Z. T. M s h m o V a


«Mening kasbiy obrazim» mashqi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

«Mening kasbiy obrazim» mashqi. 
Maktab psixologi qanday 
bo‘lishi kerakligi haqida har birimizning shaxsiy tasawurimiz 
mavjud. Men sizga o‘z tasawuringiz bilan ishlashni taklif qilaman. 
Toza qog‘oz oling. Maktab psixologi bo‘lib ishlash mumkin 
bo‘lgan mutaxassisning ichki va tashqi obrazini tasvirlang:
— yosh va jinsdagi afzalliklami ko‘rsating (sizningcha);
— uning urinishi? Kiyinishi? Maktabda o‘qituvchilar, 
0
‘quvchilar va ota-onalar bilan o‘zini qanday tutadi?
— bu insonning xarakteri qanday?
— muloqotchan, kamgap, serharakat, o‘zini tutib olgan, 
qat’iy, yumshoq, prinsipial yoki yon bosuvchi;
— ishda qanday kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega? 
Maktabda nima ish qiladi? Birinchi navbatda nima bilan 
shug‘ullanadi?
— maktab psixologining yana qaysi shaxsiy va kasbiy 
xususiyatlarini ta’kidlagan bo‘lar edingiz?
Maktab psixologining hosil bo‘lgan «psixologik portretini» 
o ‘qib chiqing. Xayolomizda o ‘zingiz yaratgan psixologga 
o ‘xshashga harakat qiling. Sizda hammasi amalga oshadi, 
chunki o ‘z professional — psixolog idealingizni o ‘zingiz 
yaratdingiz. Siz yaratgan portretda sizning xarakteringiz va 
tashqi ko‘rinishingiz belgilari mavjud. Sizning kasbiy intilish- 
laringiz va maqsadlaringiz aks etgan. 0 ‘z ustingizda tinmay 
ishlang!
Kasbiy mahoratingizni oshirishga yordam beradigan 
mashqlami taklif etamiz.
«Ular kimni tanlashadi?» mashqi. 
Sizga maktab ama- 
liyotidan olingan 3 ta misol taklif etiladi. Bu yerda maktab 
psixologiga murojaat qilgan insonlaming so‘zlari va monologlari
43


keltirilgan. Agar tanlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, ular 
yuqorida tavsiflangan qaysi psixologni tanlashardi.
«— Men boshlang‘ich sinf o ‘qituvchisiman. Turmush o ‘r- 
tog‘im bilan kelishmovchilik paydo b o ig u n ch a, menda 
hammasi yaxshi edi. M ening doimo bolalar haqida qay- 
g‘urishimni, turmush o‘rtog‘im yoqtirmasdi. Ba’zan nima qi- 
lishni, maktabga borishni ham, uyda qolishni ham, umuman 
yashashni ham istamayman».
Bu ayol qaysi psixologni tanlagan bo‘lar edi (psixologik 
portret raqamini ko‘rsating)? U nima uchun aynan shu psi­
xologni tanlaganini tushuntirib bering? 0 ‘z fikringizni asoslang.
«— M ening ismim Sarvar, 7 «А» sinfda o ‘qiyman. 
0 ‘qituvchi meni yomon ko‘radi? Men Sardorga o‘girildim! 
Daftarim bilan Ozodani turtdim! Uy vazifalarini bajarmadim! 
Kundalik daftarimni uyda unutib qoldiribman. Sinfda hamma 
kundalik daftarini qoldirgan, u faqat mendan so‘raydi! Meni 
doimo ahmoq deb ataydi! Hammasi jonga tegdi! Darsga borgim 
kelmaydi».
Bu yigit o ‘z xohishiga ko‘ra qaysi psixologga boradi? (ixti- 
yoriy, sinf rahbarining ko‘rsatmasini kutmasdan) Sizningcha 
nima uchun? «Gulmira aqlli va juda chiroyli qiz! U hamma 
ishni bajara oladi: toza qilib supuradi, dazmol qiladi, darslarini 
qiladi. Ota-onasi so‘zini ikki qilmaydi.
0 ‘qituvchisi bo‘lsa, uni yoqtirmaydi! Turmushga chiq- 
magan o ‘qituvchi Gulmiraga yomon baholar qo‘yadi! Biz hatto 
turmush o ‘rtog‘im bilan direktorga ham bordik, nafi bo‘lmadi. 
Endi bunday davom etishi mumkin emas. Qizimni boshqa 
maktabga o‘tkazishga qaror qildik!».
Bu ota-onalar qaysi psixologni tanlaydilar?
Sizningcha, ular qaysi psixologga m aslahat uchun 
murojaat qilishsa, foydali bo‘lardi?
Siz nim a uchun shunday deb o ‘ylaysiz? Fikringizni 
asoslang.
Shunday qilib, psixologning o‘z kasbidagi mahorati, ishni 
boshlashda va keyin davom ettirishda eng asosiy muammo
44


hisoblanadi. Psixologning maktabdagi faoliyatining muvaf- 
faqiyati shaxsiy va kasbiy o‘zini aniqlashiga bog‘liq: kasbiy 
yordamning mahsuldorligi maktabda kasbiy obro‘ga ega 
bo‘lishga hamda o‘zining maktabga, o‘qituvchilarga, bolalarga, 
ota-onalarga kerakli ekanligini his qilishga bog‘liq.
Amaliy psixologning shaxsiy va kasbiy o ‘zini aniqlashi 
yillar davomida hayotiy va kasbiy tajribaning to‘planishi, o ‘z 
imkoniyatlarini sinab ko‘rish, ichki yetuklik va yutuqlar bilan 
quvonish, xato va kamchiliklardan o‘kinish hissi bilan amalga 
oshadi.
«Psixologiya qirq yoshlilarning kasbi!» — deb bejiz 
aytishmaydi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin