Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#37610
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
02gimnastikapdf

4.3. Saflanish va qayta saflanish 
Saflanish  -  talabalarning  O’qituvchi  buyrug’idan  so’ng 
biron-  bir  safda  turish  uchun  bajariladigan  harakatdir. 
Saflanishlarda,  O’qituvchi  barcha  talabalar  ko’ra  oladigan  joyda 
turishi shart. 


59 
 
Mashg’ulot oldidan guruh qoida bo’yicha bir qator bo’lib. 
ayrim hollarda esa ikki qatorda saflanadi. 
Saflanish  uchun:  “Bir,  ikki,  uch  qatorga  SAF-
LAN!”buyrug’i  beriladi.  Buyruq  berilishi  bilan  guruh  sardori 
yold  navbatchi  safning  old  tomoniga  qarab  “ROST-LAN!” 
holatida turadi, guruh uning chap tomonida saflanadi. 
Guruhning  mashg’ulotga  tayyorligi  to’g’risida  raport 
berishdan  oldin  sardor  (navbatchi)  guruh  safini  tekislaydi,  uni 
sanatib  chiqadi,  so’ng  “ROST-LAN!”,  “O’NG-GA  TEKIS-
LAN!” (“CHAP-GA!”, “O’RTA-GA”) buyrug’iniberadi. 
Guruh  sardori  (navbatchi)  o’qituvchiga  2-3  qadam 
yetmasdan  (shaxdam  qadam  bilan)  to’xtaydiva  raport  beradi: 
“O’rtoq O’qituvchi! ... fakultetining ... kurs ... guruhi mashg’ulot 
o’tish  uchun  saflandi.  Ro’yxat  bo’yicha  ...  kishi,  safda  ...  kishi. 
Sardor  (navbatchi)...”.  Keyin  eng  qisqa  yo’l  bilan  O’qituvchi 
turgan  tekislikka  borib,  safga  qarab  turadi.  O’qituvchi 
salomlashib,  guruh  javob  qaytargandan  so’ng  guruh  sardori 
(navbatchi)  o’qituvchining  “ERKIN!”buyrug’initakrorlaydi  va 
safning o’ng qanotiga turadi. 
Saflanish  va  raport  berishni  tantanali  ruhda  o’tkazish 
lozim. 
Mashg’ulot  boshlanishidan  oldin  raport  berilishiga 
o’qituvchining jiddiy munosabatda bo’lishi, uning tashqi qiyofasi 
va qaddi-qomati bu an’ananing muhim ahamiyatga ega ekanligini 
ko’rsatishi lozim. 
Ketma-ket  qatorga  saflanish  -  “Ketma-ket  qatorga  (bir, 
ikki.  uchva  h.k.)  SAF-LAN!”  buyrug’iga  binoan  bajariladi. 
Guruh O’qituvchi (navbatchi)ning qo’li bilan ko’rsatgan tomonda 
bajariladi. 
Buyruq  bo’yicha  qator,  ketma-ket,  doira  va  h.k.  bo’lib 
saflanadi. Masalan, “Doiraga ... !”, “Ikki qatorga ... !”. 
Bir  qatordan  ikki  qatorga  qayta  saflanish.  Dastlab 


60 
 
“birinchi”  va  “ikkinchiga”  sanab  chiqilgandan  so’ng,  “Ikki 
qatorga  SAF-LAN!”buyrug’i  beriladi.  Bu  buyruqqa  ko’ra, 
ikkinchi  raqamdagilar  chap  oyoqni  bir  qadam  orqaga  qo’yadilar 
(hisob  “bir”),  o’ng  oyoqni  juftlamasdan  bir  qadam  o’ngga 
qo’yadilar  (hisob  “ikki”)  va  safda  birinchi  turgan  ning  orqasiga 
o’tgan holda chap oyoqni jufflaydilar (hisob “uch”). 
Bir  qatordan  uch  qatorga  qayta  saflanish.  Dastlab  sanab 
chiqilgandan so’ng quyidagi buyruq beriladi: “Uch qatorga SAF-
LAN!”.  Bu  buyruqqa  ko’ra,  ikkinchi  raqamdagilar  joyida 
turadilar,  birinchi  raqamdagilar  o’ng  oyoq  bilan  bir  qadam 
orqaga,  chap  oyoqni  juftlamasdan  turib,  oldinga  bir  qadam 
qo’yadilar  va  o’ng  oyoqni  juftlab,  ikkinchi  raqamdagilarning 
orqasiga  o’tadilar.  Uchinchi  raqamdagilar  chap  oyoq  bilan  bir 
qadam  oldinga,  o’ng  oyoqni  juftlamasdan  yonga  qadam 
tashlaydilar  va  chap  oyoqni  juftlab,  ikkinchi  raqamdagilarning 
oldiga  o’tib  turadilar.  Avvalgidek,  saflanish  uchun  quyidagi 
buyruq  beriladi:  “Bir  qatorga  SAF-LAN!”.  Qayta  saflanish, 
saflanishga teskari tartibda o’tkaziladi. 
Qatordan  «qirra  bo  ‘lib»  qayta  saflanish.  Guruhda 
dastlabki  sanoq  o’tkazilgandan  keyin  buyruq  beriladi  (“6-3 
joyida”,  “6-4-2  joyda”va  h.k.),  so’ng  quyidagi  buyruq  beriladi: 
“Sanoqlar bilan QADAM BOS!”. Talabalar sanoq bo’yicha zarur 
bo’lgan qadamni tashlab, so’ng oyoqlarini juftlashadi. O’qituvchi 
birinchi  qator to’xtagunga  qadar sanab turadi.  Sanoq,  6-3-joyida 
deb  sanalganda  7  gacha;  9-6-3-joyida  deb  sanalganda  10  gacha 
olib boriladi. 
Qayta  saflanish  uchun  quyidagi  buyruq  beriladi:  “Joyda 
QADAM  BOS!”,  safdan  chiqqanlarnng  hammasi  orqaga  burilib, 
o’z  joylariga  qaytadilar,  joylariga  yetgach,  yana  orqaga 
buriladilar. 
O’qituvchi  safning  oxiridagi  talaba  turib,  orqaga 
burilgunga qadar («bir», “ikki” deb) sanab turadi (12-rasm). 


61 
 
 
 
12-rasm. 
Qator  guruhlarning  qanotini  aylanib  o’tib,  ketma-ket 
qatorga qayta saflanishi. Dastlab uchtadan, to’rttadan va h.k. deb 
sanalgandan  keyin  quyidagi  buyruq  beriladi:  “Guruh,  ketma-ket 
qatorga  (3-4  va  h.k.),  oldinga  chap  (o’ng)  yelka  bilan  QADAM-
BOS!”.  Bu  buyruqqa  ko’ra,  sanab  chiqilgan  gurulilar  front 
bo’ylab  tekislikni  saqlagan  holda  ketma-ketlik  hosil  bo’lgunga 
qadar,  qanot  bilan  oldinga  yuradilar.  Ikkinchi  buyruq:  “Guruh, 
TO’XTA!”.  Yana  qayta  saflanish  uchun  quyidagi  buyruqlar 
beriladi: 
“ORTGA!”. 
“O’ng  (chap)  yelka  bilan  oldinga.  Bo’lim  bilan  bir 
qatorga QADAM BOS!”. 
“GURUH TO’XTA!”. 
So’nggi  buyruq  talabalar  qatordagi  o’z  joylariga  yetgan 
vaqtda beriladi. 
Uch  «qirra  bo’lib»,  bir  ketma-ket  qatordan  qayta 
saflanish.  Uchgacha  sanab  chiqilgandan  keyin  quyidagi  buyruq 
beriladi: “Birinchi raqam ikki (uch, to’rt  va h.k.) qadam o’ngga, 
uchinchi  raqam  ikki  (uch,  to’rt  va  h.k.)  qadam  chapga  QADAM 
BOS!”.  Yana  awalgi  holatga  qayta  saflanish  uchun  quyidagi 
buyruq  beriladi:  “Joyda  QADAM  BOS!”.  Qayta  saflanish  juft 


62 
 
qadam bilan bajariladi (13-rasm). 
Yu  rib  ketayotganda  bir  ketma-ket  qatordan  ikki,  uch  va 
h.k.  ketma-ket  qatorlarga burilib,  qayta saflanish.  Guruh,  chapga 
aylanib  yurib  ketayotganida  quyidagicha  buyruq  beriladi:  “Bir 
ketma-ket  qatordan  ikkitaga  (uch,  to’rt  va  h.k.)  tizilishga 
QADAM  BOS!”  (qoida  bo’yicha,  buyruqguruhga  zal  yoki 
maydonning  yuqori  yoki  pastida  bo’lgan  chog’da  beriladi). 
Birinchi  ikki  talaba  (uch,  to’rt  va  h.k.)  burilgandan  so’ng, 
navbatdagilar o’z saflarining oxiridagi talabaning buyrug’i bilan, 
oldindagilar  burilgan  joydan  buriladilar.  Keyinchalik  orani  yana 
qayta  ochib  o’tirmaslik  uchun  shu  yerning  o’zida  oraliq  va 
masofa to’g’risida ko’rsatma berish mumkin (14-rasm). 
Yana awalgidek saflanish uchun buyruqlar beriladi: 
“O’NG-GA!”. 
“O’ng  (chap)ga  bir  ketma-ket  qator  bo’lib,  bittadan 
aylanib QADAM-BOS!”. 
O’rgatayotgan  paytda,  guruhdan  bir  necha  talabani  olib, 
buyruqlar  beriladigan  joylarda  to’xtatib,  qayta  saflanishni 
ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. 
 
113-rasm.  
 
 
114-rasm.  
 
115 rasm. 
Bir ketma-ket qatomi ikki, to’rt, sakkiz ketma-ket qatorga 
bo’lish  va  biriktirish  orqali  qayta  saflanish.  Qayta  saflanish 


63 
 
harakat davomida bajariladigan buyruqlar: 
“Markaz  orqali  QADAM  BOS!”  (odatda,  bu  buyruq 
zalning o’rtasida beriladi). 
“Ketma-ket qator bilan bittadan o’ngga va chapga aylanib 
QADAM BOS!”. 
Buyruq  ro’paradan  beriladi.  Bu  buyruq  bo’yicha  birinchi 
raqamdagilar  o’ngga,  ikkinchi  raqamdagilar  chapga  aylanib 
yuradilar. 
“Markaz orqali ketma-ket qator bilan ikkitadan QADAM 
BOS!”.  Bu  buyruq  ketma-ket  qator  zalning  qayta  saflanish 
boshlangan joyida uchrashgan paytda beriladi. 
Bo’lish  va  biriktirish  davom  ettirilganda,  to’rt,  sakkiz  va 
h.k. ketma-ketlikda saflanish mumkin (15-rasm). 
Talabalarni  awalgi  holiga  qayta  saflash,  ajratish  va 
qo’shilish  deyiladi,  masalan,  ikki  ketma-ketdan  bir  ketma-ketga 
qayta  saflash.  Buyruq:  “O’ngga  va  chapga  aylanib,  bittadan 
ketma-ketga  QADAM  BOS!”.  Bu  buyruq  bo’yicha  o’ng 
tomondagi  ketma-ket  o’ngga,  chap  tomondagi  ketma-ket  chapga 
yuradi.  Qarama-qarshi  harakatda  o’rtada  ketma-ketlar  uchrashib 
qolganda,  quyidagi  buyruq  beriladi;  “Ketma-ketga  bittadan 
markazdan QADAM BOS!”. 

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin