Z. T. M s h m o V a


II BOB. AMALIY PSIXOLOG - MAKTABDA



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

II BOB. AMALIY PSIXOLOG - MAKTABDA
2.1. Maktabga qanday psixolog kerak?
— N a za riy psixologiyadan a m a liy psixologiyagacha b ir qad am ,
lekin uni am alga oshirish ju d a qiyin.
(Ikki nazariy psixologlaming suhbatidan).
Haqiqatdan ham maktabga qanday psixolog kerak? Qi- 
ziq savol. «Har xil» psixologlar mavjudmi?
Ha albatta! Har xil kasblar, ularga mos har xil psixologlar 
mavjud. Maktabda o ‘zlarini psixolog deb hisoblaydigan shaxslar 
oldiga borganingizda, har xil insonlarni uchratasiz. Sizning 
ko‘z oldingizda kam gap, hech kimga qo‘shilmaydigan, uncha
35


o‘ziga tortmaydigan inson namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bilan 
birga, ham m a bilan chiqishib ketadigan, xushchaqchaq, 
sergap, chiroyli inson gavdalanishi ham mumkin. Natijada siz 
har xil kutilmagan taassurotlar olasiz.
Biroq shu narsa qiziqki, barcha insonlar turlicha kasbga, 
bilimga va kasbiy xulq-atvorlariga ega boisalar-da, o ‘zlarini 
psixolog deb sanaydilar. Ba’zan «Qancha insonlar mavjud 
bo‘lsa, shuncha psixologlar mavjud», — degan gapni eshitib 
qolamiz. Biroq psixologiya — mualliflik kasbi bo‘lib, unda 
insonning indivudualligi, ichki ruhiy dunyosini bilish qobiliyati 
namoyon boMadi.
Bulardan tashqari, har bir psixologning individual kasbiy 
stilistika muammosi mavjud. U qanday mavzuni tanlaydi? 
Kasbidagi uning qiziqishlari qanday? Umuman, u nima uchun 
psixologiyaga kelgan? U nima bilan shug‘ullanishni istaydi? 
Ishida qanday usulni afzal ko‘radi? Qaysi yoshdagi mijozlar 
bilan ishlash afzal?
Har xil psixologlarning ishdagi farqi, ularning shaxsiy 
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib qolmay, «psixologiya» deb 
nomlangan umumiy kasbiy sohadagi: 
nazariy psixologiya,
eksperimental psixologiya, amaliy psixologiya va psixokorreksiya
kabi kasblar bilan ham bog‘liqdir.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin