Uchinchi bosqich.
Psixolog o‘qishdagi
va xulq-atvordagi
yaqqol ko‘rinib turadigan muammolari bor bolalarga o ‘z diq-
qatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi — jiddiy
psixologik qiyinchiliklami va muammolami yo‘qotish va tu-
zatishdan iborat. Psixolog bola bilan alohida ishlaydi.
Maktab
psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi
qiyin» bolalarga qaratiladi va o‘quvchilaming asosiy qismi psi
xolog e’tiboridan chetda qolib ketadi.
Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik
xizmatni ruhiy sog‘liq xizmati sifatida faoliyat ko‘rsatishning
tarafdori bo‘lib chiqmoqdalar.
Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus
turi bo‘lib, maktabdagi barcha o‘quvchilar
uchun shart-sha-
roitlami yaratishdan iborat.
Shunday qilib,
psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari
quyidagilar.
1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakl-
lanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning
oqilona shart-
sharoitlarini yaratish;
2. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo‘sag‘asida
vujudga kelishi m um kin b o ‘lgan
psixologik nuqson va
muammolami o‘z vaqtida oldini olish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: