Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi


San’at turlarining o’zaro aloqadorligi va ularda – janr muammosi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə140/315
tarix02.06.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#123283
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   315
Falsafadan

San’at turlarining o’zaro aloqadorligi va ularda – janr muammosi. O’z holicha «sof» mavjud bo’lgan san’at turi yo’q. Muayyan san’at turi boshqasidan yoki boshqalaridan nimalarnidir o’ziga oladi va nimalarnidir unga yoki ularga beradi, bu-san’at turlarining yashash sharti. M., me’morlik san’ati haykaltaroshlikdan, rassomlikdan, ko’rgazmali-amaliy san’atdan «foydalanadi». Biz go’zal bino peshtoqida bo’rtma haykallarni, yaproqnusxa bezaklarni, devoriy rasmlarni – pannolarning me’moriy uyg’unlik asosidagi yaxlitligini ko’rib estetik zavq olamiz, yoki Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatri binosi foyesining devoriga buyuk rassomimiz Chingiz Ahmarov chizgan go’zal monumental rasmlarni xuddi «ikkinchi teatr»dek tomosha qilamiz. Musiqa bilan badiiy adabiyotning, teatr bilan rassomlikning v.b. san’at turlarining ham o’zaro aloqadorligi shu tartibda.
Bunday aloqalarni estetikada sintezlashuv – omuxtalik deb ham atashadi. San’at turlari sintezida bir g’oyaviy niyat, bir uslub va bir ijro yaxlitligida uyushgan badiiy qiyofa, yoki badiiy qiyofalar tizimi har xil san’at turlari qonun-qoidalarga binoan yaratilgan bo’ladi, ya’ni unda turli san’atlar badiiy vositalari va majoziylik unsurlari estetik idrok uchun uyg’un bir yaxlitlikni tashkil etadi. Hozirgi paytda biz san’at turlarining uch xil sintezini uchratishimiz mumkin. Bular: plastik san’atlar sintezi (ko’rib o’tganimiz me’morlikda haykaltaroshlik, rassomlik va ko’rgazmali-amaliy san’at turlarining omuxtaligi); san’atlarning teatrlashgan sintezi (musiqa, rassomlik, raqs, san’atlarining teatr orqali, sahnadagi omuxtalashuvi); san’atlarning kinomatografik sintezi (deyarli barcha san’at turlarining montaj tamoyili asosida ekrandagi omuxtalashuvi).
Sintezlashuv jarayonlari fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma’lum ma’noda Yangi san’at shakllarini, Yangicha ijod turlarini vujudga keltirdi. Ularni biz sintetik san’atlar deb ataymiz. Demak, san’at turlarining o’zaro aloqalari shu qadar mustahkam, xilma-xil va miqyosliki, bu aloqadorlik hatto turli san’at unsurlaridan Yangi san’at turini yaratish qudratiga ham ega.
San’at turlari muayyan qismlarga bo’linadi – ularni biz janrlar deb ataymiz. estetika san’at xilini, undan kelib chiqadigan turlarni, badiiy asarni atroflicha o’rgangani holda, san’at turi bilan badiiy asar oralig’idagi janr muammosiga jiddiy e’tibor qilmay, o’tib ketolmaydi. Chunki hech bir san’at turi to’g’ridan-to’g’ri o’zini namoyon eta olmaydi, faqat janr vositasidagina muayyan san’at turiga oid badiiy asar vujudga keladi.
San’at turlarining janrlarga bo’linishi ularni tasniflashtirish singari murakkab, “motorni yig’ganda, doimo bir necha murvat ortib qoladigan” estetik muammo, sababi, bir tomondan janrlarning nihoyatda rang-barangligi bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularning san’at turlaridagi mavqeini belgilashdagi fikrlar xilma-xilligi, ya’ni ko’p hollarda muayyan janr haqiqatan ham janrmi yoki uning ko’rinishlaridan birimi degan masala estetiklar oldida ko’ndalang turadi. Masalan, badiiy adabiyotdagi – janrlar bo’linishi eng murakkab bo’lgan san’at turidagi she’r janrini olib ko’raylik. She’r o’zi, qissa yoki dostondan farqli o’laroq, alohida janr, lekin ayni zamonda u intim, ijtimoiy, falsafiy, manzaraviy, hajviy janrlarda yozilish mumkin. Demak, she’r janri yana janrlarga bo’linadi. Bunday janriy bo’linish ko’proq g’oyaviy-hissiy tabiatga ega: intim she’r – lirik qahramonning ishqiy, sub’ektiv kechinmalarini aks ettiradi, falsafiy she’rda–hikmatli xulosaga, donishmandlikka moyillik birinchi o’rinda turadi v.h. Ayni paytda bunday she’rlar har xil ko’rinishlarda yozilishi mumkin; g’azal, sonet, ruboiy, masal v.b.tadqiqotlarning so’nggi xulosasi tizimli tahlil natijalari bo’lib, unga ko’ra tarixiy roman ham janr, hajviy roman ham janr v.h. Darhaqiqat, hozircha san’at turlarining bundan qulayroq janriy bo’linishini tasavvur qilish qiyin.
Umuman, san’at tarixida janrlarning doimiy o’zgarib turishi–Yangilanishi, eskirishi, ko’payishi, iste’moldan chiqib ketishi kabi hollarni tabiiy deb hisoblash kerak. Chunki jamiyat taraqqiyoti, inson shaxsining cheksiz darajadagi o’zgarib borishi an’anaviy janrlardan kechish va Yangilarini yaratishni talab qiladi.
Yuqorida biz san’at turlarining o’zaro bog’liqi va aloqasi haqida fikr yuringanda yana bir hodisaga guvoh bo’ldikki, shaxsni estetik tarbiyalashda ilm-fan, ta’lim va madaniyat o’zaro bog’liq holda faoliyat yuritar ekan. Mazkur uchlik yaxlit butunlik sifatida faoliyat ko’rsatib shaxs estetik qobiliyatini shakllantirar ekan.
2. Mehnat –insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyati. U xech qachon o’yin bo’lmagan. U avval boshdanoq saruriy extiyojni qondirishga yo’naltirilgan majburiy faoliyat turi bo’lgan. Odam ochlikdan o’lmaslik uchun bunday mashaqqatli, holdan toydiruvchi harakatni-mehnatni qilishga majbur edi. Kuch-quvvatni tiklashning birdan-bir yo’li- chalg’ish, o’yin edi. Mehnat—o’yin—mehnat…Oyin ham ob’ektiv extiyoj, zarurat mevasi edi… Lazzatlanish, zavqqa intilish , turli o’yin elementlarini o’zida jamlagan harakatlar, raqs kabilar mehnatdan forig’lanish yo’llari edi… Keyinchalik bunga san’at turlari qo’shildi.
Odam qadimdan mana shu yo’l bilan o’z mehnat faoliyatini mutassil ravishda engillashtirishga, osonlashtirishga, badiiylashtirishga, qiziqarli bo’lishiga va ayni payitda, erkinlashtirishga harakat qilgan. Darhaqiqat , mehnan yuksak samara berishi uchun u o’ziga yoqqan, qiziqarli, erkin va ijodiy bo’lishi kerak.
Hozirgi payitda mehnat ham mazmunan, ham shaklan yoqimli, go’zal bo’lishini taminlash dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda odamlar hayotining, turmush tarzining barcha jabhalariga jadal sur’atlar bilan kirib borayotgan dizaynning hal qiluvchilik roli katta ahamiyat kasb etmoqda.
Mehnat estetikasida dizaynga bo’lgan talab ko’pyoqlamalik tabiatiga ega.
Unda faqat texnikaviy go‘zallik emas, butunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi - makon go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson - texnika - makon tizimining estetiklashishi ro‘y beradi.
Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.Yu. Kucheryuk diqqatga sazovor fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat sifatida namoyon qilishi bilan belgilanadi, - deb yozadi u. - Nafosat ham mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador»‘. Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik quwatining mehnat jarayonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko‘tarinkiligi mehnat bilan estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga, uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson - texnika - makon tizimida, ya’ni dastgohlardan tortib devor-u imoratlargacha, gultiivakdan tortib darpardalargacha bo‘lgan muhitda dizayneming ijodiy yondashuvi lozim; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniy-moddiy mehnat jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan, uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz. Vaholanki, ma’naviy- aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissorimiz Mannon Uyg‘ur yangi spektaklni tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalami ham tindirmagan». Repetitsiya paytida tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng tunlari tahlil bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga tushirgan. Badiiy ijod estetik faoliyat sifatida san’atkor uchun doimo «shirin azob», «go‘zal a’mol» - estetik zavq manbayi.
Fan tarixi unda ikki sifatni - axloqiy-shaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini ta’kidlab turadi. Buni V.A. Engelgart shunday ifodalaydi: «Ijod... - san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi))1. Zotan, ijodiy mehnatni o‘z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir.
Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki hissiyotlar bilan aloqador shaklda emas, balki tashqi - texnika nuqtayi nazaridan kompyutersiz, diktofonsiz tasawur qilolmaydi, rassomlar, qo‘shiqchilar va boshqalar kompyuter texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg‘u asboblari ham ma’lum ma’noda texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday raisollami ko‘plab keltirish mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go‘zallik ijodkorning ma’naviy- ruhiy ko‘makchisiga aylanganini ko‘ramiz.
Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi bilan bog‘liq. Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallaming uyg‘unligi, imoratlar peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan bezatilishi - hammasi inson mehnatini go‘zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi.
Insonning tabiiy, ahloqiy va estetik didi o’zaro mutanosibdir. Bu mutanosiblik insonning insonlik mohiyatidan kelib chiqadi.Zero normal odamda voqea-hodisalarni qabullashda ruhiyatidan, temperamentidan, mentalitetidan kelib chiquvchi farqlar bo’lsa-da, bu mutanosiblikka future etmaydi…
Endi mavzu talabidan kelib chiqib, qisqagina “ommaviy madaniyat” haqida to’xtalamiz (avvalgi mavzularda bu haqda batafsil so’z yuritganmiz). Avval uqtirganimizdek, eng daxshatlisi, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo’yishidadir.
Bu illat aksariyat hollarda haqiqat, go’zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog’lab, iste’mol va tovar sifatida xaridorgir bo’lishiga qaratilgan maqsadni targ’ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozot san’ati” degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi”uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzon baho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo’q “badiiy”filmlar ham ko’payib ketgan.
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go’yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblariostida namoyon bo’lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy holatlar va ular shakllantirish mumkin bo’lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir.
3.Sport va uning ma’naviy- estetik jihatlari. Sport estetikasi sport sohasidagi estetik qonuniyatlami o‘rganadi, sportning estetik mazmunini, uning jamiyat madaniyatidagi o‘mini, sport bilan san’atning o‘zaro aloqadorligini tadqiq etadi, inson jismoniy kamolotining ma’naviy-estetik jihatlarini tahlildan o‘tkazadi.
Ma’lumki, sport va jismoniy tarbiya deyarli doimo yonma-yon tilga olinsa-da, ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jismoniy tarbiya asosan inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan jamiyatning turli yoshdagi barcha tabaqalari ixtiyoriy tarzda «o‘zi uchun» shug‘ullanadigan, ommaviylik tabiatiga ega mashqlar yoki mashq majmualaridan iborat. Sport esa, uning qaysi sohasida bo‘lmasin, mutaxassis ustozlar nazorati ostida maxsus tayyorgarlik ko‘rgan odamlarning, asosan, yoshlaming yakkama-yakka yoki jamoaviy tarzda bellashuvini o‘z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya qay ko‘rinishda bo‘lmasin (individualmi, jamoaviymi), bellashuvni rad etadi va insonga turli mashq shakllaridan xohlaganini tanlash imkonini beradi. Sportda musobaqa birinchi o‘rinda turadi va unda muayyan mashqlar majburiy tarzda bajariladi. Lekin bu majburiylik sportning ma’lum bir turi doirasida sportchiga erkin harakat qilish imkonini beradi, ya’ni sportda ijodiy yondashuv taqiqlanmaydi, balki qo‘llab-quwatlanadi. Masalan, badiiy gimnastika musobaqalarida har bir sportchi o‘zi tanlagan mashqni, o‘zi tanlagan kuy jo‘rligida bajaradi, lekin sportning ushbu turiga doir qonun-qoidalardan chetga chiqolmaydi. Shunday qilib, jismoniy tarbiyani sportga qo‘shib yuborish yoki ularai aynanlashtirish mumkin emas. Sportning boshqa ko‘pchilik turlarida esa, barcha sportchilar bir xil mashqni bajaradilar, lekin ularni bir-biridan farqlantirib turadigan, musobaqa ruhini saqlab, uni so‘ndirmaydigan narsa, bu - har bir sportchining bir xildagi mashq ijrosiga ijodiy, o‘ziga xos yondashuvdir. Bunda sportchining o‘z a’zoyi badani ustidan hukmronlik qilishi va shu hukmronlikni egiluvchan go‘zallik, epchillik, ulug‘vor xatti-harakatlar shaklida tomoshabinga taqdim etishini taqozo qiladi, xullas, sport inson tanasi go‘zalligining namoyishi sifatida diqqatga sazovor.
Sportga qadimgi yunonlar, bundan bir necha ming yillar avval ana shunday nuqtayi nazardan yondashganlar. Lekin, afsuski, keyinchalik musobaqa omili go‘zallikni chetga surib, uni g‘oliblik va mag‘lublik bilan baholanadigan ehtirosli o‘yinga, qimorning o‘ziga xos turiga aylantirib qo‘ydi (qadimgi Rumodagi gladiatorlar bahsi, keyinchalik ot poygasiga pul tikishlar va h.k.).
Hozirgi paytda sport jahon bo‘ylab juda keng yoyilgan madaniy soha sifatida tan olinadi. Ayniqsa, buni 0‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Bizda mustaqillik sharofati bilan sportga milliy madaniyatning uzviy qismi sifatida qarash shakllaridi, uning hamma turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi, o‘zbek kurashi esa, umumbashariy sport turiga aylandi.
Sport estetikasidagi eng muhim muammo, bu uning san’at bilan o‘xshashligida. Shundan kelib chiqib, zamonaviy sportni (juda bo‘lmaganda, uning ba’zi turlarini) o‘ziga xos san’at sifatida talqin qilish keng yoyilgan.
Ma’lumki, o‘yinni Qadimgi yunon faylasuflari estetik tabiatga ega ekanini ta’kidlab, uni san’at bilan tenglashtirganlar, Shiller esa, ko‘rib o‘tganimizdek, badiiy faoliyatni o‘yinning eng yuksak shakli deb hisoblaydi. Sport esa, eng avvalo, o‘yin. Undan inson ikki tomonlama estetik zavq oladi: o‘yinchi-sportchi va tomoshabin-tarafkash sifatida. Bunda tomoshabin san’atni idrok etayotgandek sportchi bilan uyg‘unlashib, uning xatti-harakatlariga qo‘shilib ketadi, ayni paytda o‘zi sportchi emasligini, ya’ni estetik masofani his qilib turadi. Bu borada B. Lou o‘zining «Sport go‘zalligi» degan kitobida F. Kinonning quyidagi fikrlarini keltiradi: «Teatr, - deb yozadi F. Kinon, - tomoshabinga suyanib rivojlanadigan san’at turi... Sport musobaqalarida tomoshabinlar o‘zlarini xuddi spektakl tomoshasidagidek tutadilar: ular yuksak mahorat egalariga qarsak chaladilar va yomon o‘yin ko‘rsatganga nisbatan salbiy munosabatlarini yashirmaydilar. Sportda ham, teatrda ham biz «o‘yin» haqida gapiramiz»'. Boshqa bir o‘rinda B. Lou H. Slyusheming «Sport va ekzistensiya» kitobidagi quyidagi satrlarga e’tibomi qaratadi: «Sport - toki haqiqiy sport ekan, u estetik fazilat va nafislikka erisha oladi. U sportchi uchun chuqur ma’noga boy holat... sport botiniy yaxlitlikni va yuksak darajadagi hissiy ko‘tarinkilikni talab qiladi, - deb yozadi H. Slyusher sportchi his etadigan estetik zavq haqida»2.
San’at bilan sportning yana bir o‘xshash tomoni shundaki, har ikkisi ham biror-bir moddiy ehtiyojni qondirmaydi, bevosita maqsad emas, maqsadga muvofiqlik tarzida voqe’ bo‘ladi, ulaming umumiy jihati, mavjudligini oqlaydigan asosiy narsa, bu - odamlarga estetik zavq berish xususiyati. Ayni paytda san’atda ham, sportda ham o‘yin ijtimoiylik kasb etmasligi mumkin emas, sportchi san’atkor kabi g‘oyaviy-mafkuraviy maylparastlik tabiatiga ega. San’atkor vatanparvarlik, millatparvarlik g‘oyalarini bilvosita - badiiy asar orqali ilgari sursa, sportchi o‘z jismoniy xatti-harakatlari bilan musobaqalarda vatan bayrog‘ini ko‘tarishga, «millatni uyaltirib qo‘ymaslikka» intiladi, ya’ni bevosita va tabiiy ravishda mafkuraviy vazifani amalga oshiradi. Demak, san’at ham, sport ham shunchaki zavq berish va o‘z iste’dodidan zavqlanish bilangina chegaralanib qolmaydigan ijtimoiy-ma’naviy hodisalardir. Biroq ana shu mafkuraviylik mafkurabozlikka aylansa, ya’ni ijodkor mafkura uchun axloqiylikdan chekinsa, san’atda haqiqiy badiiy asar yaratishning iloji bo‘lmaganidek, sport musobaqasida ham g‘irromlik yoii bilan, «bir amallab» yutib chiqib, haqiqiy g‘alabaga erishish mumkin emas, zero, haqiqiy g‘alaba tomoshabinning bahosi bilan belgilanadi.
Qadimgi yunonlar san’atni «go‘zal yolg‘on» deb ataganlar, darhaqiqat, san’atkor bizga «bo‘lmaganni bolgan qilib» ko‘rsatadi, bizni chiroyli aldaydi. Sportning ko‘pgina turlarida ham shunaqangi chiroyli aldovni tomosha qilib zavqlanamiz. Masalan, boyagi futbolga qaytaylik: hujumchi ro‘parasidagi raqibini, futbol till bilan aytganda, «chiroyli fintlar» bilan aldab o‘tganida biz haqiqiy san’atni ko‘ramiz. Hatto reportaj olib borayotgan jumalist qoyil qolganidan «Go‘zal! Bag‘oyat go‘zal!» demay iloji yo‘q. Sportning badiiy gimnastika, sinxron suzish, suvga sakrash kabi turlari raqs san’atidan qolishmaydi, figurali uchish esa, o‘ziga xos muz ustidagi balet, unda va badiiy gimnastikada musiqa san’ati ham ishtirok etadi. Sport jismoniy go‘zallikni xulqiy go‘zallik vago‘zal xatti-harakatlar vositasida ma’naviy go‘zallikka aylantirishdir. Shu ma’noda sportchi ham artist. Mohir sportchi o‘zini bir muddatga jonli haykalga aylantira oladi.
Shular bilan bir qatorda, sport san’at uchun material bo‘lib xizmat qiladi, bunga o‘zimiz guvohmiz: biz sport mavzuidagi rangtasvir, grafika, 5haykaltaroshlik namunalarini kocp ko‘rganmiz, hikoya va qissalarni o‘qiganmiz. Biroq, bulaming hammasi sportni san’at deb qabul qilishimiz uchun yetarli asos bo‘lolmaydi.
Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yosh avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, ma’naviy-estetik etuk, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Prezidentimizning 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori sohaga butunlay yangi ruh olib kirdi. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi yillarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda.
Prezident Sh. Mirziyoevning “Jismoniy tarbiya ba sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2018 yil 6 martdagi Farmonida ko’rsatib o’tilganidek, “yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasidagi sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish uchhun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasi o’laroq, sportc hilarimiz Braziliyada Rio olimpiadasida tarixiy g’alabani qo’lga kiritdilar. Indoneziyada o’tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o’yinlarida sportchilarimiz 70 ta medalni- 21 ta oltin, 24 ta kumush, 25 ta bronza medalini qo’lga kiritib Osiyoning 45 mamlakati orasidia beshinchi o’rinni egalladi.Indoneziyada yana bir tarixiy voqea, bu milliy sportimiz- o’zbek kurashi bo’yicha Ilk marta bahslar o’tkazilgani bo’ldi: “halol”, “yonbosh”, “chala”, “tanbeh” va “dakki” kabi atamalar takror-takror jaranglab turdi.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda, uning ommaviyligini ta’minlashda qanor muammolar va kamchiliklar borligi ham bor haqiqat.
Umuman olganda hozirgizamon professional sportini ma’naviy, badiiy-estetik jihatlarsiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Uning tashkiliy jihatlaridan-ochilishi-o’yin jarayoni-yopilishigacha tomoshabinga zavq ulashadi, o’yin ruhi bilan yashashga undaydi. Sport mohiyatan badiiy-estetik bo’lib qoldi xech bir istesnosiz.
Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida “Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi”,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.
Olamni estetik anglashda texnika va texnologiyalarning roli hamda ahamiyati masalalari avvalgi mavzuda ko’rib o’tildi, shuningdek seminarda ham alohida ko’riladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   315




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin