Psixolog o‘zining ichki psixologik yoshiga mos bolalar
bilan muloqot qilishga intiladi. Psixologiyada insonning haqiqiy
yoshi (pasport yoshi) va psixologik yosh farqlanadi. Insondagi
bu ikki yosh ko‘pincha bir-biriga mos kelmaydi.
«— Men 16 yoshman «Ruh haqidagi fanda»
yosh hissi
tushunchasi meni doim hayron qoldiradi, Men ko‘pincha
yoshimni esdan chiqarib qo‘yaman, bu savolga javob berish
uchun doimo bu yil nechanchi yil ekanligini so‘rayman, o ‘zim
tug‘ilgan yilni eslayman va arifm etik hisoblashlar bilan
shug‘ullanaman.
Sizning yoshingiz nechada?»
A. Kronik (35 — 40yoshlardan oshgan)
i
A. Kronik va uning xodimlari 21 dan 44 yoshgacha bo‘lgan
83 nafar insonlar bilan maxsus tadqiqot o‘tkazdilar. So‘rovda
qatnashganlaming taxminan 55 % o‘zlarini
yosh deb, 20
%
o ‘zlarini katta deb hisobladilar, faqat 25% esa o ‘z yoshini
pasport yoshi bilan bir xil ko‘rsatdilar.
Sizning psixologik yoshingiz nechada? Uni «psixologik
yosh» testi yordam ida aniqlashga urinib ko‘ring. Ushbu
metodika o ‘z hayotiy imkoniyatingizni qanchalik to ‘liq amalga
oshirganingizni baholaydi.
«Psixologik yosh» testi.
0 ‘tm ish, hozirgi, kelajak,
hayotingizni tasawur qiling.
Qaysi yili tug‘ildingiz?
Necha yoshgacha yashamoqchisiz?
(haqiqiy baho berishga
harakat qiling).
1- jadval yordamida hayotingizdagi
har besh yilga baho
bering, bunda sog‘ligingiz: muhim jamoat topshiriqlari, yaqin
kishilar, do‘stlar bilan muloqot, shaxsiy va kasbiy faoliyat
bilan baholanadi. Har besh yil 10 balli sistemada baholanadi:
10 ball — maksimal baho:
1- minimal baho.
Esingizda tuting, har besh yil faqat bir
baho b ilan b a h o la n ish i m um kin, unga «+» belgisini
qo‘yishingiz mumkin, masalan:
52
2 1 — 25 yoshlar orasidagi besh yillik 6
ball bilan baho-
lanadi, deylik. Gorizontal chiziq bo‘yicha «21 — 25» orasiga
hamda vertikal bo‘yicha 6 chiziq orasiga «+» belgisini qo‘yasiz.
Agar siz jadvalni to ‘ldirgan bo‘lsangiz hisoblab chiqing.
1. 04m ish va kelajakdagi besh yilliklar bo‘yicha umumiy
ballni toping.
2. 04m ishdagi besh yilliklar uchun necha ball qo‘y-
ganingizni hisoblang.
— Agar siz 30 yoshda bo‘lsangiz «1 — 5» dan to «26 — '
30» gacha bo‘lgan besh yilliklami hisoblash kerak.
— Agar siz 31 yoshda bo‘lsangiz «1 — 5» dan «26 — 30»
gacha bo‘lgan 5 yilliklami oling. «31 — 35» oraliqdagi 5 yillikdan
qo‘ygan ballingizning 1/5 qismini oling.
— Agar siz 32 yoshda b o ‘lsangiz «31 — 35» orasidagi
5 yillikdan qo‘ygan ballning 2/5 qismini oling va h.k.
3. 0 ‘tmishdagi 5 yilliklarda olgan ballingizni barcha besh
yilliklarda kelajakdagi ham qo‘shgandagi ballga bo‘ling.
Olingan
natija — hayotning ro‘yobga chiqish ko‘rsatkichi hisoblanadi (uni
foizlarda tasawur qilish qulay).
Masalan, men 42 yoshdaman. 0 ‘tmishdagi besh yillik-
larga qo‘ygan ball 56,6 ni tashkil qildi, barcha besh yilliklar
bo‘yicha umumiy ball 108 ga teng. Hayotimning ro‘yobga
chiqarish ko‘rsatkichi 0,524 ga yoki 52,4 foizga teng.
Hozirgi
vaqtgacha o ‘z imkoniyatlarimning yarmisidan sal ko‘pini
ro‘yobga chiqaribman.
4. Psixologik yoshni bilish uchun hayotni ro ‘yobga
chiqarish ko‘rsatkichiga siz kelajakda yashamoqchi b o ‘lgan
yoshni k o ‘paytiriladi. H osil b o ‘lgan son sizning ruhiy
yoshingiz hisoblanadi.
Masalan, hayotni ro‘yobga chiqarish ko‘rsatkichi 0,691
ga teng. Inson 80 yoshgacha yashashni rejalashtirgan. Uning
pisixologik yoshi 55 ga teng.
Albatta, hayotdagi fakt va hodisalar amaliy psixolo
giyadagi voqea va hodisalar bilan bir chiziq orqali bog‘-
lanmagan.
53
Agar sizning psixologik yoshingiz 55 yosh bo‘lib, pasport
yoshingiz 37 da bo‘lsa, sizning tinglovchi va mijozlaringiz 55
yoshlardagi buvilar, ota-onalar va o‘qituvchilardir. 55 psixologik
yoshda bo‘la turib, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga
intilishingiz, ularga g‘amxo‘rlik qilish va qo‘llab quwatlash
ehtiyojini amalga oshirishingiz mumkin.
Shu bilan birga yuqori
sinf o ‘quvchilari bilan suhbatga shoshilsangiz ham bo‘ladi,
chunki shaxsiy hayotiy tajribangizni ular bilan o ‘rtoqlashishni
chin dildan xohlaysiz (1- jadvalga qarang).
Dostları ilə paylaş: