2.3. Psixologik kasbda qanday qilib
o‘z о ‘mini topish mumkin?
Psixologiya fakulteti talabalari
va endigina maktabga
kelgan psixologlarga ko‘p muhim savollar berishadi, bu sa-
vollarga bir xil javob berish mumkin emas.
Psixologiyada individual maslahat berish yoki guruhiy
treninglar o‘tkazish bilan shug‘ullanish yaxshimi?
— Ota-onalar o ‘qituvchi va o ‘quvchilar
bilan muloqotda
yumshoq bo‘lgani yaxshimi yoki qat’iy turgani yaxshimi?
— M enga ko‘proq qaysi psixotexnika to ‘g‘ri keladi:
«geshtaltterapiyami, psixodrammami yoki tana terapiyasimi?
— Qaysi yosh davri bilan shug‘ullanganim yaxshi: kichik
maktab o ‘quvchilari, o ‘smirlar, o ‘spirinlar?
— Qaysi muammoni tanlaganim yaxshi?
— 0 ‘zim bir necha m arta turm ushga chiqib, hozir
ajrashib, yolg‘iz yashayotgan bo‘lsam, oilaviy juftlarga maslahat
bera olamanmi?
— 0 ‘zimning bolalarim yo‘q bo‘la turib (bo‘lmasa ham
kerak), ota-onalarga farzandlar tarbiyasi bo‘yicha masiahatlar
bera olamanmi?
— Agar uyda turmush o ‘rtog‘im
bilan doimo urishib,
shaxsiy muammolami to ‘g‘ri hal qilishni bilmasdan turib,
o ‘qituvchi va o ‘quvchilar orasidagi nizolar bo'yicha mas-
lahatlar bera olamanmi?
— Sizda uyingizda, ishingizda hammasi joyidami?
Hozirgi vaqtda psixologlar kam bo‘lganligi uchun maktab
psixologi universal mutaxassis bo‘lishi va barcha ishlarni
bajara olishi kerak. Har bir psixolog o ‘zining
qobiliyatlari va
individual psixologik xususiyatlari negizida o ‘zini kasbiy va
shaxsiy aniqlashi, individual tanlash muammosini hal qilishi
mumkin.
Tabiat va taqdir har bir insonga
va har bir psixologga
yuz, tana, ovoz, ruh, aql, hissiyot, xarakter, kuch ato
qilganki, ularning bari har bir insonning «rang, tovush, ta’m
va hid»ini, uning psixoenergetik muhitini tashkil qiladi. Psixolog
48
foydali va muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘zini «qo‘l
ostidagi
ish quroliday» bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: