Psixolog, sizning hayotingizda hammasi joyidami? Maktab
psixologlari, umuman amaliy sohadagi ishlaydigan psixo-
loglarga atrofdagilar boshqacha munosabatda bo‘ladilar. Men
oramizda nima bo‘layotganiga tushunmayman? «Siz psixo-
logsiz-ku, hammasini tushunishingiz va tushimtirishingiz
kerak»,— deyishadi.
Yuqori sinfda o ‘qiydigan qizi onasiga: «Oyi, siz nimadir
qiling, psixologsiz-ku», deydi.
Maslahatga kelgan mijoz: «Siz psixologsiz, biz birga
yashashimiz yoki yashamasligimizni, o‘zingiz hal qiling», deydi.
Psixologlar ko‘pincha boshqalarga oilaviy nizolar bo‘yicha
maslahat berishadi-yu, lekin b a’zan o ‘zlarining oilalarida
hammasi joyida bo‘lmasligi ham mumkin. Bunga ko‘pincha
ularning oila psixologiyasi bo‘yicha hamma narsani bilganliklari
tufayli, oilada haddan tashqari yumshoq boMishlari ham sabab
bo‘lishi mumkin. Ishda professional psixolog bo‘lib, uyda bo‘Isa
professional rolni chetga qo‘yib, xuddi ish kiyimingizni yechib,
uy xalati kiyganday, o‘zimizni erkin tabiiy his qilishimiz zarur.
Oilada er-xotinlar orasida sovuqlik nima uchun tushganligi
noma’lum bo‘lganda, oilaviy o ‘zaro munosabatlar amaliyotida
foydalanish mumkin bo‘lgan bir necha o‘yinlar mavjud.
«Men sizga yoqamanmi?» o‘yini. Er va xotin, qaysi birlari
psixolog b o ‘lishlaridan q a’iy nazar oralaridan iliq hissiy
munosabat yo‘qolayotganda, bir-birlariga tushuntirish o‘rniga
ana shu o ‘yinni o‘ynashlari mumkin.
Har bir oila a’zosi ikkitadan toza qog‘oz tayyorlaydilar.
Ular alohida o ‘tirib, keyin birga muhokama qilish uchun o‘z
materiallarini tayyorlaydilar. Birinchi qog‘ozga er-xotin bir-
birining rasmini chizadi. Hech qanday cheklanishlarga amal
qilmasdan, erkin chizishi mumkin. Yaqin kishisining rasmini
realizm uslubida, yoki nimagadir o‘xshatib chizish mumkin.
Rasmni rangli qilib chizing. Rasmda turmush o‘rtog‘ingizni
qanday tasawur qilsangiz, shunday chizishga harakat qiling.
Ikkinchi qog‘ozga ikki qatorga 10 tadan gap yozasiz. Birinchi
qatorda «Hozir menga sizning nimangiz yoqmaydi?»,— deb
sarlavha qo‘yasiz va 10 ta xislat nima uchun yoqmasligini
tushuntirib yozasiz. Qog‘ozning ikkinchi qatoriga: «Hozir sizning
58
nimangiz yoqadi?» deb sarlavha qo‘yasiz va o‘rtog‘ingizning