ehog‘ida qo‘llanayotgan usul va tarbiya shakllarining bolalar
psixofiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishidir. Ta’lim-tarbiya
jarayoni asosan didaktik o ‘yinlar, turli xil amaliy va tasviriy
faoliyat shakllarida o ‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar
bilan
an’anaviy maktab darsi shaklida aslo ishlab bo‘lmaydi.
Bolalar bog‘chada ta’lim olishlari uchun bu jarayon ularning
tabiiy rivojlanishi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. Psixolog mash-
g‘ulotidan maqsad bilim va ko‘nikma bilan qurollantirish emas,
rivojlantirish ekanini unutmasligi kerak.
Psixolog rivojlantiruvchi ishlarining mohiyati shundaki,
ular yordamida bolaning turli tum an bilish jarayonlari va
shaxsiy xususiyatlari rivojlanishiga ijobiy turtki beriladi, ular
takomillashtiriladi.
Psixolog ishining natijalari darhol namoyon bo‘lmaydi.
Shu tufayli ko‘pincha tarbiyachi va ota-onalarning hafsalasi
pir bo‘lib ketadi. Shuning uchun ota-ona va bog‘cha tarbiyachisi
ongiga shuni yetkazish kerakki, psixologning ishi o‘qitish emas,
balki rivojlantirish. Rivojlanish esa asta-sekin yuz beradi. Shu
sababli bolaning rivojlanish jarayoni sezilmay o ‘tadi.
M aktabgacha yoshdagi bolalar bilan o ‘tkaziladigan
rivojlantiruvchi ishlarning asosiy shakli o ‘yindir, chunki o ‘yin
ushbu davrdagi yetakchi faoliyat sifatida bolaning psixik
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ayni vaqtda bola
o‘yin davomida yangi bilimlami egallab boradi.
Dostları ilə paylaş: