Agar siz to ‘g‘ri, kuchli, hukmron inson bo‘lsangiz, siz-
ga kuch ishlatish uslubi ko‘proq mos keladi. Siz har qanday
vaziyatda yengib chiqasiz, vaqtida o‘zingizni to‘xtatishni bilasiz.
Birinchidan, siz insonga ta’sir qilib, unga «psixologik zarba»
berishingiz mumkin. Ikkinchidan, muloqot bo‘yicha kuchli
suhbatdoshni uchratsangiz, siz yanada kuchli bo‘lishga harakat
qilasiz. Shuni ham ta’kidlash joizki, qattiq qo‘llik uslubi guruh
ishtirokchilarining ijodini pasaytiradi, o ‘zini k o ‘rsatish
erkinligini susaytiradi.
«Ish texnikasini tanlash haqida».
Ish texnikasini tanlash
haqidagi savol bir m uncha murakkab b o ‘lib, har qanday
psixoterapevtik texnikada o ‘z uslubini aniqlash mumkin va
o ‘z kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlarini ifodalash mumkin.
0 ‘z ish uslubini tanlash haqida gap ketganda, ikki omilni
hisobga olish darkor. Birinchidan, g‘arb psixoterapevtik uslublari
bizda endi tarqala boshladi, shuning uchun u yoki bu
yo‘nalishdagi am aliyotchi psixologlarning yuqori kasbiy
mahorati haqida gapirish erta.
Ikkinchidan, psixopraktika shunchalik ko‘p qirrali va har
xilki yosh psixoterapevt mijozning m uam m olaridan kelib
chiqib, har xil uslublami birgalikda qo‘llaydi.
0 ‘z ishida psixotahlilni yoqtiradigan psixologlar transakt
tahlil bo‘yicha unchalik yaxshi ishlamaydi, psixodrammaga
qiziqadiganlar m uloqot treningi guruhlarini z o ‘r-b azo ‘r
o ‘tkazadilar. Urinib ko‘rish va xato orqali «o‘z uslubini» topish
mumkin. 0 ‘zingizni kuchli va bo‘sh jihatlaringizni o ‘rganing,
imkoni bo‘lsa, psixologik seminarlarga qatnashing, «bu meniki»
deb his qiladigan vaqt keldi.
Dostları ilə paylaş: