Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish
uchun psixolog o ‘rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi.
Maktabga kelgach, psixologlar ko‘pincha amaliyotning ular
oldiga qo‘ygan muammolaridan dovdirab qoladilar.
Shunday
ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga
nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak.
Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib,
psixolog umumiy o ‘rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalami
bajarishi talab etiladi:
1. Bolalarning har bir yosh bosqichida
shaxs sifatida va
intellektual jihatdan to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda
o‘z-o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish.
2. H ar bir bolaga indivudual yondashuvni va uning
psixologik-pedagogik o‘rganilishini ta’minlash.
3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish
jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni
profilaktika qilish.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun
keladi. Lekin bu psixolog o ‘qituvchilar
bilan ishlamaydi,
degani emas.
Psixolog maktabda yengib o ‘tishi kerak bo‘lgan birinchi
to ‘siq — bu maktabning pedagogik jamoasiga qo‘shila olishdir.
Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga qo‘shilib keta
olmasa, o ‘z ishida muvaffaqiyatga erishishi juda qiyin ke-
chadi.
Bunga esa bir necha omil sabab bo‘ladi. K o‘pincha
o ‘qituvchilar psixologni bolalami qanday qilib tarbiyalashni,
qanday yashashni o ‘rgatuvchi inson sifatida ко‘rib, dastlabki
kezlardayoq unga nisbatan salbiy
tushunchani shakllantirib
oladilar. 0 ‘z -o ‘ziga ishonchi sust b o ‘lgan o ‘qituvchilar
psixologni go‘yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs
sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul
qiladilar. Bular esa psixologning mavjud sharoitga tez ko‘nikib,
maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi.
Buning oldini olish uchun psixolog o ‘qituvchilar
bilan
o ‘zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o ‘zini
30
bilag‘on qilib ko‘rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb
hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, o‘qituvchilar
psixologni ularga yordam bera
oladigan boshqa mutaxassis
sifatida qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog m a’muriyatga
ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmasligini, m o‘jizalar
ko‘rsatish uning qo‘lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.
0 ‘qituvchi bilan bo‘lgan suhbatda u yoki bu bolaning
muammosi psixologik muammo bo‘lmagani uchun u bo'yicha
hech narsa qila olmasligini tan olishdan qo‘rqmaslik kerak.
Dastlabki qadam larni q o ‘yishda o ta-o n alar bilan aloqa
o‘matish juda muhim. Dastlabki
aloqa ixtiyoriy xarakterda
bo‘lishi va o ‘zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga
oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlami
ajratishi lozim.
Demak, umumiy o ‘rta ta ’lim maktabida ishni bosh-
lashdan awal psixolog:
— o ‘zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati
bilan bo‘lgan munosabatlami to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi;
— o ‘z ishining asosiy maqsadi — bu bolaning optimal
rivojlanishini ta’minlash
ekanini doim yodda saqlashi;
— o czining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida
e’tibor bilan qarashi lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: