Z. T. M s h m o V a



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

Nazariy psixologiyada 
amaliy psixologiya bilan bog‘liq 
bo‘lmagan fikrlar kurashi davom etadi: eski nazariyalaming 
barbod bo‘lishi va yangilarining shakllanishi, g‘oyalar, ilmiy 
maktablar va yo‘nalishlarning bir-biriga qarshi chiqishi, tafak- 
kuming yangi usullari va mantiqning vujudga kelishi, taraq- 
qiyotning eski qonunlari ochilishi. Nazariy psixologiyada inson 
psixikasi anotomik kesimlarda o ‘rganiladi, ya’ni psixologik 
ko‘rinishining jarayonlari, funksiyalari turlari sifatida o ‘r- 
ganiladi.
Nazariy psixologiya maktab amaliyoti ehtiyojlarini qon- 
dirishga bevosita xizmat qilmasa-da, u jamiyatga shuning 
uchun kerakki, unda inson tafakkuri kuchlarining o‘ziga xos 
o‘yini sodir bo‘ladi. Nazariy psixologiya maktabga to‘g‘ridan- 
to ‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmasa-da, «maktab g‘oyalari»ning shaklla-
36


nishiga ta’sir etadi: o'quvchiga munosabat, ta’lim va tarbiya 
konsepsiyalarini ishlab chiqish, maktabning boshqa jamoat 
tashkilotlari bilan hamkorligi maktab ta’limi rivojlanadigan 
yo‘nalish bo‘yicha jamiyatning diniy va milliy qadriyatlar 
tizimini ishlab chiqish.
Experimental psixologiya 
akademik institutlarda ko‘proq 
insonning ruhiy hayoti haqidagi fikrlami yig‘ish va umum- 
lashtirishga yo‘nalgan. Umuman, eksperimental psixologiyadagi 
faktlami yig‘ish faqat amaliy ehtiyojlar uchungina emas, balki 
nazariy psixologiyaning rivojlanishi uchun ham xizmat qiladi. 
Eksperimental psixologiya hayot va amaliyotdan uzoq bo‘lgan 
laborotoriya sharoitida o ‘rganiladi va nazariy g‘oyalarni 
tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Nazariy va eksperimental psixo­
logiyada amaliyotdan uzoq bo‘lgan, fanga qiziqqan, aqli va 
xarakteri o‘ziga xos bo‘lgan insonlar ishlaydi.
Amaliy psixologiya 
bo‘lsa inson mehnat faoliyatining har 
xil sohalariga xizmat qiladi, jumladan tibbiyot psixologiyasi, 
pedagogik psixologiya, biznes psixologiyasi va hokazo. Amaliy 
psixologiyaning har bir yo‘nalishida o ‘ziga xos usullari 
mavjud. U yoki bu mehnat turida ish olib boruvchi psixolog 
uning o ‘ziga xosligi va atamalari bilan tanish bo‘lishi kerak. 
Masalan, pedagogik psixologiya sohasida ishlaydigan psixolog 
maktab o ‘qituvchisi mehnatidan chuqur xabardor bo‘lishi, 
qiyinchiliklari va muammolarini bilishi, maktab hayotini, 
o ‘quvchilarni yaxshi bilishi zarur. Amaliy psixologning mu- 
vaffaqiyatli ish olib borishida pedagogik jamoaga qo‘shila olishi 
va u lar to m o n id an ijobiy qabul qilinishi m uhim omil 
hisoblanadi.
Psixologiyadagi psixopraktika yo‘nalishi hayotimizda har 
doim mavjud bo‘lgan, so‘nggi vaqtlarda bu yo‘nalishga qiziqish 
ortdi. Bu insonning ruhiy holatini boshqarishga, uning ruhiy 
kuchlarini takomillashtirishga va rivojlantirishga psixotexnik 
mashqlar tizimi bilan bog‘liq. Respublikamizda sharq psixo- 
praktikasi hamda g'arbda yaratilgan va moslashtirilgan psixo- 
terapevtik dasturlar (geshtaltterapiya, psixodramma, transakt 
tahlili, neyrolingvistik dasturlash va boshqalar) keng tarqalgan.
37


Psixopraktika har bir turining asosida inson hayotiga yaqin 
bo‘lgan holat ma’lum konseptual tamoyillar tizimi yotadi va 
ular muallifning shaxslararo munosabati va hayotni kuzatishlari 
asosida sodda shaklda bayon etiladi.
Asosiy muammo bo‘lmish «Maktabga qanday psixologiya 
kerak?» degan savolga to‘xtalamiz. Psixolog maktabga ko‘proq 
foyda keltirishi va murakkab, hayotiy vaziyatlarda o‘qituvchilar, 
o‘quvchilar va ota-onalarga yordam bera olishi uchun qanday 
kasbiy pozitsiyani egallashi kerak?
Bu haqda birgalikda o ‘ylab ko‘ramiz. Tasawur qiling, 
maktabga nazariyotchi, akademik psixolog yoki tadqiqotchi 
psixolog keldi. Qanday holat yuz beradi? Nazariyotchi psixolog 
t a ’lim va tarbiyaning m avhum , nazariyaga asoslangan 
konsepsiyasini yaratadi, maktabda seminarlar tashkil qiladi, 
har bir o ‘qituvchiga o‘qib chiqish uchun ilmiy adabiyotlaming 
uzun ro‘yxatini tavsiya etadi, pedagogik jamoaga murakkab 
nazariy m a’ruzalar o ‘qiydi. K o‘p o ‘tm asdan nazariyotchi 
psixolog «oliy psixologiya»ga befarq bo‘lganligidan o ‘qituv- 
chilardan xafa bo‘ladi, o ‘qituvchilar bo‘Isa sekin asta psixolog 
bilan muloqotdan qocha boshlaydi, chunki ular bu «oliy psi­
xologiya» o ‘qituvchi mehnatiga tegishli emasligini tushunadilar. 
Nazariyotchi psixologning maktabni kichik psixologiya institutiga 
aylantirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
0 ‘qituvchilar maktabga psixologiya kerak emas, degan 
xulosaga keladilar. Psixologlar bo‘Isa psixologik g'oyalami taig‘ib 
qilishga hali maktab tayyor emas, degan xulosa chiqaradilar.
Bu vaziyatda nazariy psixologiya va maktab o ‘rtasida 
bog‘lanish bo‘ladi. Boshqa vaziyatni qarab chiqamiz.
Maktabga psixolog ishlash uchun keldi. U o‘zining «ish- 
chi muammosini» tanlaydi, tadqiqot obyektini aniqlaydi, 
tajriba qiladi, murakkab diagnostik metodikalami va boshqa 
metodikalarini qo‘llaydi, eksperimental material yig‘adi, ulami 
qayta ishlaydi va jumalga maqola yozadi. Ko‘pincha o‘quvchilar 
va 
0
‘qituvchilar ishtirok etgan tatqiqot ishlari haqida m a’lumot 
berilmaydi. Agar psixolog tadqiqot natijalari bo‘yicha maktabda 
m a’ruza qilsa-da, ko‘proq «taraqqiyot darajalari, tadqiqot
38


metodlari», «korreksion bog‘lanishlar» haqida to ‘xtalib o‘tadi. 
Bunday tahlilda o‘qituvchilar o ‘zlari haqida hech narsa bilib 
olmaydilar.
Psixolog o ‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan shaxsiy aloqa 
o ‘rnatmaydi. Natijada o ‘quvchilar va o ‘qituvchilar turli tadqi- 
qotlarda ishtirok etishdan qocha boshlaydilar, chunki ular 
bularning bari o ‘quvchilarga yoki maktab m a’muriyatiga 
kerakligini tushunadilar. Ular: «Biz inson sifatida psixologga 
kerak emasmiz. Biz unga faqat tajriba o ‘tkazish uchun k@- 
rakmiz»,— deya boshlaydilar. Keyin nima bo‘lishi mumkin? 
Oxirida psixolog bu maktabdan ketadi, eksperiment o ‘tka- 
zishga qulayroq boshqa maktabni izlaydi: uning faoliyati 
kengayib boradi, maktablar bo‘yicha qiyosiy tahlil qilish 
uchun imkoniyatlar kengayadi.Maktabga qanday psixolog 
kerakligi haqidagi savol hamon ochiq qolmoqda. Eksperi­
mental psixologiya ham, sof nazariy psixologiya ham mak­
tabga kerak emas.
Qanday psixologiya maktabda «yashab» ketadi? Qanday 
psixologiyani maktab o ‘zining yaxshi yordamchisi sifatida 
quloch ochib kutib oladi?
Maktabga pedagogik professional sohaga xizmat qiladigan 
amaliy psixologiya yo‘nalishi hisoblanmish, amaliy pedagogik 
psixologiya kerak. Psixologiya tavsiyalari, yordami, qoilab- 
quvatlashi bilan o ‘qituvchilar va o‘quvchilaming hayotiga to‘liq 
kirib borishi kerak. Sinflaming bo‘linishi, dars jadvalini tuzish, 
o ‘quvchilarga individual yondashuv, ta’lim, o ‘quvchi va o ‘qi- 
tuvchilaming shaxsiy muloqoti, bolalarning qobiliyatlarini 
baholash, korreksion ishlar, maktabdagi nizolar va ularni 
boshqarish, ota-onalar bilan suhbat va boshqa ko‘pgina sa- 
vollami psixolog hal qilishi lozim. Bulardan tashqari
0
‘qi- 
tuvchi mehnatining juda og‘irligi va o‘quvchilarda m a’lum 
his-tuyg‘ularning mavjudligi sababli maktabda psixoprak- 
tikaning u yoki bu texnikasi — o ‘qituvchilar va o‘quvchilaming 
ish qobiliyatini oshirishi uchun, reaksiya (charchoq va 
qo‘rqinch holatlarini yo‘qotish) mashqlarini qo‘llash darkor.
39


Maktab psixologi — bu o‘qituvchilar bilan chiqisha ola- 
digan, pedagogik jamoa tomonidan tan olingan, ota-onalar 
va o‘quvchilar orasida kasbiy obro‘ga ega bo'lgan psixolog 
amaliyotchidir. Unga maktab hayoti yaqin va tushunarli, u 
ko‘pgina psixologik-pedagogik jamoalar bilan shug‘ullanishga, 
psixodiagnostik va psixokorreksion ish usullarini egallashga 
tayyor. Boshqacha aytganda, maktab psixologi bu har 
tomonlama etuk va bilimli inson.
Agar psixolog nazariyotchi — psixologlaming semi- 
narlariga doimo qatnashib, turli xil psixologik assotsiatsiyalarga 
a’zo bo‘lsa, bulaming bari uning mutaxassis sifatida o'sishiga, 
maktab hayotidagi odatiy faktlarga yangicha qarashning shakl- 
lanishiga olib keladi. Maktab psixologi nashr qilingan ishlami 
o ‘qib, eksperimental tadqiqot natijalari bilan qiziqib tanishishi 
mumkin. Maktab amaliyotiga yaqin faktlarni bilish dunyo- 
qarashni kengaytiradi, maktabdagi ishlami va o ‘z muvaffa- 
qiyatlarini to‘g‘ri baholash imkoniyatini beradi.
Shunday qilib, psixologiya maktabga kerak. Qanday psi­
xologiya degan savol tug‘iladi? Turli psixologiya sohalaridan 
maktabda amaliy psixologiya va psixopraktika ko‘proq kerak. 
Nazariy va eksperimental psixologiya maktabga emas, maktab 
psixologiga mutaxassis sifatida o‘sishi uchun kerak.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin