo‘lsa, 1 shtat birligi psixolog ishlashi kerak.
Bog£chalarda har 2 bog‘chada 1 psixolog ishlashi maqsadga
muvofiq.
Oliy va o ‘rta maxsus, xalq ta’limi tizimidagi psixolog-
laming faoliyati, psixologik maslahat va muammolaming ijti-
moiy-psixologik
faol usullari, psixokorreksion, psixotashxis,
ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi sohalari bo‘yicha
umum psixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega
bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
1.3. Psixolog maslahati
Psixologik xizmat faoliyati o ‘quvchilar
aqliy taraqqiyoti
va shaxsiy xususiyatlarini tashxis qilishga, ta’lim-tarbiyadagi
xatoliklaming psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan,
balki bunday xato va kamchiliklarni yo‘qotish va oldini olishga
qaratiladi. Bundan psixologning aniqlangan chetlashishlarni
korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.
Psixologik xizmat faoliyati bolalar, yosh va pedagogik
psixologiya, psixokorreksiya,
psixologik maslahat sohasida
timumiy psixologik va maxsus psixologik bilim lar olgan
mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga
jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus
qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim.
Psixologning maslahat berish rejasida quyidagi ishlar o ‘z
aksini topishi zarur:
1. Bolalar, o‘qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan
sluig‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, m a’muriyat
(dircktor, rektor, mudir) o ‘qituvchilar, murabbiylar,
ota-onalar,
ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol
masiahatlar berish.
2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush
iiurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari,
teng-
doshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyo-
qarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual,
guruhiy, jamoaviy tarzda masiahatlar uyushtirish.
3. Ma’muriyat, bolalar, o ‘quvchilar hamda talabalar va
ota-onalarga ularning ruhiy o ‘sishi xususiyatlariga oid
ma’lumotlar berishi,
farzand asrab olish, onalik va otalikdan
mahrum qilish ishlarida qatnashish, tashkilotlaming g‘amxo‘rlik
va vasiylik to ‘g‘risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabat
bildirishi lozim.
4. Ota-onalarga bolaning ruhiy rivojlanishi xususiyatlarini
shaxs sifatida shakllanishi, o ‘zaro munosabat maqomlari,
bunda farzandlaming yoshi, jinsi,
individual-tipologikxususi-
yatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy masiahatlar beradi.
5. Maktab o ‘quvchilari, o'rta maxsus va kasb-hunar kol-
leji hamda akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati,
istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik masiahatlar
berish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik daraja-
sini
Dostları ilə paylaş: