Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 360,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü360,87 Kb.
#185396
1   2   3   4   5   6   7
akademik litsey kasb-hunar kollejlari informatika fanlarining maqsadi mazmuni uzviyligi va uzluksizligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi maqsadi va mazmuni 
O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunini modernizatsiyalash strategiyasi 
ta'lim mazmunini quyidagilar asosida belgilashni talab qilmoqda: 
1. O`quvchilarga taqdim qilinadigan yangi bilimlarni, ta'lim mazmunida 
muhim o`rin tutmagan ikkinchi darajali bo`lgan tushunchalarni o`quv dasturlari 
mazmuniga kiritishga yo’l qo`ymaslik, o`zaro bir-birini takrorlaydigan 
tushunchalarni va o`quv materiallarini dastur hamda darsliklarda uyg’un tarzda 
ifodalash, o`quv rejasida o`quv yuklamasini ratsional ifodalashga erishish. 
Barcha o`quv predmetlari mazmuniga kiritilgan bilim va tushunchalar, 
o’quvchi ning maktabdan keyingi xayoti va ish faoliyatida kerak bo’lishi, 
yaroqliligini ta'minlashga erishish, buning uchun pedagogik prognosgikaning 
imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim tizimi 
uchun tuziladigan yangi o`quv dasturlari DTS talablariga mos bo`lishi, shu bilan 
bir qatorda o`quvchilarning salomatligini muxofaza qilish maqsadida o`quvchini 
mantiqiy mushoxada qilishga undovchi o`quv topshiriqlari va o`quv materiallarini 
belgilab berishga asos bo’lishi kerak. O`quv dasturining kirish qismida o’rta 
maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunini belgilashga asos bo`la oladigan nazariy 
didaktik qarashlar, yondashuvlar, mezonlar, o`quv jarayonida qo`llaniladigan 
texnologiyalar bayonidan iborat bo`lishi kerak. Bunda o`quvchilarga muayyan 
o`quv fanidan taqdim etiladigan muayyan nazariy bilimlar mavzular shaklida 
bayon qilinadi. Turli yo`nalishdagi amaliy topshiriqlar hamda interfaol ish turlarini 
kengaytirishga imkon yaratish zaruriyati vujudga kelmoqda. Shuningdek, o`quv 
qo`llanmalari tarkibida beriladigan ta'limiy materiallar, savol va topshiriqlar, 
mustaqil ishlar, uy vazifalari, o`quvchining individual bilim olishi, voqea-
xodisalarni taxlil qilishi, egallagan bilimlarini amalda qo`llashi uchun qulay 
bo`lishi kerak. Mustaqil ta'lim olish va ma'lumotlarni taxlil qilib amaliy 
ko`nikmalarini shakllantiruvchi topshiriqlar ko`lamini kengaytirish orqali ta'lim 
mazmunini maqsadga muvofiq tarzda belgilash imkoniyati vujudga keladi. Bu esa 
dars jarayonida o`quvchilarning mustaqil faoliyat ko`rsatishlariga imkoniyat 
yaratadi. Ularning individualliklarini ta'minlaydi. O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim 


muassasalari o`quv dasturlarini o`quvchini pedagogik qo`llab-quvvatlash nuqtai 
nazaridan yondashgan xolda yaratish imkonini beradi. Ta'limning nisbatan yuqori 
bosqichlarida o`quv rejasida ta'lim mazmunini integrallashtirish orqali o`quv 
yuklamalari xajmi qisqartiriladi. Bunda mustaqil ishlar, jumladan, referatlar 
yozish, loyixalashtirish, izlanuvchanlik va tadqiqotchilik faoliyatiga ko`proq vaqt 
ajratish nazarda tutilishi kerak. 
O’rta maxsus kasb-hunar ta'limning barcha o`rinlarida izchil ravishda ta'lim 
mazmunini yangilashga erishish zarur. 
Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, ta'lim mazmunini yangilash deganda 
ta'limning amaldagi mazmunidan voz kechish, degan fikr tushunilmasligi kerak. 
Ta'lim mazmuni birinchn navbatda fan-texnika, ishlab chiqarish hamda jamiyat 
xayotining ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy o`zgarishlarini o`zida ifodalay olishi kerak. 
Shundagina ta'lim o`quvchi shaxsiga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb etishi 
kerak. 
Ta'lim jarayoni yakunida ko`zda tutilgan natijalarga erishish uchun 
quyidagilarni 
amalga 
oshirish 
lozim: 
o`quv 
rejasida 
ortiqcha 
o`quv 
yuklamalarining miqdorini kamaytirish, ya'ni takror va adekvat o`quv 
materiallarini integrallashtirishga erishish. 
Bugungi kunda ta'lim mazmunini unda mavjud bo’lgan va o`quvchilarning ijtimoiy 
tajribasiga kirmay qolayotgan o`quv materiallarini ekstensiv tarzda chiqarish yo’li 
bilai ta'lim mazmunini yangilab bo’lmaydi. Ta'lim mazmuni birinchi navbatda 
ilmiy-nazariy jixatdan asoslangan xolda yangi modellarni joriy etish orqali 
yangilanadi. Bunda amaldagi ta'lim jarayonining chuqur ilmiy taxliliga tayanish 
talab etiladi. Mazkur o`rinda o`quvchilar salomatligini saqlash nuqtai nazaridan 
yondashgan xolda o`quv materiallarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Bunda 
birinchi navbatda o`quv yuklamasi xajmini minimum darajada cheklash maqsadga 
muvofiqdir. Shuningdek, bu amaldagi ta'lim mazmunida mavjud bo’lgan, lekin 
o`quvchining ijtimoiy tajribasiga kirmay qolayotgan bilim va tushunchalardan 
xalos bo’lishni taqozo etadi. Ya'ni: 


— ko`prok yuqori darajada umumlashtirish uchun tayanch bo’ladigan bilimlarning 
uzoq muddatda o`zlashtirilish; 
— faqat ma'lum bir ixtisoslikdagi kasbiy ta'lim uchun ahamiyatli bo`lgan bilim va 
ko`nikmalarning barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishi kabi xolatlarni 
ko`zda tutib ta'lim mazmunini belgilash tendentsiyasida voz kechish kerak. 
Yuqorida ko`rsatilgan natijalarga erishishning muxim shartlaridan biri 
shaxsga yo’naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishdan iborat. Buning uchun 
o`quv-biluv jarayonida o`quvchining faolligini ta'minlash zarur. Shu bilan birga 
o`quvchining tanlash imkoniyatlari va unda mujassamlashgan qobiliyatlar 
shakllanishini jadallashtirish lozim. 
Ko`rinib turibdiki, amaldagi o’rta maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunidagi 
asosiy kamchiliklardan biri bu nafaqat ortiqcha o`quv yuklamasining mavjudligi, 
balki uning o`quvchi shaxsiga yo`naltirilmaganligida ham namoyon bo`ladi.
Ta'lim mazmunining shaxsga yo’naltirilganligini ta'minlovchi yo`nalishlarini 
kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta'lim mazmunini yangilash strategiyasi o`qitish samaradorligini 
oshirish nuqtai nazaridan yondashgan xolda belgilanadi. O`quv jarayoni 
samaradorligi esa ta'lim natijalarining sifat ko`rsatkichlari bilan kafolatlanadi,
Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, yangilangan ta'lim modeli imkon qadar ko`prok 
o`quvchining ijtimoiy tajribasiga kirishi lozim. Shuning uchun ham ta'lim 
mazmunining muntazam boyitilib, modernizatsiyalashtirilib borilishi o`quvchilar 
o`quv faoliyatinnng yuqori darajadagi motivatsiyasi shakllanishiga yordam berishi 
kerak. Bunda o`quvchilarning o`quv faoliyati natijasini baxolash tizimi, asosan, 
rasmiy, ijodiy, intellektual xarakterdagi o`quv materialining o`zlashtirnlishini 
ko`zda tutadi. 
Rivojlaitiruvchi ta'lim xar bir o`quvchining imkoniyatini xisobga olgan 
xolda o`qitish jarayoni bo`lib, unda o`quvchini xar tomonlama rivojlantirish 
maqsad qilib qo’yiladi. Rivojlantiruvchi ta'lim tizimida bilim, ko`nikma va
malakalar o`quvchining rivojlanganlik darajasini belgilovchi natijalar bo`lib 
xisoblanadi. Ta'lim jarayonini individuallashtirish bilan bog`liq bo`lgan qarashlar 


o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos rivojlanish darajasi shuningdek o’rta 
maxsus kasb-hunar ta'limning turli bo’g`inlarida o`quv jarayonining o`ziga
xos xususiyaglarini ifodalovchi savollarga javob izlashni taqozo etaladi.
Ta'lim jarayoni jamiyat xayotining ustuvor yo’nalishi bo`lib, u yosh
avlodni shakllantirish va muntazam rivojlantirshp bilan bog`liq bo’lgan bir 
qator muxim vazifalarni bajarishga yo’naltirilgandir. Mazkur o`quv vositalari, 
ya'ni darslik, o`quv qo`llanmalari, lug`atlar, o`quv adabiyotlari yordamida 
o`quvchilarga izchil tizimga solingan xolda yetkaziladi.
Bugungi kunda ta'lim jarayoni oldiga qo`yilgan talablardan biri yetuk shaxs, 
ijtimoiy bilimdonlik darajasiga ega bo’lgan yoshlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu 
yoshlar istiqbolda malakali mutaxassis bo’lishi, mikrosotsiumda o`ziga munosib 
o’rin topishit uchun, birinchi navbatda munosib xayot tayyorgarligi, bilim va 
ma'naviyatta ega bo’lishlari talab etiladi. 
Kelajakda o`quv yuklamalarini maqsadga muvofiq tarzda belgilashda 
quyidagilar xisobga olinishi kerak: 
1. Ta'lim mazmuni yangi modelining tarkibiy qismlarini aniqlashda o`quv 
materiallarini integratsiyalash yo’lidan borish lozim. Bunda integral tarzda 
ifodalangan tushunchalar xisobiga u yoki bu o`quv fani buyicha taqdim etiladigan 
o`quv yuklamasining miqdorini asosli ravishda cheklash mumkin.
3. 
O`quvchilarning 
loyixachilik 
ko`nikmalarini, 
ijodkorlik 
faoliyatini 
shakllantirishda, asosan ta'lim mazmuni o`quv-biluv jarayonining ko`p 
faoliyatlilikka asoslanganligi muxim ahamiyatga ega. Xar bir o`quv fani 
mazmunida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko`nikmalar uyrunligini 
ta'minlash lozim. O`quvchilarni ta'lim mazmuni vositasida akliy rivojlanish, 
ularning individual faoliyat ko`rsatishlarini ta'minlashga xizmat qiladigan o`quv 
materiallarini tanlash imkoniyati ta'minlanishi kerak. 
4. Ta'lim mazmunida fanlararo aloqadorlikni tanlash o`quvchilarning moddiy 
borliqni yaxlit tasavvur etishlari uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Ta'lim 
mazmunida o`quvchini rivojlantirishga xizmat qiladigan axborotlarni taqdim etish 
natijasida qo`yidagi pedagogik imkoniyatlar vujudga keladi: 


— ta'lim mazmunining yaxlit model sifatida namoyon bo’lishi; 
— ta'lim mazmunining axborotliligi ta'minlanishi; 
— ta'lim mazmunida amaliy natijalarning yaqqol ifodalanishi; 
— ta'lim mazmunidan murakkab nazariy tushunchalarning tez ajratib olinishi; 
— o`quvchi o`zlashtirishi zarur bo’lgan bilimlar yig`indisining yaxlit ifodalanishi. 
Ma'lumki, O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim tug`risida»gi qonunida 
ilmiylik tamoyili bilan birga ta'limni insonparvarlashtirish tamoyili hamda uning 
axloqiy yo`nalishlarini kuchaytirish masalalari ko`tarilgan. Bunda ta'limni 
insonparvarlashtirish tamoyili jamiyat rivojlanishining hozirgi boskichi vazifalari 
va xususiya'glariga moe keladigan darajada bo’lishi nazarda to`tilgach Istiqbolda 
ilmiy-texnik taraqqiyotni ta'minlash uchun tabiiy - ilmiy bilimlar, texnik va 
texnologik mahorat bilan bir qatorda ijtimoiy bilimdonlik, tolerantlik, xuquqiy 
madaniyat, ishbilarmondik, rakobatbardoshlilik nixoyatda zarurdir. Shu nuqtai 
nazardan olib karalganda, bilimdonlik va insonparvarlikka qullash tamoyili ta'lim-
tarbiyaning yagona vazifalaridan biri bo`lib xisoblanadi. Ta'lim mazmunini 
belgilashda mazkur tamoyilning qullanilishi ta'lim-tarbiya element-larining yuzaki 
aloqadorligiga chek qo`yadi. 
Ta'lim mazmunini belgilash uchun dastlab ta'lim maqsadlarini uni islox 
qilish asoslarini ilmiy taxlil qilish lozim. Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, ta'lim 
xar doim tarbiyaviy ahamiyat kasb etib kelgan, lekin hozirgi tarixiy-ijtimoiy 
taraqqiyot jarayonida bu birlikning didaktik moxiyati ortib bormoqda. O’rta 
maxsus kasb-hunar ta'lim jarayonida o`quvchilarning axloqiy, g`oyaviy-siyosiy 
jixatdan shakllanganlik darajasini nazorat qilish hamda baxolab borish tizimi 
mavjud emas. Bu tizimning asosiy yo`nalishlari ta'lim mazmunining tarbiyaviy 
maqsadlaridan kelib chiqishi lozim.
Ta'lim mazmunini belgilash soxasida amalga oshirilayotgan xarakatlarning 
quyidagi asosiy yo`nalishlari mavjud: 
— ta'lim mazmunini tanlashda demokratiya, insonparvarlik tamoyillariga amal 
qilish; 


— ma'naviy meros, mentalitet, fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish 
yutuklarini o`quvchilar ongiga yetkazishga xizmat qiladigan tushunchalarni ta'lim 
mazmuniga singdirish; 
— O`qituvchilarni yangi mazmundagi ta'lim modelini o`quvchilar ongiga 
yetkazishga tayyorlash; 
— yangi mazmundagi ta'lim modellarini o`qituvchilarga yetkazishga xizmat 
qiladigan ta'limiy topshiriqlar, dars ishlanmalari, ta'lim texnologiyalarini taqdim 
qilish kabilar. 
O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim jarayonida amalga oshiriladigan o`quv-biluv 
jarayonida o`quvchi shaxsi kamolotini ta'minlashda ustuvor maqsad sifatida qarash 
kerak. Buning uchun ta'lim mazmuniga ajdodlarimiz merosini omilkorlik bilan 
singdirish talab etiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «O`zbekistonning o`z 
istiqlol va taraqqiyot yo`li» asarida ta'kidlaganidek: «Ta'lim O`zbekiston xalqi 
ma'naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodning 
barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, maxorati 
uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh 
avlodlarga o`tadi». Bu fikrlardan ta'lim mazmunini belgilashda samarali 
foydalanish lozim. 
Ta'lim bugungi kunda o`quvchining ham individual, ham umumiy 
taraqqiyotini ta'minlovchi jarayon sifatida namoyon bo`lmog`i kerak. Shuning 
uchun ham mazkur jarayon turli yoshdagi o`quvchilarning aqliy rivojlanish 
dinamikasini, o`quv-biluv jarayonida o`quvchi shaxsining faoliyati, ta'lim olishi va 
rivojlanishiiining o`zaro aloqadorligini ta'minlashga yordam bermog’i lozim. 
Qaysikim, bu xolat rivojlantiruvchi ta'lim g’oyasida o`z aksini topmoqda. 
O`quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga yo’naltirilgan o`quv-
biluv jarayonini tashkil etish o’ta muhim masalalardan biridir. Bunda bilish 
jarayonining o`zi o`quvchini kuzatish, uning faoliyatini tashkil etishga 
yo’naltirilmog’i zarur. 


Shuningdek, hozirgi zamon gumanistik yo’nalishdagi psixologiyaning 
g’oyasi o`quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishdan iboratdir. 
Buning uchun o`z-o`zini rivojlantirish maydonini vujudga keltirishga bo’lgan 
extiyoj tarkib topmog`i zarur. Shaxsning o`ziga xos yaxlitligini tarkib toptirishda 
o`quv-biluv jarayoni muhim omildir. Bu jarayon ilmiy-metodik hamda moddiy-
texnik jixatdan to’la ta'minlangandagina samarali natijalar beradi. O`quvchida 
bilish extiyojining paydo bo’lish motivlari ham mana shu shart-sharoit natijasida 
vujudga keladi. Bularning barchasi o`quvchi shaxsi rivojlanishinining psixologik, 
pedagogik, didaktik yo’nalishlarini belgilaydi. 
Shaxs taraqqiyotini ta'minlovchi ta'lim jarayonini tashkil etish «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»ning asosini ifodalaydi. O`quv-biluv jarayonida 
o`quvchining 
o`ziga 
xosligini 
pedagogik 
qo`llab-quvvatlash 
choralarini 
rivojlantirish muammosining yechimlarini izlash bugungi kunda o’ta muximdir. 
O`quvchi shaxsini axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning jismoniy hamda ruxiy 
salomatligini muxofaza qilish hamda mustaxkamlash xar bir bolaning o`ziga 
xosligini saqlab kolish, rivojlantirish, qo`llab-quvvatlash uning taraqqiyot 
darajasiga muayayn talablar qo`yish hamda ta'lim jarayonini tashqil etishda unga 
rioya 
qilish 
muximdir. 
Barcha 
o`quv 
fanlaridan 
ta'lim 
mazmunini 
gumanitarlashtirish bilan bog`liq bo’lgan talablarni belgilab olishni taqozo qiladi. 
Ta'limning variativligi hamda o`quvchi shaxsiga umuminsoniy madaniyatni 
singdirishga yo’naltirilishiga erishish ham didaktikada muxim ahamiyatga ega 
bo’lgan muxim masalalardan biridir. Muayyan o`quv predmeta vositasida 
dunyoning yaxlit tarzdagi manzarasini ifodalash talabiga ham ta'lim mazmunini 
belgilashda, darsliklar yaratishda rioya qilish talab etiladi. Asosiy g`oyalar va 
didaktik tamoyillar insonparvarlikka intilish pedagogik-psixologik ma'lumotlarga
asoslangan xolda barcha o`quvchilar ta'lim olish jarayonida bilim olish layoqatiga 
ega ekanliklarining qay darajadaligini aniqlash lozim. Shundagina ular uchun 
yetarli pedagogik, didaktik, moddiy' texnik shart-sharoitlarni maqsadga muvofiq, 
tarzda yaratish mumkin. Bu esa ularning bilim darajasining yuqori bo’lishining
asosiy omilidir. Xar bir bosqich uchun yaratiladigan darsliklarda o`quvchi


shaxsining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan o`zgarishlar aniq xisobga olinishi 
kerak.
Xar bir yosh davrida o`ziga xos o`quv yuklamasini taqdim qiladigan o`quv-
metodik majmualar zarurligini davrning o`zi taqozo qilmoqda. Bu o`quv jarayoni 
muvafaqqiyatli kechishining muhim shartlaridan biri hamdir. Chunki bolaning 
yoshi, uning tajribasini tavsiflovchi bosh omildir. Buni o`quv-metodik 
majmualarning yangi avlodini yaratishga kirishganda xar bir mutaxassis anglab 
yetishi lozim. Darslik mualliflari o`quvchining ijtimoiy tajribasini xisobga olish 
deganda, faqat turli-tuman manbalar, kompyuterlar, istiroxat bog’lari, madaniyat 
o’choqlariga qilinadigan sayru sayohat va boshqalar vositasida xar daqiqada boyib 
borayotgan shaxardagi o`quvchining ijtimoiy tajribasini emas, balki shaxar 
xayotidan, kino, teatr, istiroxat bog’laridan uzoqda kompyuter kirib bormagan 
qishloq va ovul bolalarining ijtimoiy tajribasini boyitishni ham nazarda tutgan 
xolda darsliklarni yaratishga erishishlari lozim. 
Xar bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda ularni 
pedagogik qo`llab-quvvatlash, qobiliyat va iqtidorlarini ro`yobga chiqarish
muayyan sharoitga moslashuvchanligini qaror toptirishga yo’naltirilgan maxsus 
o`quv faoliyatida o`quvchining optimal rivojlanishini ta'minlash muhimdir. Yangi 
sharoitda optimal rivojlanishlaganda, biz o`quvchining o`ziga xosligini pedagogik 
jixatdan, uning rivojlanishi boshqa, yangicha bir o`quv modeli ta'sir qilishini 
ko`zda tutamiz. Agar o`qituvchiga ta'lim berish va rivojlangirish muammosi 
uyg`unlashtirilsa, uning o`ziga xosligini pedagagik qo`llab-quvvatlash birinchi 
darajali ahamiyat kasb etadi. 
Didaktik va psixologik talablarni xisobga olgan xolda muayyan o`quv 
predmet doirasida maxsus tashkil etilgan individual hamda aloxida guruxlarda, 
jamoa bo`lib olib boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida 
bo`lgan 

Yüklə 360,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin